O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi


Лейкоцитларнинг қон томири бўйлаб жойлашиши



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana31.03.2022
Hajmi0,63 Mb.
#522230
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
22222-converted

Лейкоцитларнинг қон томири бўйлаб жойлашиши
Механикавий 
назария
Физик-кимёвий 
ўзгаришлар
Биологик назария
SHu kimyoviy moddalardan leykotsitlarni itarilishiga manfiy xemataksis 
deyilib, manfiy xemataksis xususiyati xinin, xlorofrom, benzol, spirtlarga xosdir. 
Fizkaloid kimyoni rivojlanishi leykotsitlar emigratsiyasini tushintiruvchi 
yangi yo‘nalishni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, ya’ni leykotsitlar emigratsiyasi 
to‘qimalardagi 
fiziko-kimyoviy 
o‘zgarishlar 
bilan 
bog‘liqdir. 
YUqorida 
takidlanganidek, yallig‘lanish o‘chog‘ida moddalar almashinuvini aynishi va kasallik 
chaqiruvchi sabablar ta’sirida turli tuman biologik faol moddalar hosil bo‘lib 
(albumoz, peptonlar, organik kislotalar) to‘planadi. Bu moddalar tomirlar ichiga kirib, 
leykotsitlarni sirt tarangligini pasaytiradi. Natijada leykotsitlar yuzasini notekis 
tortilishidan uning protoplazmasi bo‘rtib, uni yallig‘lanish o‘chog‘ini markaziga 
harakatlanishi kuzatiladi. Leykotsitlar harakatiga N-giperioniya ham ta’sir ko‘rsatadi. 
YAllig‘lanish markazida moddalar almashinuvini kuchayishi natijasida to‘la 
oksidlanmagan moddalar hosil bo‘lib, N ionlarini ko‘payishiga sabab bo‘ladi. 
SHunday qilib turli xil zaryadlanishlar hisobiga manfiy zaryadlangan leykotsitlar 
musbat zaryadlangan yallig‘lanish markaziga qarab harakatlanib boradi. Leykotsitlar 
emigratsiyasi yallig‘langan qismlarga qon tomirlaridan uzluksiz qonni suyuq 
qismlarini to‘qimalarga chiqib turishidan ham xosil bo‘ladi. Leykotsitlar 
emigratsiyasida leykotsitlardagi energetik jarayonlar xam muhim ahamiyatga ega. 
Leykotsitlarni yallig‘lanish o‘chog‘iga qaragan tomonida protoplazmasi suyulib 
psevdopodiy hosil qilish va leykotsitlardagi moddalar almashish davrida hosil bo‘lgan 
energiya xisobiga amyobasimon harakat hosil bo‘ladi. Emigratsiya bo‘lgan 
leykotsitlar yallig‘lanish o‘chog‘ida muhit tasirida qisman nabud bo‘ladi boshqalari 
esa fagotsitoz jarayonida aktiv qatnashadi. Fagotsitoz jarayoniga to‘qima muhiti va 
fiziologik aktiv moddalar ta’sir qilib, muhitni o‘rtacha bo‘lishi fagotsitozni normal 
kechishini ta’minlasa, kislotali muhit hamda ishqoriy muhit fagotsitoz jarayonini 
tormozlaydi.


YAllig‘lanish o‘chog‘ida hosil bo‘lgan ekssudatsiya jarayoni ko‘pincha zaharli 
moddalarni neytrallab, suyultirib himoya fiziologik ahamiyatga ega. YAllig‘lanish 
o‘chog‘iga 
emigratsiyalangan 
leykotsitlar 
kasallik 
chaqiruvchi 
sababni 
zararsizlantiradi va hujayra-to‘qima bo‘lakchalaridan yallig‘lanish o‘chog‘ini tozalab, 
keyinchalik proliferatsiya jarayonida ishtirok etadi. Qon harakatini sekinlashishi, 
fibrinni cho‘kishi, limfani ivishi mexanikaviy bar’er hosil qilib, mikroblarni organizm 
bo‘ylab tarqalishini va toksinlarni so‘rilishiga qarshilik ko‘rsatadi. To‘plangan 
ekssudat yallig‘langan to‘qima elementlarini oralariga tarqalib, yallig‘langan 
to‘qimani qotiradi. Boshqa holatlarda ekssudat bo‘shliqlarda to‘planib, atrof 
to‘qimalarga bosim beradi. Ba’zan suyuqliklarni qon va limfaga so‘rilishi evaziga 
mikrob va uning toksinlarini organizm bo‘ylab tarqalishiga sabab bo‘ladi. Demak, 
leykotsitlar emigratsiyasi aktiv biologk jarayon bo‘lib unda mexanikoviy va fiziko-
kimyoviy o‘zgarishlar muhim o‘rin egallar ekan.
Proliferatsiya jarayoni yallig‘lanishning barcha davrlarida hosil bo‘lib, 
alteratsiya kechayotgan davrda kam miqdorda bo‘lsada to‘qima hujayralari ko‘payib 
o‘zining eng kuchli ko‘payish davriga yallig‘lanishning oxirgi davrlarida etadi.
To‘qima hujayralarini ko‘payishini kuchayishi parchalangan mahsulotlar va 
to‘qimalarda moddalar almashinuvining buzilishidan hosil bo‘lgan moddalar hamda 
patogen agentining o‘zining ta’siridan hosil bo‘ladi. To‘qima va hujayralarni 
tiklanishida yallig‘lanish markazidagi RES hujayralari ya’ni qon tomirlar endoteliyasi, 
adventitsiyasi, fibroblastlar, gistiotsitlar, fibrotsitlar va qon tomirlari orqali 
emigratsiyalangan monotsitlar ishtirok etadi. Hujayra elementlari harakatchan bo‘lib 
fagotsitoz jarayonida ishtirok etadi. Bularga makrafaglar deyilib, ularga Ranve 
plazmaditlari, poliblastlar, Maksimovning tinchlikdagi adashgan hujayralari, turli 
gistioditlar kiradi. Makrofaglar hujayra bo‘lakchalarini tromb, hujayralarni 
parchalanish mahsulotlarini va b. hujayra ichidagi parchalanishini ta’minlaydi.
Proliferatsiya jarayonidan so‘ng regeneratsiya jarayoni rivojlanib, 
biriktiruvchi to‘qimalarni o‘sishi, qon tomirlari, qoplovchi to‘qimalar ko‘payib bez 
hujayralari qayta tiklanadi. YOsh tez usuvchi biriktiruvchi to‘qima qon tomirlariga 
boy bo‘lib, granulatsiyalovchi to‘qima deyiladi. Biriktiruvchi to‘qima periferiyadan 
markazga qarab o‘sib, sog‘lom to‘qima bilan yallig‘langan to‘qima o‘rtasida to‘siq 
bo‘lib, mikroorganizmlarni yallig‘lanish o‘chog‘idan organizmga tarqalishga yo‘l 
qo‘ymaydi. YAllig‘lanish tugashi bilan granulatsiyalangan to‘qimada oraliq tolador 
moddalar hosil bo‘lib, qon tomirlar kamayib, yosh mezenxima hujayralari o‘sishdan 
to‘xtab, oxirda zichlashgan biriktiruvchi to‘qimali chandiq hosil bo‘ladi. Hosil 
bo‘lgan chandiqlar turli funksiyalarni buzilishiga sabab bo‘lib, qizilo‘ngach, me’da, 
siydik yo‘llarida hosil bo‘lib, ularni torayishiga sabab bo‘ladi, bug‘imlar 
harakatchanligi va boshqalar o‘zgaradi. Agar kichik qismlar jarohatlansa to‘qima 
xususiy hujayralar hisobiga tiklanadi va chandiqlar hosil bo‘lmaydi.


To‘liq tiklanish yallig‘lanish o‘chog‘idagi kasallik chaqiruvchi sabablarni 
bartaraf qilib, parchalanish mahsulotlari so‘rilib, hosil bo‘lgan deffekt chandiq hosil 
qilmasdan spetsifik hujayralar evaziga tiklanishi bilan xarakterlanadi.
Qisman tiklanishda hosil bo‘lgan defekt xususiy to‘qimalar evaziga emas, balki 
biriktiruvchi to‘qima hisobiga tiklanadi. Ba’zi holatlarda ya’ni teridagi kichik 
chandiqlar deyarli funksional o‘zgarishlar chaqirmasada, lekin plevra, perikard 
bo‘shliqlarini yallig‘lanish jarayonlarida yoki funksional o‘zgarishlarni chaqirishi 
mumkin (MNSda chandiq hosil bo‘lishi). Hayotiy muhim organlarda hosil bo‘lgan 
yallig‘lanishlarda kuchli chegaralanish yuz beradi. 
Surunkali holatlar qarri yoki zaiflashgan organizmlarda kuzatiladi. Bu vaqtda 
yallig‘lanish belgilari xususan qon tomirlar reaksiyalari (ekssudatsiya, emigratsiya, 
qon aylanishini buzilishi) zaiflashgan va bunda proliferativ jarayonlar ustunligi bilan 
kechadi, fibrin o‘sgan to‘qima qotadi. Ba’zi holatlarda N.S. trofik funksiyasi 
buzilganida uzoq tuzalmaydigan yarali yallig‘lanish rivodlanadi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish