Oʻzbekiston respublikasi оliy va oʻrta maxsus



Download 2,07 Mb.
bet122/158
Sana24.02.2023
Hajmi2,07 Mb.
#914238
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   158
Bog'liq
llm saechasmalari PdfToWord

Bola yig‘lar tomog‘i qaqrab, Yig‘lab to‘lib-to‘lib, qon qaqshab, Jahl bilan otar qayig‘in:
O‘lib qoldi oltin balig‘im! Bo‘lsa hamki qanchalar og‘ir, Ertaklarda o‘lmasdi axir.
Ertak shirin …beshafqat hayot, Undan tortdi bola ham, hayhot. Garchi bir so‘z edi bor-yo‘g‘i, Oltin edi lekin balig‘i.1
Bolalik – inson hayotining eng beg‘ubor, nekbin davri. Bolalikning osmoni oq bulutdan iborat, un- da zarra g‘urbat, yo‘q, unda zarra alam yo‘q. Bolaga ertaklar aytib berar ekanmiz, u real hayotda emas, faqat fantaziyada bo‘ladigan o‘sha ertaknamo xayollarning barisiga ro‘y-rost ishonadi. Chunki uning ta- savvur olami shunday, misoli oq qog‘oz. Shu sababli u ham hayot xuddi ertak singari deb, xayol qiladi, nogoh uning va yaqinlarining boshiga og‘ir sinov kelsa, u bu sinov qarshisida karaxt qolishi tabiiy, boisi u ertak eshitib, oppoq orzular ila voyaga yetgan.
Ma’lumki, ertaklar an’anaga muvofiq “murod-u maqsadiga yetibdi” tarzida yakun topadi. Ertaklar tugallanmasida, asosan, optimistik ruh yetakchilik qiladi. Hayotda-chi, hayotda ham aslida shundaymi? Shoira U.Otayeva o‘z she’rida oddiy bir bola misolida hayot mazmun-mohiyatining, turmush o‘nqir- cho‘nqirlarining poetik manzarasini yaratish vositasida falsafiy umumlashmalar keltirib chiqargan. “Er- tak shirin… beshafqat hayot”. Ha, insonning xayollari shirin, o‘ylari go‘zal bo‘lishi mumkin, ammo hayot haqiqati achhiq. Insoniyatning fikr va tasavvuri xuddi ertaklarning tugallanishi kabi saodatmand bo‘lishi mumkin, biroq taqdirning unga ne “tuhfalari” borligi yolg‘iz Yaratganga ayondir. She’rdagi har misrada shoira sodda va dono, bolalarcha oddiy va ko‘p tajriba ko‘rgan ehtiyotkor va asov dilning kayfiyati, ehti- rosini mohirona tasvirlagan.
Tila tilagingni” Dedi u menga Lek tilla emasdi Biror tangasi.
Aytsam-da aytmasam Oqizdi suvga, Hamma-hammasin.


G‘arib, keksa choldek Ezg‘in bu yurak,
Va ko‘zimda qoldi Hamma dengizim. Teshik tog‘orasin Ko‘tarib endi, Halakman o‘zim…2
Shoira Shamsning yuqoridagi she’ri ham “Oltin Baliq”ertagi motivi asosida yaratilgan. Biroq Sho- ira Shams Ullibibi Otayevadan tamomila boshqacha uslubda badiiy g‘oyani ilgari surgan. U.Otayeva she’rdagi ilgari surilgan g‘oyani yosh bolaning timsolida ifodalasa, Sh.Shams she’rida lirik qahramon ke- chinmalari, aksincha, keksa cholga borib taqaladi. Bor-buduni tavakkal qilib, o‘z mablag‘larini noo‘rin sarflab, “boshga tushganini ko‘z ko‘radi”, deya afsus-nadomatda qolgan kishining ko‘ngil kechinmlari tasvirlangan. Yosh shoiraning folklor an’analari ruhida bitilgan satrlarida bugungi kunning nafasi ufurib turadi, lirik qahramon ertaklar olamida turib, zamonaviy davr kishisiga mos fikr yuritadi. She’rning dast- labki bandiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, suv kulti bilan bog‘liq xalqona urf-odatning, ya’ni, biror tilak, niyat aytib tangani suvga oqizish an’anasi shoira tomonidan o‘ziga xos uslubda ifoda etilgan. Folklorshu- nos A.Musoqulovning fikricha, “Tarixiy asosda suv kulti va xalqning suv kulti va xalqning shu kult bilan bog‘liq ishonchlari, irimlari turganligi uchun xalq lirikasida suv va uning analoglari: shabnam, tomchi, buloq, quduq, ariq, hovuz, soy, ko‘l, daryo, qor, yomg‘ir… – barchasining poetik obrazlari, albatta, biror



1 O‘sha asar. 129-bet.
2 Shoira Shams. Yig‘layotgan qush. Urganch, “Ogahiy” nashriyoti, 2001, 44-bet.
jihati bilan sevgi, oila, intim kechinmalar, farzand va farovon turmush g‘oyalari bilan bog‘lanadi”.1 De- mak, ijodkor suv bilan bog‘liq xalqona urf-odatni she’rga shunchaki qistirma tarzida kiritib o‘tmagan, balki unda yuksak ijtimoiy g‘oyani ilgari surgan.
Har bir o‘ziga xos ijodkor boshqalarga o‘xshamasligi bilan e’tiborga molikdir. Biroq katta iste’dod, katta san’atning bosh yo‘lidan chetlashgan holda rivojlana olmaydi. Kimki o‘z so‘zini aytishga bel bog‘- lar ekan, aslo, xalq og‘zaki ijodiyoti durdonalariga, o‘tmishning o‘ziga xos an’analariga bepisandlik bilan qaray olmaydi.
Xorazmlik ijodkorlar ham folklor namunalarga, o‘tmish an’analariga har doim ezgu va hamnafas munosabat bilan yondashadilar. Ular xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarini o‘z she’rlarining qatlariga sing- diradilar va bundan yuksak ma’naviy ozuqa oladilar, o‘z navbatida, uni poetik tili, teran ifodasi bilan o‘quvchilarga taqdim etadilar. Folklor ijodiyotidan xabardorlik ularga o‘z shoirona ovozini topishga qay- sidir ma’noda yordam bergan. Hayot haqiqatiga sadoqat, xalqona urf-odatlarga hurmat ularning she’riya- tidagi rang-barang ritmikaga, boy ohangdorlikka asos bo‘ldi.
Umuman, xorazmlik shoiralar ijodida didaktikaning namoyon bo‘lishi, o‘git, pand-nasihatning ku- chayishi, ota-ona, farzand obrazlarinig markazga qo‘yilishi, shuningdek, chinakam insoniy tuyg‘ular – xalq og‘zaki ijodiyotidagi qahramonlar, afsonaviy obrazlar va motivlar, maqol-u matallar, naqllar, ibora va ifodalarning faollashishi, go‘zal qo‘shiq-u lapar janrlarining jonlanishi ravshan ko‘zga tashlanadi.
Darhaqiqat, o‘zbek adabiyoti va xalq ijodiyotidagi insonparvarlik, g‘amxo‘rlik, sadoqat, do‘stlik va fidoyilik g‘oyalari shoiralarimiz uchun xalqning ruhi va xarakterini ifodalashda ko‘mak berdi: ulardagi o‘lmas didaktik, estetik boylik ijodkorlar badiiy tilining qilichdek o‘tkir bo‘lishida, maqsad-nishoniga aniq urilishiga va kitobxon qalbiga chuqur kirib borishiga zamin yaratadi.



Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish