Oʻzbekiston respublikasi оliy va oʻrta maxsus



Download 2,07 Mb.
bet43/158
Sana24.02.2023
Hajmi2,07 Mb.
#914238
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   158
Bog'liq
llm saechasmalari PdfToWord

Satimova Shahnoza Maxmudovna (Urganch davlat universiteti)
O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING SHAKLLANISHI VA TURLARI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR


Annotatsiya. Ushbu maqolada “ertak” atamasining paydo bo‘lishi, o‘zbek xalq ertaklarining yara- lish tarixi, o‘zbek olimlari tomonidan o‘rganilishi va turlarga bo‘linishi, shuningdek, ularning yosh av- lodni tarbiyalashdagi tutgan o‘rni haqida ba’zi mulohazalar yuritiladi.
Аннотация. В данной статье речь идет о появлении термина “эртак”, об истории созда- ния узбекских народных сказок, их исследование и разделение на виды узбекскими учеными, а так- же об их роли в воспитании молодого поколения.
Annotation. The author of the article speaks about the emergence of the terminology "ertak", about the history of formation Uzbek folk tales, their research and division into types by the Uzbek re- searchers and also their role in upbringing younger generation.
Kalit so‘zlar: adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, epik jinsi, transfiguratsiya, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli-fantastik, hayotiy-satirik, totemizm va fetishizm.
Ключевые слова: литературоведение, фольклористика, эпический род, трансфигурация, сказки про животных, волшебно-фантастические, жизненно-сатирические, тотемизм и фети- шизм.
Key words: literary criticism, folklore, epic race, transfiguration, fairy tales about animals, magi- cally-fantastic, vital satirical, totemism and fetishism.
Badiiy adabiyotni o‘rganuvchi fan adabiyotshunoslik, xalq og‘zaki ijodini o‘rganish sohasi folklor- shunoslik deb ataladi. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, o‘rga- nish obyekti badiiy adabiyot bo‘lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlari bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Adabiyotshu- noslikda yozma adabiyot qalamiga mansub g‘azal, ruboiy, doston, noma, she’r, hikoya, roman, drama ka-



1 Алишер Навоий. Ҳайрат ул-аброр. ТАТ. Ўн жилдлик. Олтинчи жилд, Т., Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-мат- баа ижодий уйи, 2013, 19-бет.
2 Шу манба. 23-бет.
3 Шу манба. 24-бет.
bilarning janr xususiyatlari o‘rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq og‘zaki adabiyotidagi maqol, qo‘- shiq, ertak, doston kabi janrlarning o‘ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. G‘urur bilan aytishimiz mum- kinki, bizda dunyo folklori namunalari bilan bemalol bellasha oladigan doston, ertak, maqol, matal, qo‘- shiq, afsona va rivoyatlarimiz bor.
Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalganidek, o‘zbeklarda ham eng omma- viy janrlardan biri sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib ke- lingan. Ularning juda qadim zamonlardan yaratilganini “ertak” atamasining Mahmud Koshg‘ariy tomo- nidan 1074-yilda yozilgan “Devonu lug‘otit-turk” asarida “etuk” tarzda qo‘llanganidan bilsa bo‘ladi: “Etuk ‒ hikoya, ertak biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish uchun ham bu so‘z qo‘llanadi. Asli, bir narsani hikoya qilishdan olingan”. Bu janrning qadimiyligini qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqa bir qator turkiy xalqlar oilasiga kiruvchi millatlar og‘zaki ijodida ham ertak deb atalishi, isbotlashi mumkin. Demak, agar xalqimiz og‘zaki ijodini qadimgi qadriyatlar sifatida e’zozlasak, bu xazinaning noyob dur- donasi sifatida xech ikkilanmay ertaklarni qayd etish mumkin ekan.
Ertak terminini O‘zbekistondagi hamma viloyatlar aholisi juda yaxshi bilsa-da, bu janrga oid asar- lar turlicha hududlarda turlicha atalgan. Xususan, toshkentliklar “cho‘pchak”, farg‘onaliklar “matal”, xo- razmliklar “varsaqi” o‘zbek va tojik tilida so‘zlashuvchi vatandoshlarimiz “ushuk” tarzida atashgan. Bu- lardan tashqari jonli so‘zlashuvda ba’zan afsona, o‘tirik, tutal atamalari ham uchraydi. Hatto hazrat Ali- sher Navoiy ham g‘azallaridan birida “cho‘pchak” so‘zini qo‘llaganlar.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish