Oʻzbekiston respublikasi оliy va oʻrta maxsus



Download 2,07 Mb.
bet44/158
Sana24.02.2023
Hajmi2,07 Mb.
#914238
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158
Bog'liq
llm saechasmalari PdfToWord

Habibim husni vasfin uyla muhlik angakim bo‘lg‘ay, Qoshinda kissai Yusuf bir uyqu kelturur cho‘pchak.1
Ayni paytda baytdagi “uyqu” so‘ziga e’tibor bering. Ma’lum bo‘ladiki, oqshom payti bolalarni ux- latishda ertakning sehrli ta’sir kuchidan bugungi kunda foydalanar ekanmiz, bu an’ana ham bejiz paydo bo‘lmaganini qayd etamiz. Darvoqe, H.Olimjonning 1937-yilda yozgan “Oygul bilan Baxtiyor” ertagini eslashimiz ham o‘rinli:
Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda, Ko‘p ertak eshitgandim, So‘ylab berardi buvim. Esimda o‘sha damlar, O‘zi uchar gilamlar, Tohir-Zuhra, Yoriltosh, Oyni uyaltirgan qosh.2
Shoir doston boshlanishida (dostonning bosh mazmuni ham “Ozoda chehra” ertagiga asoslanishini ta’kidlash mumkin) xalq ertaklari jozibasini shoirona kashfiyotlar bilan yoritib bergan. Bu misralarda “Tohir va Zuhra”, “Yoriltosh” ertaklarining nomi tilga olinishidan tashqari “o‘zi uchar gilamlar”, “oyni uyaltirgan qoshlar”, “beqanot uchgan otlar”, “so‘ylaguvchi devorlar”, “bola bo‘lib qolgan chollar” sanab o‘tiladi. “Oygul bilan Baxtiyor” adabiy ertagini yozishda shoirga xalq ertaklarining sirli olami ilhom ba- g‘ishlagan va Hamid Olimjon o‘z o‘quvchisiga bu ilhom izohini go‘zal so‘zlar bilan yetkazishga harakat qilgan. Yuqorida keltirilgan fikrlarimiz xalq ertaklarining haqiqiy so‘z san’ati sifatida qadimdan yashab kelayotganini, xalq hayotida ularda tasvirlangan olam muayyan ahamiyat kasb etganini dalillaydi.
Xalq ertaklarimizning badiiy ijod namunasi sifatidagi janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  1. Ertaklar xalq og‘zaki ijodining epik jinsi (turi)ga mansub.

  2. Ertaklar, asosan, nasrda yaratiladi. Faqat ayrim asarlardagina (“Yoriltosh”, “Tohir va Zuhra” va b.) qo‘shiqni eslatuvchi she’riy parchalar uchraydi.

  3. “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan” boshlanmasi va “murod maqsadiga yetibdi” yakunlanmasi ertak- larning an’anaviy belgisi hisoblanadi.

  4. Xayoliy fantastik tasvir ertaklar syujetida qo‘llanadigan ustuvor usuldir.

  5. Ertaklarning umumiy mazmunida IMF formulasi doimiy takrorlanadi. Har bir ertak I ‒ initsial- boshlanma, M ‒ medial-asosiy qism, F‒ final-yakunlanmadan iborat bo‘ladi.3




1Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar. To'la asarlar to‘plami. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2011, 31-bet.
2 Hamid Olimjon. Oygul bilan Baxtiyor. Ertak-dostonlar. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2017, 5-bet.
3М.Афзалов, X.Расулов, 3.Хусаинова. Узбекские народные сказки. Том 1, издательство литературы и искус- ства. им. Гафура Гуляма, Ташкент, 1972, c. 21 ‒ 22.
Ertaklarning miflardan ijod usulini o‘zlashtirganligi o‘zbek xalq ertaklarining umumiy mazmunida bugungi kungacha saqlanib kelmoqda. Ehtimol, bu janr asarlarining yashovchanligini ta’minlagan asosiy xususiyat ham shundan iboratdir. Xalq o‘z ertaklarida chegarasiz ravishda xayolot olamini kezib chiqadi. Ya’ni, ularda xalq fantaziyasi mahsuli bo‘lgan chegara bilmas uydirmalar, transfiguratsiya (bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tish) holatlari tinglovchini o‘ziga jalb etadi. Vaholanki, ertak boshlanmalaridagi “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir och ekan, bir to‘q ekan, bo‘ri bakavul ekan, tulki yasovul ekan...” (olimlar boshlanmadagi tarkibiy “ekan” qismlarning 20 ga yaqin bo‘lishini belgilashgan) ibora va jumlalar muta- xassislar fikricha, ertakda bayon qilingan voqealarning, aslida, umuman bo‘lmagani va ro‘y berishi mum- kin emasligini anglatar ekan. Haqiqatan ham, dostonlarda biz bu mazmundagi boshlanmalarni uchrat- maymiz. Shu bois, odatga ko‘ra, dostonlardagi voqealar hayotda bo‘lgan deb qabul qilinadi. Ertakda esa tamom boshqa holat hukm suradi. Chunki bu janr boshlanmasidagi “bor-yo‘q”, “och-to‘q” so‘zlarining o‘zi hikoya qilinayotgan voqeaga nisbatan shubha uyg‘otadi. Ammo masalaning qiziq tomoni shundaki, voqea boshlanmasdan atayin shubha uyg‘otishga bo‘lgan harakat tinglovchiga deyarli ta’sir qilmaydi. Biz ertaklardagi uydirmalarga to‘la ishonamiz, asar qahramonlarining taqdiriga befarq qaray olmaymiz, se- vikli malika yoki cho‘pon muvaffaqiyat qozonsa, bu g‘alaba o‘zimiznikidek quvonaveramiz. Xalq ertak- lari mazmunida ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy, hayotning hamma masalalari o‘z ifodasini topadi, desak, xato bo‘lmaydi. Shuning uchun ham yer yuzining hamma mintaqalarida yashaydigan xalqlarda umumiy hayot tarzi yaqin bo‘lgani sabab, bir xil mazmundagi ertaklar ko‘p uchraydi. Fransuz, ingliz, xitoy, yapon ertak- lari, aksariyat hollarda o‘zbeklar ijodidagi bu janrdagi asarlar mazmunini takrorlaydi. Faqat fransuzlarda pishloq, uzum xitoylarda guruch, o‘zbeklarda tuxum yoki qatiq kabi narsalar farqi seziladi. Agar boshqa xalqlardagi ertaklar matnida shu yoki boshqa narsalar nomini milliy predmetlar bilan alishtirsak, ko‘pin- cha, boshqa xalqlar namunalari ham o‘zbekniki bo‘ladi-qoladi. Bu holat sababini, avval qayd qilganimiz- dek, bir xalqdan ikkinchi xalqning o‘zlashtirishi deb emas, umumiy hayot tarzining yaqinligi bilan asos- lash ma’qulroqdir. Masalan, yoqut xalqidagi “Bekinmachoq”, ruslardagi “o‘n ikki oy” (“Морозбобо”) va o‘zbekdagi “Zumrad va Qimmat” ertaklarida voqea tugunidan tortib yechimigacha bir xil yo‘nalishda ke- chadi. Ammo bu asarlarning har biri bevosita o‘sha xalq ijodi namunasi deb tan olinadi.
Xalq tabiatan hamisha adolatni yoqlaydi, himoya qiladi. Ertaklar yaratilish jihatdan miflarga asos- lansa, mavzuning tanlanishi, obrazlar tizimidagi yo‘nalishlar, hayot muammolarini aks ettirishda adolat mezoniga bo‘ysunadi. Qalloblik, vijdonsizlik, xiyonat, yolg‘onchilik, ma’naviy nopoklik kabi illatlar doi- miy ravishda qoralanadi. Mardlik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, iymonlilik, poklik fazilatlari hurmat bi- lan tilga olinadi. Voqeaning tuguni ham hamisha ana shu fazilatlarni ulug‘lash bilan yechimini topadi. Mohir xalq farzandlari tomonidan o‘ylab topilgan fantastik hodisalar, uydirma lavhalar, sehrli narsa bu- yumlar, jodular, g‘ayritabiiy hodisalar esa tom ma’noda yovuzlikning qoralanishi, ezgulikning maqtalishi- da poetik xomashyo sifatida foydalaniladi.
Xalq ertaklarining mazmun va hayotdagi voqealarni tasvirlash, yo‘nalishiga ko‘ra, uch turi mavjud- ligi M.Afzalov, K.Imomov tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan.1 Bu tasnifga ko‘ra, ertaklar sehrli va hayotiy tur- larga bo‘linadi. Ammo ayrim adabiyotlarda hayvonlar haqidagi, sehrli, maishiy turlarga bo‘linadi. Mansur Afzalov tasnifida yana hayvonlar, sehrli-fantastik, hayotiy-satirik turlar ham ko‘rsatilgan.
Hayvonlar haqidagi ertaklarni ayrim mutaxassislar sehrli-fantastik ertaklar turkumiga mansub hi- soblaydilar. Xususan, K.Imomov, Ғ.Jalolov o‘zlarining tadqiqotlarida hayvonlar ishtirok etadigan ertak- larni sehrli ertaklar qatorida tahlil qiladilar. Bu asarlarda hayvonlar ishtiroki, ularning asar qahramonlari bilan suhbatda bo‘lishlari olimlarning sehrli ertaklar deb atalishiga asos beradi.2 Biz bu atamani shartli ravishda qabul qilamiz, chunki sehrli ertaklarning hayvonlar ishtirok etmagan mazmundagilari ham ye- tarli bo‘lib, ularni alohida tahlil qilish mumkin. M.Afzalov hayvonlar haqidagi ertaklarning o‘zida turli farqlanuvchi asarlar borligini qayd etadi. Ularning birinchi turiga mifologik mazmun ifodalanganlarini qo‘shadi.3
Ma’lumki, qadim zamonlar totemizm va fetishizm tushunchasi nuqtayi nazaridan, ajdodlarimiz har bir narsa-predmetni, shu jumladan, hayvonlarni o‘zlariga homiy deb bilganlar. Ular tasavvurida odamlar totem va fetish yordamida muayyan yutuqlarga erishishlari mumkin, deb hisoblaganlar. O‘zbek ajdodlari bo‘ri, ilon, ot va boshqa bir qator hayvonlarni o‘zlariga homiylik qilishini ruhan his etganlar. Ertaklarning


1М.Афзалов, X.Расулов, 3.Хусаинова. Узбекские народные сказки. Том 1, издательство литературы и искус- ства. им. Гафура Гуляма, Ташкент, 1972, c. 21 ‒ 22.
2 Komiljon Imomov. O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari. 19-jild. Sumbul qush. Sehrli ertaklar (2021), 15-bet.
3 Shu manba. 4 bet.
dastlabki namunalarida aynan ana shu dunyoqarash asosida asarlar yaratilgan. “Bo‘ri”,”Cho‘loq bo‘- ri”,”Ilon og‘a”, “Ayiq polvon” kabi ertaklar shular jumlasidandir.1
Hayvonlar haqidagi ertaklarning yana bir turida majoziy fikr yuritish usuli ustuvordir. Bunday er- taklar farzandlarga pand-nasihat, tarbiya berish maqsadida yaratilgan. Har qanday vaziyatda birga bo‘lish, do‘stlikni qadrlash kerakligi ertakning bosh g‘oyalari hisoblanadi. Inson bir-biriga yaxshilik qilsa, albatta, o‘zining orzusiga yetishadi degan falsafa asosida to‘qima voqealar, qiziq-qiziq obrazlar o‘ylab topiladi. “Susambil” ertagi ana shunday asarlar qatoridan o‘rin olgan.2
Ertaklarda bolalarning yosh xususiyatlari alohida e’tiborga olinadi. Voqealar qiziqarli, sodda, ix- cham, izchil qisqa bayon etilishi talab qilinadi. Ba’zan bu maqsad kulgili mazmunga ega holda bayon eti- ladi. Ertaklarning yashovchanligiga sabab ham ularning badiiy mukammalligi bilan belgilanadi. Mazmun jihatdan hayotning turli masalalari ertaklar tematik diapazonini ta’minlaydi. Ularning hajmi mazmunda ifodalangan voqealar tizimiga, muammolarning yechimiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham o‘zbek xalqi ertaklari bir necha daqiqada aytib tugallanishi mumkin. Ayni chog‘da guvoh zamondoshlarimiz xotirasiga ishonsak, bir necha kechalar davomida aytiladigan namunalar ham bor.
O‘zbek ertaklar sujeti puxta o‘ylab tuzilgan rejaga bo‘ysunadi. Har bir voqea ikkinchisi bilan uz-viy bog‘lanadi, keyingi lavhalar avvalgilaridagi tushunchalarni rivojlantirib boradi. Ertaklarda xalq milliy tiliga mansub so‘zlardan o‘rnida foydalanish seziladi. Aytuvchi o‘z hikoyasini sodda gaplardan tuzilgan aniq fikrlar vositasida davom ettiradi. Bu janrga mansub asarlarda, albatta, qizlar o‘n to‘rt kunlik oydan go‘zal, yigitlar mard, qilichlar keskir, dasturxonlar ochiluvchan, xumlar qaynama xususiyatlarga ega bo‘- ladilar. Ertaklarda juda boy va turli-turli o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘alar majmuasiga duch kelamiz. Shuning uchun ham og‘zaki ijodimiz tarkibidagi bu asarlar haqiqiy ma’noda qadriyatlar namunasi, mada- niy merosimizning noyob gavhar-injulari darajasida e’zozlanadi.



Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish