O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Nyutonning birinchi qonuni



Download 0,92 Mb.
bet17/149
Sana01.02.2023
Hajmi0,92 Mb.
#906260
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149
Bog'liq
O zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Nyutonning birinchi qonuni
Mazmuni: Nyutonning birinchi qonuni; inersial sanoq sistemasi; inertlik, massa, kuch tushunchalari.
Nyutonning birinchi qonuni. Nyutonning bi­rinchi qonuni quyidagicha ta'riflanadi: har qanday jism, boshqa jismlar ta'siri boshlang'ich holatini o'zgartirishga majbur etmaguncha, o'zining tinch yoki to'g'ri chiziqli tekis harakati holatini saqlaydi.
Futbol to'pining futbolchi tepmagunicha maydonda tinch turishi, avtobus harakati boshlanganda orqa tomonga, harakatlanayotgan avtobus to'xtaganda oldinga qarab silkinishimiz bu qonunning kundalik hayotimizda o'rinli ekanligini ko'rsatadi.
Shu bilan birga, Nyutonning birinchi «qonuni» inertlik tushunchasi bilan chambarchas bog'liqdir.
Inertlik. Inertlik deb jismning tinch yoki to'g'ri chiziqli tekis hara­kat holatini saqlash xususiyatiga aytiladi. Shuning uchun ham Nyutonning birinchi qonunini inersiya qonuni ham deyishadi. Nyuton qonunlari faqat inersial sanoq sistemalaridagina bajariladi.
Inersial sanoq sistemasi. Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanoq sistemalariga inersial sanoq sistemalari deyiladi. Inersial sanoq sistemasiga nisbatan tinch yoki to'g'ri chiziqli tekis harakat qilayotgan har qanday sistema inersial sanoq sistemasi bo'ladi.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, geliosentrik (koordinata boshlari quyoshning markazida) sistemani inersial sanoq sistemasi deb hisoblash mumkin. Fizikada juda ko'p sistemalar inersial sanoq sistemalari sifatida qaraladi, chunki bu hollarda yo'l qo'yiladigan xatoliklar e'tiborga olmaydigan darajada kichik bo'ladi.
Nyutonning birinchi qonuni bajarilmaydigan har qanday sanoq sistemasiga noinersial sanoq sistemasi deyiladi.
Endi dinamika uchun juda zarur bo'lgan massa va kuch tushun­chalari bilan tanishaylik.
Massa. Jismning massasi materiyaning asosiy xarakteristikalaridan biri bo'lib, uning inertligining miqdoriy o'lchovidir. Boshqacha aytganda, tinch yoki to'g'ri chiziqli tekis harakat holatini saqlash xususiyati katta bo'lgan jismning massasi ham katta bo'ladi. Fizikada massani m harfi bilan belgilash qabul qilingan. SI sistemasida massa birligi bir kilogramm, ya'ni [m] = 1 kg. Jismning tinch yoki to'g'ri chiziqli tekis harakat holatini o'zgartirish uchun unga tashqaridan ta'sir ko'rsatilishi kerak. Bunday ta'sirni xarakterlash uchun kuch tushunchasi kiritiladi.
Kuch. Kuch ta'sirida jism o'zining harakat tezligini o'zgartiradi, ya'ni tezlanish oladi. Bu kuchning dinamik namoyon bo'lishidir. Shuningdek, kuch ta'sirida jism deformatsiyalanishi, ya'ni shakli va o'lchamlarini ham o'zgartirishi mumkin. Bunga kuchning statik namoyon bo'lishi deyiladi. Kuch vektor kattalik bo'lib, nafaqat son qiymati bilan, balki yo'nalishi va qaysi nuqtaga qo'yilishi bilan ham xarakterlanadi.
Kuch vektor kattalik bo 'lib, jismga boshqa jismlar va maydonlar tomonidan ko'rsatilayotgan mexanik ta'sirning o'lchovi hisoblanadi va bu ta'sir natijasida jism yoki tezlanish oladi yoki о 'zining shakli va о 'lchamlarini о 'zgartiradi.
Fizikada kuchni F harfi bilan belgilash qabul qilingan.
Kuch ta'sirida jismning mexanik harakati qanday o'zgaradi degan savol tug'iladi. Bu savolga Nyutonning ikkinchi qonuni javob beradi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish