Jismi bahor, ko‘ksida Hasratlari qishlagan, Oq tonglarim bo‘yaldi Qismatning qarosinda, Armonlarim yaraldi Yuragim yarosinda.
Voh ko‘nglim-ey, voh ko‘nglim, Qayg‘uning daryosinda
Benaf suzma, yor-yoro, Benaf suzma, yor-yor.2
Birinchi satr, an’anaga ko‘ra, tabiatdan olingan muqoyasadir, bunda oq tonglarning bo‘yalishi umid, orzulari uchun lirik fonga aylanadi, ya’ni qizaloqni ota-onasi asrab-avaylab, kamolga yetkazadi. Turmushga uzatish – baxt ekanligiga ishora, oq tonglarning bo‘yalishi bo‘lsa, necha yillab gard yuqtir- may, bolalikdan bag‘rida o‘sgan xonadonni tark etishi, “qismatning qaroligi”, “yurakning yaroligi” bilan ifoda qilinadi.
Daryo – hayotiy kurashlarni, intilishlarni ifodalovchi obraz. Qiz bola yangi xonadonga qadam qo‘- yar ekan, u ana shu oilaning “oqimida suzishi”, tabiiy. Yangi turmushning sayoz qirg‘oqlarini tanlama, ko‘zingni daryo ko‘piklari qoplab, berkitib qo‘ymasin, yuzada sudralib yurma, daryo deb atalmish hayot- ning har qanday g‘am-qayg‘usiga qarshi suz, suzganda ham shunchaki emas, benaf emas, mardonavor suz, teranliklar ichra suz, degan falsafiy mushohada ifodalangan.
Ma’lumki, qo‘shiq murakkablikni xushlamaydi. Soddalik va ravonlik esa quyma xarakterda bo‘li- shi, bir so‘zning o‘zida nafaqat ma’no teranligi, balki obrazlilik jilosi ham mujassam beriladi. Shoira G. Ibodullayevaning mazkur she’ri ham qo‘shiqning yuqorida sanab o‘tgan xususiyatlarini o‘zida to‘la na- moyon qilganligi bilan ham xarakterlidir.
Xalq lirik qo‘shiqlari yozma adabiyotdagi lirik she’rlarga ko‘pgina xususiyatlari bilan umumiylikni tashkil qiladi. Xususan, voqelikni aniq bir shaxs tuyg‘ulari orqali namoyon etishi orqali o‘zaro yaqin tu- radi. Ammo yozma lirik she’rlardagi kechinmalar talqini individual xarakter kasb etsa, xalq og‘zaki lirik qo‘shiqlardagi kechinmalar esa umumlashgan – jamoa tuyg‘ulari bilan uyg‘unlashgan holda ifodalanadi.
Shu o‘rinda shoira G.Ibodullayevaning yomg‘ir haqidagi she’ri yuqoridagi fikrimizning yorqin mi- solidir. She’rda ijodkorning tuyg‘ulari individullik kasb etadi, folklor namunasi “Yomg‘ir yog‘aloq”da bo‘lsa, kechinmalar umumlashgan – barcha bolalarning kechinmalari bilan uyg‘unlashgan holda ifoda qi- linadi:
Yomg‘ir quyar, elitadi dilni ko‘klam havosi, Yalangayoq yugurgim bor, selda yuvib sochlarim Va yillarning tegrasidan menga jilmayib boqar, Bolaligim hamrohlari – qoshlarim qiyg‘ochlarim.1
1 Navoiy A. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom, Toshkent, 1967, 180-bet.
2Ibodullayeva G. Yuragimda yashayotgan sir. Toshkent, “Akademnashr”, 2012. 111-bet.
Lirik qahramon borliq – atrof-u olam go‘zalliklaridan ko‘ngli tabiatan ochiq. Yomg‘ir yog‘ish jara- yonining zavqidan yalangayoq yugurib, selda sochlarini yuvib, ma’sum qizaloqqa o‘xshab quvonchdan entikishi fusunkor manzara qarshisida yashnab, yasharib ketishlari ifodalangan. Badiiy obraz mundarijasi va xarakter xususiyati o‘ziga xos. Chunonchi, yomg‘ir qalbi g‘amdan ezilgan, iztirobga to‘la yuragini ne deb, yupatishni bilmagan kishiga najotkor.
Go‘yo vazmin kelbatimga yomg‘irda chopmoq epmas –
Yuzlarimni qizartadi sho‘xlik haqda surgan o‘y. Lekin bebosh yurak qaytmas tuyg‘ulari izmidan, Qulog‘imda yangrayverar dilni sarmast etgan kuy.
Mazkur she’r o‘quvchi bolaligining beg‘ubor lahzalarini esga keltiradi. She’rdagi obrazli ifoda va unga qo‘shimcha ravishda xalq og‘zaki ijodining mahsuli – o‘sha mashhur bolalar qo‘shig‘i “Yomg‘ir yo- g‘aloq, yam-yashil o‘tloq, endi ekinlar chiqarar quloq…”ni satrlarining qatiga singdirilib yuborilishi she’rning ta’sir kuchini yanada oshirgan. Gavhar Ibodullayeva o‘z she’rida mazkur bolalar qo‘shig‘ini keltirar ekan, tuyg‘ulari qartaygan, bizni o‘rab turgan atrofi olamning bor go‘zallig-u fusunlaridan bebah- raligining zamirida loqayd bo‘luvchi, hislari so‘nik kishilar tabiatning buyuk in’omi qarshisida bee’tibor- larcha qiyofada, hatto yoqinqiramagan yuz ifodalari, qalb eshiklarini atayin qulflab oluvchi insonlarga zavq-shavq, jo‘shqinlik urug‘larini sepishni maqsad qiladi.
Folklorshunos J.Eshonqulov xulosasiga ko‘ra, “…har qanday ijodkor, hatto folklor haqida tushun- chaga ega emasman, deb o‘ylagan taqdirida ham, ongi, shuurida folkloriy an’analar yashaydi. O‘z ijodi davomida ayrimlari bilib, ayrimlari bilmay ham shu an’analarga suyanadi. Ya’ni, badiiy ijod jarayonini biz folklordan ayro tasavvur eta olmaymiz”.2 Darhaqiqat, “Yomg‘ir yog‘aloq” xalq qo‘shig‘ini shoira atay she’rida keltirib o‘tmagan, balki she’r yozish asnosida, uning ruhiyatidagi evrilishlar – bolalik xoti- ralari folklor an’analari sari yetaklagan bo‘lsa, ajab emas.
Ijodkorlarning o‘z asarlarida maqol, matal va hikmatli so‘zlarga murojaat qilishi xususida tadqiqot- chi M.Hakimov monografiyasida shunday deydi: “Yozuvchi umumxalq tili asosida badiiy obraz va xarak- terlar yaratadi. Obraz va xarakterlarning individual bo‘lishi ularning turli tasviriy vositalar, shu jumladan, jonli tilning qaymog‘i bo‘lgan xalq aforizmlari – maqol, matal, hikmatli so‘zlar, iboralar badiiy-tasviriy qurol bo‘lib xizmat qiladi“. Darhaqiqat, xalq og‘zaki ijodining tadqiqotchi keltirib o‘tgan yuqoridagi na- munalari ijodkorlarning badiiy asar tilini boyitishda yetakchi qurol vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |