Qo‘shimcha adabiyotlar:
A.G.Savoyskiy
i
dr.
“Patologicheskoy
fiziologii
selskoxozyaystvennыx
jivot-nыx”.
Uchebnik. Moskva, Kolos - 2008 god.
Internet ma’lumotlari:
www. Ziyo.net.uz.
email: zooveterinar @mail.ru
email:sea@mail.net.ru
email: veterinary@actavis.ru
email:
fvat@academy.uzsei.net
TAYANCH IBORALAR
.
Ekzogon, endogen sabablar , mexanik, fizik, ximik, biologik,
nekrotik
to‘qima, infarkt, tuz to‘planishi, Dels, Galen, qizarish, shish, mahalliy haroratni
ko‘tarilishi, og‘riq,
funksiya buzilishi, alteratsiya, distrofiya,
fagotsitoz,
proliferatsiya, ekssudatsiya, emigratsiya, oqsil, yog‘,uglevod, osmotik, onkotik
bosim, qon tomir reaksiyasi tomirlar tonusini yo‘qolishi, qon tomir ichki yuzasini
notekisligi, transudat, mexanik, biologik, kimyoviy nazariya, makrofag, granulidon
to‘qima, to‘liq noto‘liq tuzalish, surinkali holatga o‘tish, ekssudatlar.
YAllig‘lanish eng kadim zamonlardan malum bo‘lgan, eng ko‘p
uchraydigan,
eng murakkab, patologik jarayon bo‘lib, qadimgi zamonlarda
haroratni mahalliy ko‘tarilishi bilan kechadigan barcha kasalliklarni yallig‘lanish
deb atagan . YAllig‘lanish turli xil kasalliklar davrida ko‘p uchrab turadigan tipik
patologik o‘zgarish (to‘qima funksiyasini buzilishi va tuzilishini o‘zgarishi),
hamda organizmni himoya moslashuvchanlik xususiyatlarini aktivlashtirib,
buzilgan funksiyalarni tiklanishini taminlaydi. Bu sohada yallig‘lanish organizmni
tasirotlarga nisbatan himoyaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan
jarayon sifatida
kechishiga qaramasdan, uni rivojlanish mexanizmi, belgilarini hosil bo‘lishi
organizmning holatiga, neyro-gumoral sestemalar faoliyatiga bog‘liqdir. Masalan:
terida yallig‘lanishlarni gillpotalamus dumboq osti
qisimlariga yoki periferik
nervlarga, ba’zi bir ichki sekretsiya bezlariga ta’sir etib hosil qilish mumkin.
YAllig‘lanish ornizmni umumiy reaktivligining mahaliy ko‘rinishi bo‘lib,
organizmning reaktivlik darajasi yallig‘lanishning kechishiga va aksincha
yallig‘lanish organizmning reaktivligiga, neyrogumoral yo‘l bilan boshqarilishiga,
termoregulyasiya va boshqa mexanizmlar xususiyatiga ta’sir etadi. YAllig‘lanish
chaqiruvchi barcha moddalarga flogogen moddalar deyilib,
ularni ikki guruhga
bo‘lib o‘rganiladi, yani ekzogen va endogen moddalarga. Flogogen moddalar
tasirida yallig‘lanish hosil bo‘lib, yallig‘langan organ yoki to‘qima nomiga «IT»,
«IYA» qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi. Masalan. jigarni yallig‘lanishi-gepatit,
buyrakni yallig‘lanishi nefrit, o‘pkani yallig‘lanishi - pnevmoniya deyiladi va x. z.
o.
YAllig‘lanishni tashqi kasallik chaqiruvchi sabablardan mexanik, fizik,
ximik,
va biologik sabablar chaqirib, ko‘pincha yallig‘lanish chaqirishda
mikroorganizmlar va viruslarning xissasi muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: