Kesh xotira(cash) - prosessorning yuqori tezlikdagi xotirasi. Odatda qesh xotira prosessor bilan operativ xotira o’rtasida ma’lumotlar almashishni tezlashtirish uchun ishlatiladi. 256 Kbaytli kesh xotira shaxsiy kompyuterning unumdorligini taxminan 20% ga oshiradi.
Videoxotira - monitor ekraniga video ma’lumotlarni saqlab turish uchun ishlatiladi. Videotasvirlar kompyuter xotirasida ko’p joy egallaydi. Shuning uchun videoxotira hajmi qancha kata bo’lsa, shuncha yaxshi. Videoxotiraning hajmi 16 Mbaytdan kam bo’lmagani yaxshi.
Elektron sxemalar - kompyuter ishini boshqaradi. Xotiradagi ma’lumotlar almashuvini ta’minlaydi.
Qattiq disk (Vinchester) - kompyuterda ishlash jarayonida qo’llaniladigan ma’lumotlarni doimiy xotirada saqlash uchun xizmat qiladi. Xususan, qattiq diskda operasion tizim dasturlari, matn
muharrirlari, ko’p qo’llaniladigan dasturlar majmuasi, dasturlash tillari va hokazolar saqlanadi. Odatda, kompyuterlar turiga qarab, qattiq disklar bir-biridan diskda ma’lumotlarni qanchalik miqdorda ko’p yoki kam yozish hajmi, ma’lumotlarni o’qish yoki yozish tezligi va qattiq disk ulanadigan interfeys (nazorat turi) bilan farq qiladi. Qattiq disk hajmi kompyuter ishlashida asosiy omillardan hisoblanadi. Qattiq disk hajmi 80, 160, 200, 500 Gigobayt va undan yuqori bo’ladi. Qattiq disk hajmi qancha kata bo’lsa, shuncha yaxshi. Qattiq diskning yana bir alohida parametri mavjud, ya’ni diskdan ma’lumotlarni qidirish uchun kam vaqt, uzatish tezligi esa yuqori bo’lishi kerak. Agar yangi vinchester sotib olish zaruriyati tug’ilsa, uni tanlayotganda interfeys turini ham, ya’ni «vint»ning materinskaya plataga ulanish usulini hisobga olish kerak bo’ladi. Odatda qattiq disklar IDE(«ay-di-i» kabi o’qiladi) interfeysi
orqali ulanadi.
Ishchi(taktovaya) chastota. Ishchi chastota (16, 33, 66, 100, 133, 166, 233, 300, 350 megagers(MGS) va undan yuqori). Taktovaya chastota mikroprosessorning bir sekunda qancha amal bajarishini ko’rsatadi. Taktovaya chastota megagersda o’lchanadi. Ishchi chastota qancha katta bo’lsa, kompyuter shuncha tez ishlaydi. Zamonaviy kompyuterlar 350 MGS va undan yuqori chastotaga ega. Diskovodlar(FDD). Diskovodlar ikki xil tipda- katta (5,25 dyum o’lchamli) va kichik disketlar(3,5 dyumli)dagi ma’lumotlarni o’qish va yozish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Hozirgi paytda shaxsiy kompyuterlarda 5,25 dyumli disketalar uchun diskovodlar o’rnatilmaydi.
Disketalar. 5,25 dyumli disketalarga 360 Kbaytdan 1,2 Mbaytgacha, 3,5 dyumli disketalarga esa 720 Kbaytdan 1,44 Mbaytgacha ma’lumotlar joylashishi mumkin. Shu bilan birgalikda 3,5 dyumli disketalar qattiq korpus bilan qoplangan, shuning uchun uni ehtiyot qilish qulayroq hisoblanadi. Disketalar ma’lumotlarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish va ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |