1.2-rasm. Umumiy energiya manbalarining zahiralari.
Shamol energiyasi: Shamol - bu quyosh nurining intensivligi hisobiga, bosimning o‘zgarib turishi natijasida havo massasining harakatidir. Shamol energiyasi insoniyat suv energiyasi hamda bug‘ dvigatellaridan ancha oldin, shamol energiyasidan foydalanib kelgan. Xitoy, Angliya, Germaniya, Fransiya, Daniya, Gollandiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda, shamol energiyasi juda katta masshtabda, sanoat va qishloq xo‘jaligida ko‘llanib kelingan. Shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan xozirgi ishlar, alohida katta quvvatli shamol generatorlarini yaratish va ularning energiyasini ishlab turgan energiya tarmoqlariga ulash va asosiy tarmoq sifatida foydalanishdan iboratdir.
Havo massasining yer atmosferasi atrofida aylanishi ekspertlar tomonidan turlicha baholangan. Shamollarning yillik nazariy zahirasi yer yuzidagi barcha energiya zahiralardan 100 marta ortiq bo‘lib, 17500-22000 TWsoatni tashkil qiladi. Ammo bu energiyaning faqatgina 10-12 % foydalanish mumkin. Iqtisodiy jihatdan joydagi shamolning tezligi 5 m/s dan kam bo‘lmasa shamol generatorlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shamol turbinalari an’anaviy generatorlardan 2 - 4 barobar qimmatdir. Ammo shamol energiyasi doimiy bo‘lgan ba’zi bir regionlarda u muhim energiya manbalaridan hisoblanadi [8].
Gidroenergetika: Hozirgi kunda jahonda eng ko’p energiya olinadigan qayta tiklanadigan energiya manbai bu gidroenergetika hisoblanadi. Yer yuzida gidroenergiya yalpi salohiyati 39100 mlrd.kVtsoat ni tashkil qiladi. Biroq bu energiyaning 25% ni texnik va iqtisodiy talablarga binoan amaliyotda foydalansa bo‘ladi. Bu kattalik hozirgi zamon dunyo elektr stansiyalarida yil davomida ishlab chiqarilayotgan energiya miqdoridan taxminan ikki marotaba ko’pdir [9].
1.2. Jahonda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning hozirgi holati.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar ekologik toza bitmas tuganmas qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish salmog’ini yildan yilga oshirib bormoqdalar. Bu soha bo’lgan qiziqish ortishi natijasida milliardalab dollor investitsiyalar kirityaptilar. Asosiy maqsad mavjud energetik zahiralarni tejash va ekologiya atrof muhit tozaligini saqlashdan iborat. Jahonda qayta tiklanadigan energiya manbalariga kiritlgan investitsiyalar 332,1 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bu ko’rsatgich 2017 yilga qaraganda 8 % kam. Quyidagi rasmda dunyoda energiyadan foydalanish ko’rsatgichlari keltirilib o’tilgan. Bunga ko’ra qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan (gaz, neft, ko’mir) foydalanish ko’rsatgichlari 73,5 % ni tashkil qilar ekan. Qayta tiklanadigan energiya manbalari esa 26,5 % ni tashkil qilar ekan. Shundan 16,4 % gidroelekt stansiyalar, 5,6 % shamol energiyasi, 2,2 % biomassa, 1,9 % quyosh energiyasi va 0,4 % getermal, dengiz to’lqinlar energiyasi hissasiga to’g’ri kelar ekan [10].
Do'stlaringiz bilan baham: |