Suluv yigit, huv yigit,
Goh ma’sum, goh quv yigit, Umr – oqar suv, yigit, Qaytmas imkon muborak.3
G.Ibodullayevaning mazkur she’ri xalqona usulda yaratilgan bo‘lib, unda lirik qahramonning yosh yigitga murojaati bayon qilingan. Yigitni qaytmas imkon bilan muborakbod qilgan. Imkon nima? Qayt- mas imkon-chi? Imkon – zarur yoki qulay shart-sharoit. Qaytmas imkon esa shu makondan ortga qayta olmaslik. Bu yerda muhabbat makoni haqida so‘z bormoqda. Inson kimgadir ko‘ngil qo‘yar ekan, o‘sha inson ko‘nglini “makon”tutadi. Muhabbatdan tonish mumkin, muhabbatiga xiyonat qilishi mumkin, am- mo o‘sha muhabbatining alangasi yuragining bir burchagida qolaveradi, garchi u unutilsa-da, chunki u “qaytmas imkon”. Lirik qahramon yigitga murojaat qilar ekan, muhabbat orqali insonning ko‘ngli yuk- saklarga parvoz qilishini, osmon qadar ko‘tarilishini aytadi. Bil’aks, noloyiq va javobsiz muhabbat esa oshiq dilini xufton etishini ta’kidlaydi. “Umr – oqar suv” maqolini keltirish orqali ijodkor hayotning neli- gini hali anglab yetmagan yosh yigitlar uchun juda o‘rinli qo‘llagan. Undan umr, hayotning qadri xususi- da ibratli fikr olish uchun asos bo‘la oladi.
U.Otayeva xalqning dilidagini xalqning tilida ifodalaydigan ijodkorlardandir. Shoiraning she’rlari poetik tilining boyligi, obrazliligi va ta’sirchanligi ham uning xalqqa yaqinligidandir. U.Otayeva lirika- mizga xalqning ohori to‘kilmagan, sermazmun so‘z va iboralarini, maqol-u hikmatli so‘zlarini va obraz- larini nafaqat, aynan, ba’zan sayqallab ham dadil olib kiradi:
Shu bir yolg‘on so‘zni aytma sen, Ovozingni o‘chirsalar ham.
Shu bir chakki qadamni bosma,
1 Shu manba. 15-bet.
2 Eshonqulov J. Folklor ‒ millatning boqiy tarixi. “Yoshlik”, 2014, 8-son.
3 Ibodullayeva G. Qutlug‘ so‘zlar. “Xorazm”, 1993, 11-bet.
Qadamingni qirqsalar hamki,
Qo‘l tort ko‘ngil tortmagin oshdan, Mahkum bo‘lsang hamki ochlikka. Osilma shu baland dorga sen –
Bir umrga pastda qolsang ham. 1
She’rda ijodkor “men”i umumbashariy tashvishlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Yolg‘on so‘zla- maslik va yolg‘onlarga qurbon bo‘lmaslik, noto‘g‘ri yo‘llarga qadam bosmaslik – shoiraning o‘z hayotiy qarashlari badiiy ifoda uyg‘unligida qalamga olingan. She’rning yakuniy xulosasi ham mashhur xalq ma- qoli “Osilsang baland dorga osil, oyog‘ing yerga tegmasin”ni shoira talqinidagi “Osilma shu baland dorga sen, bir umrga pastda qolsang ham” tarzidagi yangicha ifodasini guvohi bo‘lamiz. Agar inson baland dor- ga osilsa ham, shu dor dorligicha qoladi, ya’ni balandlarga bo‘y cho‘zmaydi, garchi shu kishi unga osilsa- da. Shoira ushbu satrlari orqali, birinchidan, insonning faqat o‘z istaklari olamida o‘ralashib qolmaslikni, jamiyatga, atrofdagi insonlarga ham foydasi tegishdek ijtimoiy g‘oyani ilgari sursa, ikkinchidan, inson tabiatiatidagi kamtarlik, xokisorlik kabi xislatlarni “boshing osmonda bo‘lsa ham, oyog‘ing yerda bo‘l- sin”, degan xalq donishmandligining falsafiy mohiyatini teran ifodalaydi. Shu o‘rinda, shoir M.Abdulha- kimning U.Otayeva satlariga hamohang misralari esga keladi:”…Bir kun emas, bir kun, nihoyat, Boshim senga, ey osmon, yetsa… Osmon! Boshim bo‘lmaysan, aslo, Faqat… boshim osmon bo‘ladi!” Bu “hik- matli so‘zlar” na izoh, na bir tahlilni talab qiladi. Xalqdan olib, xalqqa qo‘l tutgan ijodkorning otashin so‘zlari…
Shu o‘rinda, Yevropaning taniqli sharqshunos olimi, professor G.Vamberining quyidagi fikrlarini keltirishni o‘rinli deb bildik: “…Sharq qadimdan she’riyat tuyg‘ulari o‘lkasi bo‘lib kelgan…Shuning uchun ham o‘tovda istiqomat qiluvchi kishilarda she’riyatga bo‘lgan ishtiyoq Parij yoki Londondagi ma’- lumotli jamiyat a’zolaridagiga qaraganda kuchliroq ekanligiga hech kim ishonmasligi kerak…O‘rta Osi- yoda bir-biriga muhabbat qo‘ygan yosh oshiq-moshiqlar ham, ruhoniylar va oqsuyaklar ham – xullas, hamma-hamma poetik ijodiyotga bir xilda qiziqadi… Maqollarni yozma tilda ham, jonli tilda ham uchra- tish, yurt kazolarining saroyida ham, ko‘chmanchining o‘tovida ham uchratish mumkin… Sahro o‘g‘loni bunday “otalar so‘zi”ni hamma vaqt yuziga jiddiy tus kiritgan holda tinglaydi. Maqol ma’nosiga zid bo‘l- gan hech qanday oqilona gap, hech qanday inontiruvchi so‘z uning fikriga ta’sir qila olmaydi, uning tabi- atidagi tug‘ma mutaassiblik hech narsaga ajdodlar va ular qoldirgan hikmatlarning donolik bilan aytilga- niga, noto‘g‘ri aytilmaganiga astoydil, qattiq ishonchidan boshqa hech bir narsada bunchalik kuchli tarzda namoyon bo‘lmaydi”.2
Darhaqiqat, bundan ikki asr oldin aytilgan buyuk sharqshunos olimning mulohazalari bugungi kun uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Garchi oradagi yillar xalqimizni Parij yoki Londondagi ma’- lumotli a’zolariga qaysidir ma’noda tenglasha olgan bo‘lsa-da, fan-texnikada ancha ilgarilab ketsak-da, biroq jonli tilimiz ham, yozma tilimiz ham o‘sha qadim xalqona ohanglariga murojaat qilaverdi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqimiz tafakkurining, xalqimiz hayotiy tajribasidan kelib chiqqan xulosaviy fikrlar asrlar osha o‘z qiymatini yo‘qotmaganligi, aksincha, u asrlarning sadosi, necha ming yillik tariximiz bilan ham- nafaslik tuyg‘usini uyg‘otuvchi abadiy chaqiriq, zamonlararo avlodlar uchun ko‘prik vazifasini o‘tayot- ganligidan dalolatdir.
U.Otayeva she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning xalq ijodiga nihoyatda yaqinligidir. Shoira o‘z she’rlarida nafaqat xalq ruhi, tafakkuri, qalbidagi kechinmalarini, ularning orzu-umidlari-yu intilishlarini ifodalaydi, balki, shu bilan birga, ularning fikrlash tarzini, badiiy tafakkuridagi o‘ziga xoslik- larni, obrazlar olamini chuqurroq o‘rganib, o‘z badiiy tili orqali chinakam san’atkorona ifoda etadi. Bu borada professor S.Mirzayeva folklordan ijodiy foydalanish masalasiga quyidagicha fikr bildirgan: “Folk- lordan ijodiy foydalanish, ko‘pincha, sintez xarakteriga ega bo‘ladi. Chunki badiiy asardagi folklor unsuri shu asarning barcha komponentlari bilan o‘ta darajada birikib ketadiki, uni tashqi tomondan ajratib olish mumkin bo‘lsa ham, biroq mazmun jihatidan alohida ajratib bo‘lmaydi. Demak, folklorga xos an’analar- ning badiiy adabiyotdagi o‘rni ijodiy qayta ishlanish orqali belgilanadiki, ular yozma badiiy asarning za- rur tarkibiy qismiga aylanib ketadilar”.3 U.Otayevaning “Ertakning tugashi” she’ri ana shu jihatdan xa- rakterlidir:
1 Otayeva U. Shukrona. Toshkent. “Yozuvchi”, 1998, 13-bet (Keyingi she’riy parchalar ham ijodkorning shu nomli
asaridan olingan).
2 Вамбери Г. Очерки Средней Азии. М., 1868, c. 323‒324.
3 Mirzayeva S. O‘zbek realistik adabiyotida folklor an’analari. Toshlent, “Istiqlol”, 2005, 6-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |