O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Download 0,92 Mb.
bet43/149
Sana01.02.2023
Hajmi0,92 Mb.
#906260
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149
Bog'liq
O zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Temperaturani o'lchash. Temperaturani o'lchash uchun etalon sifatida gaz (vodorod) yoki suyuqliklarning (simob, spirt) issiqlikdan hajmining o'zgarishidan foydalaniladi. Temperatura o'lchanadigan asbob termometr deyiladi. Biz kundalik hayotda termometr bilan yaxshi tanishmiz. Masalan, simobli termometr yordamida — 30° dan + 800° gacha temperaturani o'lchash mumkin. Temperaturani o'lchashda aniqlik kiritish maqsadida temperatura shkalasi kiritiladi.
Temperatura shkalasi. 1960- yilda bo'lib o'tgan o'lchovlar va tarozilar bo'yicha XI bosh konferensiyaning qaroriga muvofiq temperaturaning ikkita shkalasidan foydalaniladi. Termodinamik temperatu­ra shkalasida (T) temperatura kelvinlarda (K) va xalqaro amaliy temperatura shkalasida (t) temperatura selsiy graduslarida (°C) o'lchanadi. Termodinamik temperatura va xalqaro amaliy temperatura shkalalari quyidagi munosabat yordamida bog'langan:
T= 273,15 + t.
Termodinamik va xalqaro amaliy temperatura shkalalarida haroratning masshtab birliklari teng, ya'ni termodinamik shkaladagi 1 К temperaturalar farqi, xalqaro amaliy shkaladagi 1°C temperaturalar farqiga mos keladi: 1°C birligi = 1 К birligi.
Absolut nol temperatura. Xalqaro amaliy shkalada temperaturani aniqlashning tayanch nuqtalari sifatida, normal atmosfera bosimida suvning muzlash va qaynash temperaturalari olingan. So'ngra bu oraliq teng yuzga bolinib, temperatura shkalasi hosil qilingan. Bunday shkala birinchi bo'lib shvetsiyalik olim Selsiy (1742-yilda) taklif qilganligi uchun unga Selsiy shkalasi ham deyiladi. Temperaturaning termodinamik shkalasi esa ingliz olimi Kelvin tomonidan taklif qilingan. Bu shkalaning boshlanish nuqtasi sifatida nol gradus Kelvin 0 K= —273,15 °C qabul qilingan. Bu temperaturada ideal gazning bosimi nolga teng bo'ladi, ya’ni molekulalari harakatdan to'xtaydi. 0 К dan pastki temperatura bo’lishi mumkin emas va shu bilan birga bu temperaturaga yetishib hum bo'lmaydi. 0 К absolut nol temperatura deyiladi.
Molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlari va energiyasi
M a z m u n i: molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlari; molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlarining ular orasidagi masofaga bog'liqligi; molekulalararo o'zaro ta'sir energiyasining ular orasidagi masofaga bog'liqligi; moddaning agregat holatlari. Molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlari.Bizga ma'lumki, qattiq jism va suyuqliklarning molekulalari bir-birlariga katta kuch bilan tortilib turishadi. Aks holda ular bar tomonga uchib ketgan bo'lishardi. Xuddi shuningdek, ularni siqishning mumkin emasligi molekulalararo itarishib kuchlarining mavjudligini ko'rsatadi. Molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlari tabiatiga ko'ra elektromagnit xarakteriga ega va shu bilan birga elektroneytral molekulalar orasida vujudga keladi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish