Ko’z uchun mashqlar. Zo'riqish tufayli kam kiprik qoqayotgan bo'lsangiz, har 5 soniya ongli ravishda ko‘zlaringizni pirpiratib turing. Bunda ko‘z shohpardasi namlanib, halok bo‘lgan to‘qimalardan forig‘ bo‘libgina qolmay, balki ko‘z olmalarini ham massaj qiladi. Bu esa juda foydalidir. Bundan tashqari, ko‘z olmalarini barmoqlar bilan uqalash mumkin.Avval tashqi burchakdan ichkariga qarab, so‘ngra aylanma harakatlar bilan ichkaridan tashqariga qarab ohista massaj qiling. Ko‘zlaringiz yumoq bo‘lsin. Ko‘zlarni yumib, aylanma harakatlar qilish ham g‘oyat foydalidir. Mushaklar akkomodasiyasi (ko‘z gavharining ravshanlashishi) uchun mashq: deraza oynasi oldiga turing, navbat bilan deraza romidagi bir nuqtaga va uzoqqa nigohingizni qarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |