Ikkinchi tartibli hosila olish usulida δE/δV2 ning Vga bog`liqlik chizmasi tuziladi. Bu chizmada egri chiziqlar abssissa o`qining har ikkala tomonida joylashadi. Egri chiziqlarning uchlarini tutashtirganda abssissa o`qi bilan chiziqning kesishish nuqtasi t.o.n. ga to`g`ri keladi.
Granning egri chiziqlarni to`g`rilash usuli titrlash egri chizig`ini to`g`ri chiziqqa aylantirish yordamida t.o.n. ni aniqlashga imkon beradi. Ikki to`g`ri chiziqning kesishish nuqtasi t.o.n. ga to`g`ri keladi. Buni cho`ktirish usuli misolida qarab chiqamiz. Soddalik uchun eritmaning ion kuchini hisobga olmaymiz (fJ=0).
Do'stlaringiz bilan baham: |