S=Sto’rt+Such=v0t+1\2at2
Demak,
s = v0t + at2\2
Bu ifodaga tekis o'zgaruvchan harakatda yo'l formulasi deyiladi. Yo'l grafigi. Yo'l grafigini aniqlash uchun ordinata o'qiga yo'l s ni, abssissa o'qiga vaqt t ni qo'yamiz.
Yo'l formulasi kvadrat (t ning ikkinchi darajasi ishtirok etgan) tenglamadir. Matematika kursidan ma'lumki, kvadrat kiglamaning grafigi paraboladan iborat bo'ladi. Biz t >_ 0 holni qaraymiz. ko'rinib turibdiki, to'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatda yo'l grafigi parabolalar oilasidan iborat bo'lar ekan. Ular v0 va
a larning qiymatlari bilan farq qiladi.
To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatga tabiatdan misol: .Jismning erkin tushishi va yuqoriga tik otilgan jismning harakati to'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatga oddiy misol bo'la oladi.
Italiyalik olim G.Galiley ko'plab tajribalar yordamida bu harakatlarni o'rgangan va ularning tekis o'zgaruvchan harakat ekanligiga ishonch hosil qilgan. U tajribada jismlar yer markazi tomon tik yo'nalgan va kattaligi o'zgarmas g = 9,81 m/s2 bo'lgan tez-lanish bilan harakat qilishini aniqlagan. Bu tezlanishga jismlarning erkin tushish tezlanishi deyiladi.
Erkin tushish. Erkin tushish deb, jismning faqat og'irlik kuchi ta'sirida bo'ladigan harakatiga aytiladi.
Shuning uchun ham bunday harakatda tezlik va yo'l formulalari to'g'ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat tenglamalariga o'xshash bo'ladi. Faqat s ni h va a ni g bilan almashtirish kifoya.
Tezlik
v = gt
balandlik
h=gt2\2 ; h=v2\2g
tezlik
v=√2gh
bo'ladi. Keltirilgan formulalar yordamida erkin tushayotgan jismning istalgan nuqtadagi tezligini va istalgan paytdagi balandligini hisoblab topish mumkin.
Yuqoriga tik otilgan jismning harakati Yuqoriga tik otilgan jismning boshlang'ich tezligini v0, ko'tarilish vaqtini t, balandligini h, keyingi tezJikni v bilan belgilasak quyidagi formulalar o'rinli bo'ladi.
Eng yuqori nuqtada v= 0 bo'lganligidan v0 = &,yoki jismning ko'tarilish vaqti va ko'tarilish balandligi.
Agar erkin tushishda hmax = у ekanligini eslasak, v0 - v, ya'ni jismning erkin tushishdagi oxirgi tezligi v yuqoriga otilgandagi boshlang'ich tezligi v0 gateng bo'ladi. Shunga asosan qayta yozsak, jismning erkin tushish vaqti ko'tarilish vaqtiga teng bo'ilshiga ishonch hosil qilamiz:
Erkin tushish tezlanishi. Erkin tushish tezlanishi hamma jismlar uchun bir xilmi? Erkin tushish tezlanishi hamma jismlar uchun birxil. Yertortish maydoni uchun uning qiymati g = 9,81 m/s2. Shuni qayd etish kerakki, Yerning qat'iy shar shaklida emasligi natijasida uning qiymati g = 9,780 m/s2 dan (ekvatorda) g = 9,832 m/s2 gacha (qutblarda) o'zgaradi. Ammo hisob-kitoblarda uning qiymatini 9,81 m/s2 deb olishga kelishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |