Ideal gaz va uning parametrlari
Mazmuni: ideal gaz tushunchasi; gaz parametrlari; gazning bosimi;Dalton qonuni; temperatura, temperaturani o'lchash, temperatura shkalasi, absolut nol temperatura.
Ideal gaz. Mexanikadagi kabi molekular fizikada ham hisoblashni osonlashtirish uchun xizmat qiladigan ideallashtirilgan model — ideal gaz tushunchasidan foydalaniladi. Ideal gaz deb quyidagi shartlarni bajaradigan gazga aytiladi:
1) gaz molekulalarining xususiy hajmi gaz egallab turgan idishning hajmiga nisbatan e'tiborga olmasa bo'ladigan darajada kichik;
2) gaz molekulalari orasida o'zaro ta'sir kuchlari mavjud emas;
3) gaz molekulalarining o'zaro va idish devorlari bilan urilishlari absolut elastik.
Shuni ta'kidlash kerakki, real gazlar (kislorod, geliy) ham normal sharoitga yaqin sharoitlarda va yuqori temperatura, past bosimda o'z Kossalari bilan ideal gazlarga juda o'xshab ketadi. Bundan tashqari, molekulalarning xususiy hajmlari va o'zaro ta'sirini hisobga oluvchi tuzatish kiritish bilan ideal gaz qonunlaridan real gaz qonunlarini hosil qilish mumkin.
Gaz parametrlari. Gazning holati bir-biriga bog'liq bo'lgan va holat parametrlari deyiladigan quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi, bular: hajm V, bosim p va temperatura T.
Gazning hajmi Vu egallab turgan idishning hajmi bilan mos keladi.
Hajmning SI dagi birligi m3.
[V] = lm3.
Gazning bosimi. Sirt elementiga normal ta'sir etayotgan F kuchning shu element yuzasi Sga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik bosim deyiladi:
P=F\S
SI da bosim birligi — paskal, lPa = 1N\ m2.
Hozircha bosimning sistemaga kirmaydigan ba'zi birliklaridan ham foydalaniladi. Bular:
fizik atmosfera = 11,013 • 105 Pa = 760 mm.sim.ust.
texnik atmosfera = 9,81 • 104 Pa.
Dalton qonuni. Ideal gaz aralashmasining bosimi aralashmaga kiruvchi gazlar parsial bosimlarining yig'indisiga teng bo'ladi, ya'ni
P = P1 +P2 + - + Pn, bu yerda p1p2,… ,Pn — parsial bosimlar deyilib, agar har bir gazning o'zi shu haroratda aralashma egallagan hajmni egallaganda idish devorlariga ko'rsatishi mumkin bo'lgan bosim bilan aniqlanadi.
Temperatura. Jismlarning issiqlik darajasini xarakterlash uchun temperatura tushunchasidan foydalaniladi. Agar qizitilgan jism (temperaturasi yuqori jism) qizitilmagan jismga (temperaturasi past jismga) tekkizilsa, ular orasida issiqlik almashuvi ro'y beradi. Energiya temperaturasi yuqoriroq jismdan temperaturasi pastroq jismga o'tadi. Bu jarayon jismlarning temperaturalari tenglashguncha, ya'ni issiqlik muvozanati vujudga kelguncha davom etadi. Demak, issiqlik muvozanatidagi jismlarning temperaturalari bir xil bo'ladi. Shuning uchun ham temperatura sistemaning issiqlik muvozanatini xarakterlovchi kattalik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |