Oʻzbekiston respublikasi оliy va oʻrta maxsus



Download 2,07 Mb.
bet29/158
Sana24.02.2023
Hajmi2,07 Mb.
#914238
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   158
Bog'liq
llm saechasmalari PdfToWord

Birinchidan, inson tabiatni o‘zining muayyan manfaatlari, ehtiyojlariga ko‘ra, maqsadga muvofiq, o‘zlashtirishi orqali o‘z ijtimoiy-axloqiy mohiyatini namoyon qiladi.
Ikkinchidan, inson tabiatni o‘zgartirib, uning “ijtimoiylashtirishi” bilan axloqiy munosabatlarni ham takomillashtirib boradi. Uning tabiatga axloqiy munosabatidan qanoatlanish hissi, o‘zining bir lahza- lik instinktiv ehtiyojlarini qondirishdan iborat emas. Aksincha, uning ekologik faolligani ta’minlaydigan universal axloqiy normalar va tamoyillar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy taraqqiyot darajalariga mos ravishda rivojlanib, turli xil ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.
Inson – tabiat ‒ inson majmuasi, muqarrar ravishda, axloqiy munosabatlarga asoslangan. Chunki bu majmuaning o‘rta bo‘g‘ini – tabiat ‒ jamiyatning yashash sharti bo‘lsa, inson biologik organizm sifa- tida, tabiat evolusion rivojlanishining ham qonuniy mahsuli va uning ajralmas tarkibiy qismidir. Shu nuqtayi nazardan, tabiatga nisbatan shafqatsizlarcha munosabat, bir vaqtning o‘zida, insoniyatga bo‘lgan shafqatsizlik va ijtimoiy yovuzlikka olib boradigan g‘ayriinsoniy axloqsizlik namunasidir. Antiekologik g‘ayriinsoniy xatti-harakatlar, o‘z mazmuniga ko‘ra, shaxs “ijtimoiy patalogiyasi va anamoliyasi” bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra, “tabiat-jamiyat-inson” majmuasida kishilarning ekologik faolligi va mas’- uliyati muammosiga, “ekologiyalashgan etika” kategoriyalari asosida yondashish kerak. Albatta, bu ho- latda inson tomonidan tabiatni o‘zgartirish faoliyatlarini axloqiylik yoki axloqsizlik tarzida baholash emas, balki kishilarning tabiatni muhofaza qilish amaliyotiga, umuman, biosfera ekologik mutanosibligi- ga va jamiyat rivojlanishi manfaatlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilish faoliyati nuqtayi nazaridan qarash lozim. Jamiyatning rivojlanishiga mos ravishda, tabiat-jamiyat-inson munosabatlarini boshqarishning si- yosiy, jamoatchilikning fikri fan rivojlanishi sharofati bilan asoslangan faktga aylanadi. Tabiat muhofaza- sining axloqiy normalari va tamoyillari inson faoliyatini baholashning yangi maqomini vujudga keltirdi, deb ekologiyada jamoatchilik fikri va ijtimoiy munosabatlardagi faollik tabiat majmualariga hurmat-e’ti- qod asoslarida vujudga kelishi mumkinligini ko‘rsatgan edi.1
Rim klubi asoschilaridan biri bo‘lgan A.Pechcheining, unga hamohang holda ta’kidlashicha, inson- ning tabiatga nisbatan yovuzlik munosabatlarini bartaraf qilish va uning himoyachisiga aylantirishda ax- loqni kuchaytirish, o‘ziga xos “ekologik etikani” yaratish ‒ ekologik muammoni hal qilishning eng maq- bul yo‘lidir.2 Bu tarzdagi ilmiy qarashlar umumlashib, fundamental ekoetika nazariyasi darajasiga chiq- magan bo‘lsa-da, ammo, ular umumiy gipotetik yo‘nalishlarni ifodalab turibdi. Eng muhimi, u tor doira- dagi ratsional-utilitar qarashlarning mexanistik yig‘indisi emas. Chunki ekologik faoliyatda an’anaviy uti- litarizm ‒ inson mavjudligining tabiiy asoslarini chegaralangan manfaatlar doirasida tushunadi.
Hozirgi davrga kelib, ekologik axloqiy normalarning yuksak ideallari, tabiatga munosabatning yan- gi axloqiy mezonlari tarkib topmoqda. Umuminsoniy ekologik qadriyatlarning axloqiy jihatlari siyosat, iqtisod va mafkura sohasidagi munosabatlarni belgilovchi omilga aylanmoqda, ya’ni, ekologik ideallar- ning axloqiy mazmuni boshqa ijtimoiy ong shakllarini kengroq miqyosda qamrab olmoqda. Insoniyat si- vilizatsiyasining ma’naviy yo‘nalishlari ekologik muammolar doirasida ichki birlikni tashkil qilib, ular- ning huquqiy, ma’muriy yo‘nalishlari integratsiyalashib, ularning funksiyasida umuminsoniy axloqiy nor- malar ustivorlashib, axloqiy qadriyat normalari, prinsiplari inson ekologik faoliyati regulasiyasining aso- siy omiliga aylanadi. Tabiat-inson munosabatlari boshqarishdagi ijtimoiy-siyosiy ustqurma elementlari- dan farqli o‘laroq, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar ‒ kishilarning irodasiga tayanadigan, “subyektivlashgan” faoliyat hisoblanadi. Ekologik mas’uliyatning obyektiv qonuniyatlari subyektning tabiatni muhofaza qi- lish amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun, ekologik faoliyatni kishilarning subyektiv inti- lishlaridan, iroda erkinligidan, ularning ijtimoiy-ma’naviy sa’y-harakatlaridan tashqarida tushunish mum-



1 Уайт Г. География, ресурсы и окружающая среда. Пер. с англ., ред. и предис. С.П.Горшкова. М., “Про- гресс”, 1990, c. 277.
2 Печчеи А. Человеческие качества. М., “Прогресс”, 1980, c. 214.
kin emas. Zero, ekologik mas’uliyat jamiyatning ehtiyojlarini o‘zida namoyon qilishi bilan obyektivlik va subyektivlikning dialektik birligidan iborat.
Tabiat muhofazasi faoliyatini axloqiy mezonlar asosida boshqarishning harakatlantiruvchi motivi ekologik qadriyatlardir. Ekologik axloqiy qadriyatlar ‒ jamiyatning umuminsoniy tamoyili, normalari, qo- nun-qoidalari va idellari tarzida namoyon bo‘lib, tabiat muhofazasida subyektning amaliy faoliyatini maqsadga muvofiq yo‘naltiruvchi omildir. Shuning uchun ham ekologik axloqiy qadriyatlarni shakllanti- rish va rivojlantirish, tabiiy boyliklardan foydalanishni oqilona tashkil qilishning sharti hisoblanadi. Bun- da ekologik faoliyatni boshqarish bilan bog‘liq umuminsoniy qadriyat normalari, qonunlari, talablari, me- zonlari, tamoyillari va hokazolar, o‘zining funksional mazmuniga ko‘ra, bir-birlariga bog‘liqdirlar.
Eqologik qadriyat normalari va tamoyilari majmuasining anglangan zaruriyati ‒ axloqiy “ekologik kodeks” mushtarakligini belgilab turadi. Ayniqsa, ekologik vaziyat keskinlashayotgan davrda, inson va tabiat munosabatlarini boshqarish, “ekologik etika kodeksi”ga amal qilishini taqozo qiladi. F.S.Xudushin- ning fikriga ko‘ra, “ekologik etika kodeksi”‒insoniyatning biosfera xilma-xil boyliklari bo‘lgan yerga, suvga va uning boshqa komponentlariga munosabatlarini belgilovchi “yozilmagan” qonunlar majmuasi- dir. Bu qonunlarning amalga oshirilishi muhim amaliy maqsadlarni: planeta tozaligini saqlash, tabiiy re- surslardan oqilona foydalanish va qayta ishlab chiqarishni ta’minlash vazifalarini bajarishga ta’sir o‘tka- zadi.1
Ekologik axloqiy qadriyatlar, ijtimoiylikning tabiatdan ajratilgan mustaqil, mavhum mohiyati emas, aksincha, u insoniyatning tabiatni muhofaza qilish amaliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, uning tari- xiy rivojlanishi shakllariga mos keladi. Biroq jamiyatning ekologik-axloqiy qadriyatlari, tabiatni muho- faza qilish amaliy xatti-harakatlarining, yo‘nalishlarini, istiqbollarini qat’iy, konkret tarzda belgalab bera olmaydi. Ular, nari borganda, birinchidan, ijtimoiy normalar sifatida, tabiat muhofazasi tadbirlarini sxe- matik tarzda aniqlanishi bilan ekologik ziddiyatlarni bartaraf qilishning umumiy yo‘nalishlarini ko‘rsati- shi mumkin. Ikkinchidan, ijtimoiy-ekologik qadriyatlar ‒ shaxsning tabiat muhofazasi sohasidagi xatti- harakatlarini va yo‘nalishlarini o‘z-o‘zidan boshqaradigan omil bo‘la olmaydi, balki inson ekologik fa- oliyatining konkret vaziyatlarida, u qanday asosiy vazifalarni hal qilayotganligiga bog‘liq. Albatta, har qanday jamiyat uchun, insonlarning tabiatga nisbatan munosabatlarining xarakteri ahamiyatsiz emas, ak- sincha, uning tabiatni muhofaza qilish faolligini va mas’uliyatini aksiologik mezonlar asosida baholash hamda boshqarish mexanizmiga aylanadi. Ekologik mas’uliyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayoni- da huquqiy normalarga “bo‘ysunmaydigan”, tabiatga salbiy munosabatlarning axloqiy baholash, mezon- larni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Zero, antiekologik xatti-harakatlarni axloqiy normalar asosida baholash bilan huquqiy, ma’muriy chora-tadbirlarning majmuaviyligini va samaradorligini ta’minlash mumkin.
Huquqiy normalarda, rasmiy aktlarda, qonunlar majmuasida biosferaning ayrim elementlariga nis- batan qilinayotgan antiekologik xatti-harakatlarning javobgarlik darajasi aniq belgilanmagan. Masalan, ayrim tabiat komponentlariga yetkazilayotgan zararlar ma’lum huquqiy qonunlar, aktlar bilan taqiqlanish imkoniyatlariga ega emas. Lekin, shu xatti-harakatlar umuminsoniy ekologik normalar, jamoatchilik fikri yordamida regulasiya qilinadi. Ularning samaradorligi ijtimoiy ong shakllarining kundalik, oddiy daraja- lari bilan bog‘lanib, hayot tarziga aylanib ketganligidadir. Shunga ko‘ra, barcha xalqlarda tabiatga salbiy munosabatlarni qoralaydigan uvol, gunoh, uyat kabi tushunchalar qonunlarda yozilmagan bo‘lsa ham, ular bilan teng darajada ishlatilgan.
Xulosa qilganda, ekologik mas’uliyat, insonning tabiat bilan birligini anglashi bo‘lib, biosfera mu- vozanatini ijtimoiy boshqarishning majmuaviy imkoniyatlarini yaratadi. Zero, yuqoridagilarni umumlash- tirib aytganimizda, tabiatni o‘zgartirish va muhofaza qilish faoliyatini aksiologik-axloqiy qadriyatlar, ta- moyillar yordamida boshqarish:
Birinchidan, tabiat-jamiyat-inson majmuasi munosabatlarining ma’naviyatga ta’siri bevositaligi bi- lan xarakterlanib, konkret ekologik vaziyatlardan kelib chiqadi.
Ikkinchidan, inson texnogen faoliyati biosfera muvozanatiga putur yetkazishning ma’naviy-axloqiy oqibatlarini, istiqbollarini to‘liq tasavvur qilib, kelajak avlodlar oldida uning o‘z mas’uliyatini, burchini anglashiga qaratilgan.
Uchinchidan, kishilarning tabiatga nisbatan antiekologik xatti-harakatlari o‘z motivlari, sabablariga ega bo‘lib, axloq shu sabablarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan.
1 Худушин Ф.С. Природа и мораль. М., “Знание”, 1983, c. 5.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish