Mavzu: Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o’lchovlari.
Ishning maqsadi: Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o’lchovlari haqida tushinca hamda ularni amaliy tassauvirga ega bo’lish ko’nikmasini hosil qilish.
Kutilayotgan natija: Axborotning sintaktik o‘lchovida ob’yektga nisbatan ma’noga ega bo‘lmagan axborot bilan ish ko‘rilishi, semantik o’lchovda ob'yektni uning obraziga (qiyofasiga) muvofiqlik darajasini aniqlanishini va axborot bilan foydalanuvchining munosabatlarini aks ettirish kabi tushinchalarga ega bo’ladi.
Kerakli jihozlar va materiallar: Ma’ruza matinlari, adabiyotlar, ma’ruza daftarlari, kompyuter vositasi.
Ishni bajarish tartibi.
Inson dastlab bir qancha faktni kuzatadi. Bunda ma’lumotlar inson miyasida tushinarsiz (ma’noga ega bo’lmagan) holda teriladi. Bu holat sintaktik aspekt deyiladi. Keyin kuzatilayatgan fakt to’g’risidagi ma’lumotlar strukturalangan holda insonda bilimni shakillantiradi (noaniqlikni kamaytiradi). Bu holat semantik aspekt deyiladi. Bundan so’ng ma'lumotni amaliy qo'llanilish imkoniyati nomayon bo'ladi. Yani biror masala yechimi hal qilinadi.
Misol 1. Poezd chiptasida quydagilar ko’rsatilgan.
Jo’nash kuni
|
Jo’nash vaqti
|
Poezd №
|
Vagon №
|
Joy №
|
Jo’nash stantsiyasi
|
Boorish stantsiyasi
|
29.01.03
|
Soat 1925
|
23
|
15
|
11
|
Moskva
|
Toshkent
|
U holda yo’lovchilar uchun diktorning vokzal uzelidan aytilgan axborot semantik nyqtai nazardan quydagilarning qaysi biri to’g’ri javob.
a) № 23 poezd “Moskva-Toshkent marshuriti bo’ylab yuradi;
b) № 23 poezd soat 19 dan 25 minut o’tganda yuradi;
c) № 23 poezd Toshkentga soat 19 dan 25 minut o’tganda jo’naydi;
d) № 23 poezd “Moskva-Toshkent” 3-chi yo’ldan jo’nab ketadi.
Misol 2. Semantik nuqtai nazardan informatsiya tushinchasi quydagilardan qaysi biri to’g’ri javob.
a) Sezgi organlari orqali tashqi olamdan olgan xabar;
b) Texnik sistemalarda ishlatiladigan signal, kod, impul’slar;
c) Tovush signali shaklidagi xabar;
d) Yangilikka egalik qiluvchi xabar.
Topshiriq: Har bir talaba axborotning sintaktik, semantik, pragmatik o’lchovlar uchun misollar keltiring va ularni tahlil qilib bering.
Adabiyotlar:
1 Aripov M., Muhammadiev M. Informatika, information texnologiyalar. Darslir.T.:TDYuI, 2004y.
2. S.G’ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnalogiyalari. Darslik. Toshkent,”Sharq”, 2000 y.
3. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web-dizayn.Darslik. T.
4. М.Арипов ва бошқалар, Ахборот технологиялари, Ўқув қўлланма, Тошкент: Нaшир, 2009. 368 б.
5. Andreeva E.B., Bosova L.L., Falina I.N. Matematichskie asnovi informatiki. M., Binom. Laboratoriya znaniy, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |