YAKKA SAVOLLAR
1. Termodinamikaning jadal rivojlanishini nima taqozo etgan?
2.Termodinamika o'ziga xos qanday xususiyatlarga ega?
3. Termodinamik istema deb nimaga aytiladi va u qanday parametrlar bilan xarakterlana-cli?
4. Termodinamik parametrlar deb qanday kattaliklarga aytiladi?
5. Termodinamik usulning asosi nimadan iborat?
6. Temperatura qanday lattalik?
7. Bosim qanday aniqlanadi?
4.Yangi mavzuni tushuntirish:
Bu bosqichda o’qituvchu o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga keraqli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi va o’quvchilar ma’ro’zaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar hamkorligida ularning fkrlashi uchun yo’llanmalar berib ishlaydi.
Termodinamikaning birinchi qonuni va uning tatbiqlari
Mazmuni: termodinamikaning birinchi qonuni; izoxorik jarayon; izobarikjarayon; izotermikjarayon; adiabatik jarayon.
Termodinamikaning birinchi qonuni. Buning uchun qizdirilayotgan choynak misolini ko'raylik. Choynak olayotgan issiqlik miqdori Q ichidagi suvning qizishiga, ya'ni suvning ichki energiyasi ortishiga ΔU va suv bug'lari choynak qopqog'ini ko'targanda tashqi kuchlarga qarshi (qopqoqning og'irlik kuchi) bajariladigan A ishga sarflanadi. Bu jarayon uchun energiyaning saqlanish va aylanish qonuni:
Q=ΔU+A
ko'rinishga ega bo'ladi. Bu termodinamikaning birinchi qonunining matematik ko'rinishidir.
Jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini orttirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi.
Agar jismga issiqlik miqdori berilayotgan bo'lsa, Q musbat, agar jismdan issiqlik miqdori olinayotgan bo'lsa, Q manfiy ishora bilan olinadi. Shuningdek, agar jism tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo'lsa, A ish musbat, tashqi kuchlar jism ustida ish bajarayotgan bo'lsa, A ish manfiy bo'ladi.
Termodinamikaning birinchi qonuni birinchi tur abadiy dvigatel (lotincha «perpetuum mobile») yasash mumkin emasligini ko'rsatadi. Birinchi tur «perpetuum mobile»ga asosan teng miqdorda energiya sarflamasdan ish bajara oladigan mashina qurish haqida fikr yuritiladi. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni bo'lgan termodinamikaning birinchi qonunida esa tabiatda ro'y beradigan barcha jarayonlarda energiya o'z-o'zidan paydo ham bo'lmaydi, yo'qolmaydi ham , faqat bir ko'rinishdan boshqasiga aylanishi mumkin, deb qayd etiladi.
Endi termodinamika birinchi qonunining ba'zi jarayonlarga tatbiqini ko'raylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |