Molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlarining ular orasidagi masofaga bog'liqligi. Ikkita molekula o'zaro ta'sir kuchining ular orasidagi masofaga bog'liqligi ko'rsatilgan. Bir molekulaning elektronlari va boshqa molekuladagi atomning yadrosi o'rtasida tortishish kuchlari Ftort vujudga keladi. Bu kuchni shartli ravishda manfiy deb qabul qilishga kelishilgan. Shuningdek, molekulaning elektronlari va atomlarining yadrolari o'rtasida itarishish kuchlari Fit mavjud va bu kuch shartli ravishda musbat deb qabul qilingan. Bu kuchlarning teng ta'sir etuvchisi uzluksiz FT bilan ko'rsatilgan.
Grafikdan ko'rinib turibdiki, r= r0 da Fr =0, ya'ni tortishish va itarish kuchlari bir-birlarini yo'qotadi va bu masofa molekulalarning eng turg'un holati hisoblanadi. r > rQ da tortishish kuchi katta, r< r0 da itarish kuchi katta bo'ladi. Boshqacha aytganda, jism siqilib molekulalar orasidagi masofa r0 bo'lsa, Fit kuchi ularning yaqinlashishiga, r> r0 bo'lsa, Fton kuchi ularning uzoqlashishiga to'sqinlik qiladi va r = r0 masofaga qaytaradi.
Molekulalararo o'zaro ta'sir energiyasining ular orasidagi masofaga bog'liqligi. Molekulalar o'zaro ta'sirlashadi va, demak, o'zaro ta'sir potensial energiyasi E ga ega bo'ladi. Molekulalararo o'zaro ta'sir potensial energiyasining ular orasidagi masofaga bog'liqligi potensial chizig'i ko'rsatilgan.
Molekulalarning itarishish potensial energiyalari musbat, tortishish potensial energiyalari manfiy hisoblanadi. Bir-biridan cheksiz uzoqlikdagi molekulalarning ta'sir potensial energiyalari nolga teng, ya'ni ular ta'sirlashishmaydi. Ular bir-birlariga yaqinlashtirilib borgan sari o'zaro ta'sir potensial energiyalari kamaya boradi, ya'ni noldan kichik manfiy qiymatlarni qabul qila boradi va r = r0 da (F= 0) ozining eng kichik Ep min qiymatiga, molekulalarning turg'un muvozanat holatiga yetadi. Molekulalarning bundan keyingi yaqinlashishi tashqi kuchlarning itarishish kuchlariga qarshi bajaradigan ishlari hisobiga amalga oshirilib, molekulalar potensial
energiyasining keskin ortishiga olib keladi. Potensial chizig'idagi ABC qism potensial о 'rа deyiladi; E min — potensial o'raning chuqurligidir.
Shu bilan birga, molekulalar doimo harakatda bo'lgani sababli ma’lum kinetik energiyaga ham ega bo'ladi. Aynan molekulalararo o'zaro ta’sir potensial energiyasining minimal qiymati Ep min va molekulalar betartib harakati kinetik energiyasining o'rtacha qiymati < Ek> orasidagi munosabat moddalarning agregat holatlarini aniqlaydi:
1) k> >> Ep min da modda gaz holatida;
2) k> << Ep min da modda qattiq holatda;
3) k> ≈ Ep min da modda suyuq holatda bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |