MMIBDO‘ ________________________ «_____» __________________ 201 yil.
MAVZU: Tеbrаnishlаr vа to’lqinlаr. Tаbiаtdа tеbrаnmа hаrаkаt REJA: 1.Erkin vа mаjburiy tеbrаnishlаr.
2.Аmplitudа, dаvr, chаstоtа.
3.Mаtеmаtik mаyatnikning tеbrаnish dаvri.
4.Prujinаgа оsilgаn yukning tеbrаnishlаri.
5.Tеbrаnmа hаrаkаtlаrdа enеrgiyaning аylаnishi.
O’ituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishiga tayyorlashi kerak 3.O’quvchilarning egallagan bilimini tekshirish va baholash: O’qituvchi o’tilgan mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqib, o’quvchilarning bilimini tekshiradi YAKKA SAVOLLAR 1. Saqlanish qonunlari qanday vazifani bajaradi?
2. Saqlanish qonunlari nimalarga asoslanib kiritilgan?
3. Makonning va zamonning qanday xususiyatlari mavjud?
4. Fazoning bir jinsliligi deganda nima tushuniladi va qanday saqlanish qonuni uning natijasidir?
5. Fazoning izotropligi deganda nima tushuniladi va qanday saqlanish qonuni uning natijasidir? 6. Vaqtning bir jinsliligi deganda nima tushuniladi va qanday saqlanish qonuni uning natijasidir?
4.Yangi mavzuni tushuntirish: Bu bosqichda o’qituvchu o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga keraqli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi va o’quvchilar ma’ro’zaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar hamkorligida ularning fkrlashi uchun yo’llanmalar berib ishlaydi. TEBRANISHLAR VA TO'LQINLAR Ma'lum vaqtdan keyin qaytariladigan harakatlarga yoki jarayonlarga tebranishlar deyiladi. Bunga soat mayatnigining, musiqa asbobi torlarining, yurakning harakatlari misol bo'ladi. Tebranishlarning tabiati turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, soat mayatnigining harakati mexaniktebranish, elektr toki yo'nalishining o'zgarishi esa elektromagnit tebranishdir. Shunday bo'lsada, barcha tebranma jarayonlar bir xil xarakteristikalar va tenglamalar bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham barcha turdagi tebranishlarni yagona uslub bilan o'rganishga harakat qilishadi.
Erkin tebranishlar deb, sistemaga tashqi kuchlar tomonidan berilgan dastlabki energiya hisobiga vujudga kelib, so'ngra sistemaga boshqa ta’sir bo'lmaganda ham davom etadigan tebranishlarga aytiladi.
Tashqi kuch ta'sirida bo'ladigan tebranishlarga majburiy tebranishlar deyiladi.
Majburiy tebranishlar chastotasi bilan xususiy tebranishlar chastotasining mos kelishi natijasida tebranishlar amplitudasining keskin ortib ketish hodisasiga rezonans deyiladi.
Rezonans ro'y beradigan chastotaga rezonans chastotasi deyiladi.