Natijalarni joriy qilinishi: Buxoro muhandislik-texnologiya institutida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiriladigan issiqxonada joriy qilindi hamda tajriba natijalari olindi.
Tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi: Tadqiqot eksperimental analitik usulda olib boriladi. Quyosh energiyasi salohiyati va quyosh batareyalaridan foydalanish imkoniyatlarini zamonaviy matematikaning tasodifiy jarayonlari nazariy matematik mantiq, grafalar nazariyasi, ekspotr baholar nazariyasi hamda ehtimollik nazariyasi va matematik statika kabi bo`limlariga asoslangan. Shu tufayli ilmiy izlanishlar matematik metodlar va ishonchlilik nazariyasi metodlarining asoslaridan foydalanib amalga oshiriladi.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot natijalari 1 ta ilmiy maqola, 2 ta xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda muhokamadan o’tkazilgan.
Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, to’rtta bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. Dissertasiya hajmi 90 betni tashkil qiladi.
I.BOB. JAHONDA VA O’ZBEKISTONDA QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Qayta tiklanadigan energiya manbalarining
turlari va qo’llanish sohalari Hozirgi kunda jamiyatning rivojlangani uning energiya bilan ta’minlanganligiga bog‘liqdir. Insoniyatning taraqqiyot maqsadlarida energiyadan foydalanishning o‘ta yuqori darajada oshishi natijasida atrof – muhitga juda katta salbiy ta’sir etkazilmoqda. Hozirda dunyo bo‘yicha tabiiy yoqilg‘i turlarining ishlatish miqdori yiliga 12 milliard tonna neft ekvivalentiga to‘g‘ri keladi, bu ko‘rsatgich bir kishiga tahminan o‘rtacha 2 tonnani tashkil qiladi [1]. Uglevodorod xom ashyo manbalarining yoqilishi hisobiga issiqxona gazlarining oshib ketishi iqlim o‘zgarishiga olib kelmoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston 2018- yilda havonning ifloslanish darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingida 16- o‘rinni egalladi [2]. Shu kecha kunduzda energiya iste’mol qiluvchi barcha sohalarning organik yoqilg‘ilardan foydalanishi tufayli atrof muhit ifloslanmoqda. Natijada tabiatning flora va faunasida salbiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Odamlar va hayvonot dunyosida har xil yangi turdagi kasalliklar paydo bo‘lmoqda. Shuning uchun insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri, barcha turdagi energiya iste’mol qiluvchilarni toza ekologik energiya bilan ta’minlashdir. Ekologik toza energiyani faqatgina tabiatda mavjud bo‘lgan energiya manbalaridan olish mumkin. Shuning uchun bunday manbalarni noana’naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari deyiladi. Hozirgi kunda dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda energiyaning bunday turlaridan foydalanib har xil energiya turlarini ishlab chiqarishga kirishilgan [3].
Dunyodagi rivojlangan malakatlar foydalanayotgan noana’naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
quyosh energiyasi;
shamol energiyasi;
gidroenergetika (o‘rta, kichik va mikrogidroenergetika);
to‘lqinlar energiyasi;
suv sathlarinig ko‘tarilib-tushish energiyasi;
okean va dengizlardagi har xil oqimlar energiyasi;
geotermal suvlar va geyzerlar energiyasi;
biomassa energiyasi;
shahar chiqindilari energiyasi;
chorvachilik va parrandachilik fermalari chiqindilari energiyasi;
yer ostidan issiqlik nasoslari orqali olinadigan energiya