O’ituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishiga tayyorlashi kerak 3.O’quvchilarning egallagan bilimini tekshirish va baholash: O’qituvchi o’tilgan mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqib, o’quvchilarning bilimini tekshiradi YAKKA SAVOLLAR 1. Fizika fanining asosiy tekshirish uslubi nima?
2. Fizik qonunlar deb qanday qonunlarga aytiladi?
3. Fizik kattalik deb qanday kattalikka aytiladi?
4. Fizik kattalikning haqiqiy qiymati nima?
5. Asosiy fizik kattaliklar.
6. Asosiy fizik kattaliklar qanday tanlangan?
7. Fizik kattalikning birligi.
8. Xalqaro birliklar sistemasi qachon qabul qilingan?
9. Birliklar sistemasining kiritilishidan maqsad nima?
10. Xalqaro birliklar sistemasidagi asosiy va qo'shimcha birliklar va ularning aniqlanishi.
11. Hosilaviy birliklar qanday aniqlanadi?
4.Yangi mavzuni tushuntirish: Bu bosqichda o’qituvchu o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga keraqli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi va o’quvchilar ma’ro’zaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar hamkorligida ularning fkrlashi uchun yo’llanmalar berib ishlaydi. MEXANIKA Jismlarning, yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan vaziyatirting o'zgarishiga mexanik harakat deyiladi.
Fizikaning mexanik harakat qonunlari, hamda bu harakatni vujudga keltiruvchi va o'zgartiruvchi sabablarini o'rganuvchi bo'limiga mexanika deyiladi.
Mexanika — o'rganilayotgan jismlarning o'lchamlari va tezliklariga qarab klassik, relativistik va kvant mexanikalariga ajratiladi.
Klassik mexanika
Tezliklari yorug'likning bo'shliqdagi tezligidan juda kichik bo'lgan makrojismlarning harakat qonunlarini o'rganadi. Klassik mexanikaning asosiy qonunlari italiyalik fizik va astronom G. Galiley tomonidan aniqlangan bo'lib, ingliz olimi I. Nyuton tornonidan mukammal tavsiflangandir.
Relativistik mexanika
Yorug'likning bo'shliqdagi tezligiga yaqin bo'lgan tezliklar bilan harakatlanuvchi jisrnlarning harakat qonunlarini o'rganadi. Relativistik mexanika A. Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasi asosida yaratilgan mexanikadir.
Kvant mexanikasi
Kvant mexanikasida mikrojismlarning (atomlar va elemental'zarralarning) harakat qonunlari o'rganiladi.
Mexanika uch qismga bolinadi:
1. Kinernatika.
2. Dinamika.
3. Statika.
Kinernatika —jisrnlarning harakat qonunlarini bu harakatni vujudga keltiruvchi sabablarni e'tiborga olmay o'rganadi.
Dinamika —jisrnlarning harakat qonunlarini bu harakatni vujudga keltiruvchi va o'zgartiruvchi sabablar bilan birgalikda o'rganadi.
Statika — jismlar sistemasining muvozanat qonunlarini o'rganadi va fizikada dinamika qonunlari bilan birgalikda ko'riladi. Mexanikaning jismlar harakati qonunlarini bu harakatni vujudga keltiruvchi sabablarsiz, о 'rganadigan bolimiga kinernatika deyiladi. Kinematikaning asosiy vazifasi harakatni xarakterlovchi kattaliklarni aniqlash va uni formulalar, grafiklar, jadvallar yordamida tavsiflashdir.