O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“PEDAGOGIKA” FAKULTETI
“Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs _______ -guruh talabasi Yuldasheva Bibixonning
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning – “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarining tarbiyaviy ahamiyati
Topshirdi: Yuldasheva Bibixon
Qabul qildi: Kutlimurotova N.
Urganch-2022
Mundarija
KIRISH……………………………………………………………………………3
I BOB. Ma’naviyat tushunchasining mazmun mohiyati
1.1 Ma’naviyat milliy yuksalish poydevori………………………………………..6
1.2 Maʼnaviyat,maʼrifat ,madaniyat tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligi…….….13
II BOB. Prezident I.A Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari mazmun mohiyati
2.1 Asarning tuzilishi va o‘ziga xosligi……………….…………………………..22
2.2 “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi dunyo nazarida..……….........32
III. XULOSA……………………………………………………………………..40
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………....………….41
KIRISH
Mavzuning ishining dolzarbligi. Ma’lumki jamiyatning yuksalishi ko‘p jihatdan yoshlarning ma‘naviy kamolotiga bog‘liq. Mustaqil O‘zbekiston eng ilg‘or, rivojlangan mamlakatlar safidan joy olish harakatida ekan, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan, erkin fikrlovchi, ayni vaqtda fuqarolik mas’uliyatini chuqur his etadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni puxta o‘va ma’naviy yodgorliklar, ajdodlardan qolgan ilmiy meroslar muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tarixiy xotirani shakllantirish, uni rivojlantirish, shu bilan birga hozirgi avlod ruhida milliy g‘urur tuyg‘ularini paydo qilishda ayniqsa, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asari hamda unda ilgari surilgan umuminsoniy g‘oyalarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish zlashtirgan shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatimiz oldiga turgan bosh vazifalardan biri hisoblanadi. Mustaqilligimiz kun sayin mustahkamlanib borayotgan bugungi sharoitda o‘sib kelayotgan har bir yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, aqlan barkamol va ma’nan yetuk shaxs etib tarbiyalashda moddiy dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu asar milliy ma’naviyatimizni tiklash, boy tarixiy merosimizni chuqur o‘rganish, umrboqiy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, xalqimiz, ayniqsa yoshlar tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishidek ezgu maqsadga yo‘naltirilgan barcha qarashlarni o‘zida jamlagan. “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asari xalqimiz uchun eng buyuk boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmunini to‘laqonli o‘zida jamlay olgan yuksak na’muna sanaladi. Asarda ma’naviyat, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etilgan. Asarda “Ma’naviy tahdid” tushunchasiga e’tibor qaratilib, turli mafkuraviy xurujlarning milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishi haqida so‘z boradi. Bunday holatlarning qalqib yuzaga chiqishining oldini faqat insonlarning, avvalambor yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligina olish mumkinligini, mustaqillik tafakkuri, ma’naviyatini shakllantirish, maqsad, vazifa, vositalari yo‘llarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligi aytib o‘tiladi.1 . Bu borada ota-onalar, ustoz-murabbiylar ushbu masalada hushyorlikni yo‘qotmasligi, yoshlar tarbiyasida aslo beparvolikka berilishi mumkin emasligi ta’kidlanadi. Ma’naviyat haqida so‘z borar ekan uni yosh avlod qalbiga singdirish mashaqqatli va shuningdek doimiy faoliyat ekani, uni tizimli ravishda tashkil etish esa, maqsadga erishishning birdan-bir ustuvor yo‘li ekani uqtiriladi. Shu sababli ham asarda ta’lim-tarbiya sohasi, matbuot, televedeniye, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san’atigacha, ya’ni inson qalbi va tafakkuriga ta’sir o‘tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma’naviy ehtiyoji, zamon talablariga mos ravishda kuchaytirish zarurligi yana bir bor ta’kidlanadi. “Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi”. Shu bois ham yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida o‘qituvchi-pedagoglardan yuksak mahorat va har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etish talab etiladi. Yosh avlodni tarbiyalayotgan har bir shaxs eng avvalo yuksak ma’naviyatli va chuqur bilimtajribaga ega bo‘lishi, o‘z vazifasini muhim va mas’uliyatli deb hisoblashi asarda o‘z ifodasini topgan. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi”
Do'stlaringiz bilan baham: |