Malakaning fiziologik mexanizmi. I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarning ilmiy tadqiqotlari orqali erkin harakatlarni shakllanishining fiziologik mexanizmlari asoslangan Harakat aktini muskullar bilan bajarishni boshqarish vaqtli aloqalarni vujudga kelishi ekanligidir. Ularning asosida birinchi tartibdagi shartli reflekslarning, oliy tartibdagi, manipulyasiyali reflekslar va boshqalarning vujudga kelishi yotadi. Oxirgi reflekslarning ahamiyatiga katta eotibor beriladi, chunki ular meros bo‘lib nasldan-naslga o‘tmagan javob reaksiyalari bilan bog‘liq.
Harakat malakasining shakllanishi jarayoni shartli ravishda uch fiziologik fazaga bo‘linadi, bunda gap harakat faoliyatini qaytarish bilan aynan bog‘liq bo‘lgan fiziologik fazalar ustida boradi xolos.
I-faza shartli reflektor aloqalari markaziy nerv tizimi qo‘zg‘alish jarayonining keng irradiatsiyasi bilan xarakterlanadi. Tashqaridan buharakat faoliyatining tashqi ko‘rinishi (suratining) yaratilishi bilan ifodalanib aniq bo‘lmagan va ko‘pincha keragi yo‘q harakatlar ham qo‘shilib bajarilishi orqali boradi.
II-faza shu bilan farqlanadiki, qo‘zg‘alishning ortiqchaliligi tormozlanish jarayoni rivojlanishi bilan chegaralanib, markaziy nerv faoliyatlarining vaqt va fazoda aniqligiga erishish bilan kuzatiladi. Bunga harakat faoliyatini nisbatan to‘g‘riroq bajarish, ortiqcha harakatlarni yo‘qotish muvofiq keladi. Ammo qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonining o‘zaro takomillashmagan holdagi o‘rin almashishlarining hali etarli darajada emasligi harakatlarda ortiqcha zo‘riqish, muskullar tarangligini oshirib yuborish bilan kuzatiladi.
III-faza harakatning dinamik steriotipi shakllanishining tugallanishi bilan xarakterlanadi. Bu harakatlarni nisbatan takomillashgan darajada bajarilishiga imkon beradi. Malaka yuqorida aytilgan barcha belgilariga ega bo‘lib boradi.
Malaka shakllanishning asta-sekinligi va notekisligi.Harakat malakasi asta-sekin nisbatan uzoqroq vaqt ichida, qator mayda yangilanishlar orqali vujudga keladi.
Malakaning notekis shakllanishining to‘rt turi mavjud:
1. Malakaning “salbiytezlik” bilan shakllanishi. Ta’limning birlamchi etapida harakat faoliyatini o‘zlashtirish ancha tez amalga oshadi, keyinchalik uning sifatini yaxshilash nisbatan sust boradi. Bu yo‘sindagi malakani shakllanishi harakat faoliyati texnikasi egallash uchun xarakterli. O‘quvchilarning harakat faoliyatlarini asosi oson o‘zlashtiradi, chunki maktab jismoniy tarbiya dasturiga oson harakatlar kiritilgan, uning detallarini o‘zlashtirish esa nisbatan uzoq davom etadi.
2. Malakani “ijobiyvazudlik” bilan shakllanishi. Bu shuni ifodalaydiki ta’limning birinchi etaplarida malakaning sifatini o‘sishi ahamiyatli darajada bo‘lmaydi. So‘ng u keskin o‘sadi. Malakaning shu ko‘rinishidagi shakllanishi nisbatan qiyin harakat faoliyatini o‘qitish uchun xarakterli, ma’lum vaqt o‘tishi bilan tashqaridan sezilmay to‘planayotgan sifat o‘zgarishlari to‘plami, o‘zining harakat faoliyatini yuqori darajada o‘zlashtirilganligi ko‘rinishida namayon qiladi.
3. Malakaning rivojlanishini sekinlashuvi. Malaka belgilangan mahorat darajasiga etganda, ikkala ko‘rinishdagi tezlik bilan malakani shakllanishi sodirbo‘lishi mumkin. Malaka qanchalar takomillashmagan bo‘lsa, o‘ znavbatida, uni yanada yaxshilash uchun shunchalar katta pedagogik mahorat va kuch talab qiladi.
4. Malaka rivojlanishining ushlanishi («plato»). Ushlanish ikki sabab orqali vujudga kelishi mumkin:
- vaqt o‘tishi bilan malakaning sifat o‘zgarishlariga olib keluvchi organizmdagi sezilmas darajada borayotgan moslashuv jarayonining borishi;
- ta’limning usuliyatini noto‘g‘riligi yoki harakat sifatlarini etarli darajada rivojlanmaganligi orqali kelib chiqadigan sabablar.
Agarda malakani ushlanishining sababi to‘g‘ri aniqlansa, uni engish ushlanishini tezroq o‘tishi uchun birinchi sabab vaqt, ikkinchi sabab o‘qitishning vosita va metodlari bo‘lib, lozim bo‘lsa ularni keskin o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Malakaningso‘nishi. Harakat malakasi barcha shartli reflekslar qatori, agarda mustahkamlanib turilmasa so‘nadi. So‘nish malakaning ketma-ketligiga o‘xshash ketma-ketlikda yoki uning teskarisi tartibida sodir bo‘ladi.
Malakani nomoyon qila olish boshlanishida sifat o‘zga-rishlariga darrov olib kelmaydi. Bu esa o‘quvchilarni o‘z kuchlariga ishonmay qo‘yishiga sabab bo‘lishi mumkin, ayrim holatlarda bu faoliyatni bajarishdagi uzulishlarga olib kelishi mumkin. So‘ng harakatlarni aniq diferensiallash qobiliyati yo‘qola boshlaydi, harakatlar oralig‘idagi qiyin koordinatsion aloqalar buzila boshlaydi, oldin ko‘p vaqt sarflab erishilgan texnika ijrosidagi individuallik yo‘qoladi.
Tashqaridan bu harakat faoliyatining yomonlashuvi bilan kuzatiladi. Nihoyat, shug‘ullanuvchi ayrim qiyin harakatlarni bajara olish qobiliyatini yo‘qotadi. Tizimsiz mashg‘ulotlar malakaning namoyon bo‘lishining sifati (tez yugurush, balandroq sakrash va boshqalar)ga salbiy ta’sir etadi va ijro texnikasi tezda yomonlashadi. Lekin harakat malakasi butunlay yo‘q bo‘lmaydi. Uning asosi juda uzoq saqlanishi mumkin va qator takrorlayverishlardan so‘ng tez tiklanadi.
Mashq qilmay qo‘yish orqali odam erkin, katta kuch sarflamay chiroyli va tez suzish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin, lekin u hech qachon o‘z ish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Maxsus izlanishlar orqali V.V. Belinovichni aniqlanishicha, konkida uchishdek qiyin koordinatsiya talab qilinadigan mashqda 10-12 yil konkida turmagan, yurmaganlar bitta mashg‘ulotning o‘zidayoq o‘zining eski malakasini tiklashlari mumkin ekan.
Harakat malakasi mashqni takrorlamay qo‘yish orqaligina yomonlashmay, harakat sifatlarining darajasini, organizmning funksional imkoniyatlariini pasayishi orqali ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, stayerlarning yoshi kattaligi sababli kislorodni maksimal sarflashining yomonlashuvi hisobiga sport natijasi pasayadi. Keyinchalik sportchi qachonlardir yuqori natija ko‘rsatgan harakatmalakasini to‘la yo‘qotishi mumkin.
Qari gimnastlar «max» bilan bajariladigan texnik jihatdan engil mashqlarni juda osonlik bilan perekladina, brusoyada bajarsalar, halqada kuch bilan bajariladigan mashqlarni uddalay olmaydilar.
Malakani ko‘chishi (o‘tishi). Jismoniy tarbiyaning bilim berish vazifalaridan biri belgilangan harakat malakalari tizimini yaratishdir. Natijada birvaqtning o‘zida yoki birin-ketin bir necha harakat malakalari shakllanib, bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Fiziologiya nuqtai nazaridan malakalarning o‘zaro ta’siri aloqalari shunday jarayonki, bir vaqtning o‘zida yoki birin-ketin koordinatsion strukturalar o‘zgarishi yuzaga kelaveradi. Bir vaqtning o‘zida bir necha harakat faoliyatiga o‘qitish, masalan: darslar seriyasida yoki bitta faoliyatni o‘rgatishda boshqa malakalarni ham shakllanishi yuz berishi mumkin.
Malakalarning o‘zaro ta’siri bir necha xil bo‘ladi: Malakani ijobiy-salbiy ko‘chishi (o‘tishi). Ijobiy ko‘chish malakalarning o‘zaro shunday munosabatiki, unda oldin hosil bo‘lgan malaka keyingi, yangisini shakllanishiga yordam beradi. Jumladan, tennis to‘pini uloqtirish malakasi granata uloqtirish malakasini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Yangi hosil bo‘layotgan malakalar hayotiy tajriba va o‘qitish natijasida va avval shakllanganlariga tayanadi. Bunda oldingi shakllanganlarining tuzilishi jihatidan o‘xshash elementlari yangisini shakllantiradi.
Malakani salbiy ko‘chishi. Oldin shakllangan malaka yangisining shakllanishi jarayonida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu ta’lim jarayonining cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, jismoniy sifatlarning rivojlanishini orqaga suradi. Masalan, suvga sakrovchidan, gimnastdan sprinter tayyorlash yoki kurashchidan tennischi tayyorlashdek og‘ir jarayonni aytib o‘tish mumkin.
Taekvondo sporti taktikasi musobaqalarda va jang davomida vujudga keluvchi aniq vaziyadarda raqibning xususiyatlarini hisobga olib, sportchining texnik, jismoniy va irodaviy imkoniyatlaridan o‘ylangan holatda foydalanishni bilishi hisoblanadi. Taekvondo sporti taktikasi usluksiz holatda rivojlanib borishi qayd qilinadi. U bevosita musobaqalar qoidalari asosida belgilanadi. Agar ularga qandaydir o‘zgartirishlar kiritilsa, u holatda taktika ham yangilanishi qayd qilinadi: qandaydir bitta taktik harakatlar o‘z samaradorligini yo‘qotishi, boshqa bittasining esa o‘zlashtirilishi, ushbu ko‘rinishda jangning yangi taktik variantlari vujudga kelishi kuzatiladi. Sportchining taktik mahorati texnik, jismoniy va irodaviy tayyorgarligi bilan chambarchas holatda bog‘liq hisoblanadi. Texnikaning rivojlanishi taktikani yangilanishi va tegishli o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi, yangi taktik harakatlar vujudga keladi, uning takomillashtirishi uchun boshlang‘ich darakchilar hosil qilinadi. Texnika taktikaning asosiy vositasi hisoblanadi.Sportchining texnik jihatdan qurollanishi sezilarli darajada uning taktikasini belgilab beradi. Sportchining taktik imkoniyatlari ko‘p jihatdan uning jismoniy qobiliyatlari bilan aniqlanadi. Tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamlilikning yuksak darajada rivojlanishi sportchiga har safar g‘alabaga erishish uchun nisbatan foydali hisoblangan yoTni tanlashni amalga oshirish imkonini beradi. Sportchining taktik imkoniyatlariga texnik va jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda psixologik tayyorgarlik ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Jasur va tashabbuskor sportchi taktik jihatdan fikrlashning tola qimmatliligi va originalligi bilan farqlanib turadi, raqibni o‘zining jang olib borish shart-sharoitlariga yo‘naltira olishi kuzatiladi. Sovuqqonlilik, qat’iy tura olish, barqarorlik, o‘zini tuta olish va boshqa irodaviy sifatlari sportchi uchun jangning keskin vaziyatlarini o‘zi uchun topa olish, nisbatan foydali taktik manyovrlami tanlay olish va ulami amalga oshira olish imkonini beradi. Murakkab, doimiy ravishda o‘zgaruvchan jang vaziyatlarida to‘g‘ri qarorlami tezda qabul qila olish, o‘z vaqtida va aniq ko‘rinishda judga keluvchi vaziyatlarga nisbatan javob ko‘rsata olish orqali sportchi mantiqiy fikrlay olishi, har bir taktik manyovrlami chuqur mulohazakorlik asosida belgilay olishi talab qilinadi. Taktik fikrlashning muhim hisoblangan xususiyatlaridan biri - bu oldindan ko‘ra olish hisoblanadi. Oldindan ko‘ra olish, demak, bu hayolan oldinda turgan hodisalar manzarasini tasaw ur qila olish, uning tarkibida asosiy holatlami belgilay olish, jang va umumiy holatda musobaqada erishiluvchi natijalariga bogliq bolgan qarorlar qabul qila olishni ifodalaydi. Sportchiga jang va umumiy holatda musobaqaning rivojlanish ehtimolligini oldindan ko‘ra olish imkonini bemvchi taktik fikrlay olishi asosida, eng avvalo, Taekvondo sporti bo‘yicha chuqur bilimlami egallash yotadi. Raqibning mahorati tavsiflarini 474 hisobga olish, o‘zini raqibning o‘rniga qo‘ya olish vauning amalga oshirishi ehtimolligi mavjud bo‘lgan harakatlarini oldindan ko‘ra olish talab qilinadi. Taktika qolip (oldindan belgilangan namuna) ko‘rinishida boTishi kerak emas. Bir xildagi taktik manyovrlardan ko‘p foydalanish eng yaxshi natijaga erishish imkoniyatlarini qiyinlashtiradi, ushbu ko‘rinishda raqiblar tezkorlikda moslashish va qarshilik choralarini ko‘rishlciri amalga oshirilishi mumkin. Har qanday taktik vazifalar yechimiga nisbatan ijodiy yondashuvlar, yangi yolini qidirish - muvaffaqiyatga erishishning ajralmas sharti hisoblanadi.
Tashkiliy tadbirlar saflangan sportchilarning mashgulotda ishtirok etayotganini tekshirish, tayyorgarlik topshirigi berish, bu topshiriqni hal etish, bajarish vositalari bilan tanishtiradi.
Asosiy kismga bevosita tayyorlanish – bu tadbir badan qizdirishdan iborat bo’lib, uning o’zi umumiy va maxsus qismlardan tashkil topadi. Umumiy tayyorgarlik mashqlaridan (emotsional mashqlardan) foydalaniladi Bundan maqsad mashg’ulotning asosiy qismidagi eng muhim masalalarni, vazifalarni hal qilish uchun sportchi organizmini tayyorlashdir.
Mashg’ulotning tayyorgarlik qismining qancha vaqt davom etishi quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi:
– Sportchining shaxsiy qobiliyatlari:
– Bajariladigan ishning xususiyatlari, tashqi muhit sharoitlari.
Mashg’ulotning asosiy qismida eng muhim, asosiy masalalar hal qilinadi, ya’ni sportchini tayyorlashning maxsus jismoniy, texnik, taktik, ruhiy jihatlari hal qilinib, mana shu sohadagi ko’rsatkichlarni oshirish ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |