Hajm-o‘lchovni ifodalovchi sifatlar biror narsaning o‘rin joyini, balandlikni, kenglik va uzunligini bildiruvchi sifatlar deb yuritiladi.5 Ushbu sifatlar, tabiatiga ko‘ra, biror obyektning egallagan o‘lchamlari haqidagi aniq ma’lumotlarni beradi. Hornby va Turnbullning ta’kidlashicha,6 rang-tusni ifodalovchi sifat- lar biror narsaning yorug‘likni ifoda qilish natijasida namoyon bo‘luvchi sifatlardir. Shuning uchun ham insonlar yorug‘lik bo‘lgandagina turli ranglarni ko‘ra olishadi. Yorug‘lik jismga tushganda rangni farqla- sa bo‘ladi.
Sinclainning ta’kidlashicha,7 jismoniy xususiyatni ifodalovchi sifatlar deb inson sezgisi orqali tas- virlanadigan sifatlar xususiyatiga aytiladi. Bunday jismoniy xususiyatlarga ushlash, ko‘rish, eshitish, hid- lash va ta’m bilish kabi inson sezgilari kiradi. Ushlash sezgisi jismning tuzilishi va og‘irligini bilish bilan ifodalanadi: heavy ‒ og‘ir, soft ‒ yumshoq, rough ‒ qattiq. Ko‘rish esa ko‘zlarimiz yordamida ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan sezgi hisoblanadi: bright ‒ yorqin, dark ‒ qorong‘i. Eshitish sezgisi, quloqlarimiz orqali eshitiladigan tovushlarga sifat berilganda quyidagi sifatlardan foydalanamiz: noisy ‒ shovqinli, loud ‒ ba- land ovoz, silent ‒ sokin. Hid bilishda ishlatiladigan sifatlar: aromatic ‒hushbo‘y, fresh ‒ bahri dilni ocha- digan, fragrant ‒ musaffo, tiniq. Inson xulq-atvori Sinclairning ta’kidlashicha,8 inson o‘zini ma’lum bir usulda tutishidagi tabiiy moyillik hisoblanadi. Sifatlarning bu turi, asosan, o‘y-fikr va his tuyg‘uni ifoda- laydi: happy ‒ baxtli, sad ‒ xafa, afraid ‒ qo‘rqqan. Bundan tashqari, xulq-atvorni ham ifodalaydi: kind ‒ mehribon, cruel ‒ shavqatsiz, nice ‒ ajoyib, funny ‒ kulgili, generous ‒ saxiy.
1 Griffiths. 2006, p.15.
2 Griffiths. 2006, p.11.
3 Dixon. Where have all adjectives gone? 1982, p. 115.
4 Dixon,.Where have all adjectives gone? 1982, p. 15.
5 Hornby. 2015, p. 416.
6 Hornby and Turnbull. 2010, p. 286.
7 Sinclair. 2001, p. 1155.
8 Sinclair. 2001, p. 1230.
Yoshni ifodalovchi sifatlar narsa yoki shaxsning qanchadan beri mavjud ekanligini bildiruvchi si- fatlardir.1 Yoshni bildiruvchi sifatlar: young ‒ yosh, old ‒ qari, eski, ancient ‒ qadimiy, new ‒ yangi.
Tezlikni ifodalovchi sifatlar biror jismning harakatlanish va siljish koeffitsiyentini ko‘rsatuvchi si- fatlardir.2 U ma’lum bir vaqt davomida biror narsaning rivojlanish va siljish tezligini ko‘rsatib beradi. Tezlikni ifodalovchi sifatlar quick ‒ tez, fast, slow ‒ sekin.
Sifatning semantik ma’nolarini o‘rganish davomida sifatning yettita semantik turi tahlil qilingan bo‘lsa, ulardan faqat oltitasi aniqlangan. Ular qiymatni, jismoniy xususiyatni, rangni, hajmni, yosh va xulq-atvorni bildiruvchi sifatlardir. Tezlikni ifodalovchi sifatlar matnda boshqa sifat turlariga nisbatan kamroq uchraydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, sifatlarning semantik funksiyasi ularning matnda ifodala- gan ma’nosiga ko‘ra farqlanadi. Ingliz tilida sifatning value ‒ qiymatni, physical property ‒ jismoniy xu- susiyatni, color ‒ rangni, dimension ‒ hajmni, age ‒ yoshni, human propensity ‒ inson hulq-atvorini va speed ‒ tezlikni ifodalovchi ma’noviy guruhlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |