Key words: English romanticism, lyrical hero, ballads, allusion, exaggeration, Eastern romanti- cism, meaningfulness, simplicity, exaggeration, artistic excellence.
Ingliz romantizmining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lmish ijodkor Uilyam Vordsvord romantizm meto- dida mashhurlikka erishdi. Uning she’riyatidagi sof, har kishining diliga yaqin, muhabbatga oshufta qalb- lar uchun yaratilgan satrlar ingliz she’riyatini yangi ohanglar bilan boyitdi. Bu she’riyat soddaligi, maz- mundorligi bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi. Masalan, “Sen hali ham jimsan” deb nomlangan she’riga e’ti- bor qarataylik:
Ты все молчишь! Как быстро оцвела Твоя любовь, не выдержав дыханья
1 Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. Toshkent, “Fan”, 2010, 199-bet.
Разлуки, растоптав воспоминанья, Отвергла долг и дар свой отняла.1 (Hali hamon jimsan, tez unutilgan Sevgingsiz bo‘g‘ilar har bitta nafas Xotirlarni poymol qilar ayriliq, Berganini oldi qarzga botirib).2
Bu satrlarda inson diliga yaqin tabiiylikdan o‘zga narsa joziba baxsh etmaydi. Lirik qahramon olis- da qolgan muhabbati haqida o‘ylar ekan, sevgisiz olingan har bir nafas bo‘g‘iladi, degan fikrga keladi. Yoki ishq xotiralari ayriliqni poymol etadi, deydi shoir. Bundagi mubolag‘aviylik romantizm she’riyatiga xosdir. Darhaqiqat, Vordsvordning tili ravon va badiiy mukammallik kasb etgan.
Но в горький плен мой разум ты взяла, Тебе служить – иного нет желанья! И хоть сожгла ты прошлое дотла, Душа, как нищий, просит подаянья. (Aql-hushimni olding achchiq qafasga,
Senga xizmatdaman – boshqa yo‘q xohish! Yoqding o‘tmishimiz aylandi kulga,
Qalb esa gadoday sadaqa so‘rar).
Keyingi bandda ham lirik qahramon – oshiqning ayriliq iztiroblari aks etgan. Ammo bu iztirobni barcha tuya oladi. Shoir yuragida tug‘ilgan misralar har qanday shu dard bilan to‘lg‘ongan kishiga taskin bera oladi. Lirik qahramon – oshiq juda fidoyi, shu bois suyuklisiga senga xizmat qilishdan boshqa xohi- shim yo‘q, deydi. Uning shu darajada ruhiyati tushkunki, muhabbat o‘tmishi kulga aylangan, ishqqa to‘la qalbi muhabbatni gadoday sadaqa so‘rab turibdi. Bu tasvirlar Sharq romantizmi an’analariga uyg‘un jara- nglaydi.3
Ответь! ‒ Пусть сердце, пылкое тогда, Когда мы страстным предавались негам, Пустым, холодным стало навсегда, ‒
Yuqoridagi misralarda esa shunday go‘zal tashbehlarni uchratamizki, muhabbat ayriliq sinovlarida yanda totli tuyuladi. Yor ma’shuqaga aytmoqdaki: “Sendan javob bo‘lmagani sababli qalbim qor bilan qoplangan o‘rmonda bo‘m-bo‘sh qolgan uyaga o‘xshaydi”, deydi. Bunda oshiq qalbi qor bilan qoplangan o‘rmondagi bo‘m-bo‘sh uyaga o‘xshatiladi. Bu ham romantik tasvirdagi o‘ziga xoslik, tashbeh va mubo- lag‘aning uyg‘un ifodasi sifatida o‘ziga xoslik kasb etgan:
Я говорю: Какое побужденье, Какой толчок в теченье долгих лет Отшельника манил в лесную чащу К его безмолвной келье? Что его?
Keyingi bandda lirik qahramon iztirblar yanada quyuqlashib borishi aks etgan. Ya’ni, ayriliq shun- day og‘ir zarba bo‘ldiki, u zohidga aylanib qoldi. Oshiq endi faqat o‘z qalbi va xudosi bilan yolg‘iz qolib, jimjitlikda umr o‘tkazishni ixtiyor qilmoqda. Bu tasvirlarda ham sharqona mazmun yetakchilik qiladi. Bi- nobarin, oshiqning zohidlikni istashi bilan bog‘liq ifodalarda buni yorqin ko‘rish mumkin. Umuman ol- ganda, she’rda nomurod muhabbatdan ozorlangan lirik qahramon – oshiq kechinmalari G‘arb va Sharq romantizmi uyg‘unligida ta’sirchan ochib berilgan.
Vordsvordning “Napisanniye vecherom u Temzi”4 (“Temza bo‘yida tunda yozilgan she’r”) deb nomlangan she’rida ham ma’shuqasini qo‘msab, visolidan umidvor bo‘lib turgan oshiq qiyofasi gavda- lantirilgan. Yoz oqshomidagi Temzaning to‘lqinlari yorga sevgilining suratini chizib berganday bo‘ladi. Temza daryosi, yaqinlashib kelayotgan to‘lqinlar, shafaqli G‘arb, sokin qayiq, tungi daryo singarilar or- qali lirik qahramon tuyg‘ulari, undagi turli evrilishlar ifoda etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |