O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Risk kapitali bozoridagi sharoitlarning jiddiylashuvi



Download 10,25 Mb.
bet19/134
Sana20.04.2022
Hajmi10,25 Mb.
#566355
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134
Bog'liq
Innavatsion iqtisodiyot uum 2021

5.Risk kapitali bozoridagi sharoitlarning jiddiylashuvi. Texnologik yo‘naltirilgan kichik firmalar, ayniqsa, AQShda o‘z g‘oyalarini ishga tushirish uchun yirik firmalar bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilishga tobora ko‘proq murojaat qilmoqda. Bunda kichik firma yirik firmaning kapitallari va boshqa imkoniyatlariga yo‘l topadi, yirik firma esa yangi mahsulot yaratish xarajatlarini pasaytiradi va uni o‘zlashtirish bilan bog‘liq riskni kamaytiradi. Biroq bir qator sabablarga ko‘ra risk kapitalining xorijiy manbalari mamlakatimiz korxonalari uchun amalda yopiq bo‘lib, qo‘shma korxonalar texnologik loyihalarni moliyalashtirish variantlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, mamlakatimiz uchun jahon yuqori texnologiyalar bozorida yangi ilmiytexnik g‘oyalar ta’minotchisi sifatida ham, yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarish samarali texnologiyalari iste’molchisi sifatida ham ishtirok etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu bozor eshiklarini biz uchun hech kim yopib qo‘ya olmaydi. Jahon hamjamiyati mamlakatimiz sanoat kompleksi xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikka qo‘shilishidan manfaatdor. Bu hamkorlik teng huquqli asosda bo‘ladimi-o‘qmi, bu endi mamlakat korxonalarining o‘ziga va ularning davlat tomonidan qay darajada qo‘llabquvvatlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
3.7. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida innovatsion faoliyat
AQSh birja vahimasi (1907-1908yillar) nomini olgan inqiroz natijasida Dou Jons (Dow Jones) guruhiga mansub aksiyalar dastlabki qiymatining 48 foizini yỳqotdi, kỳplab yirik korxonalar bankrotlikka uchradi. Ushbu inqirozning yechimi ỳlaroq, AQShda hozirgi kunda kỳpchilik mamlakatlarda Markaziy bank va tijorat banklari tizimi deb ataladigan yangi moliyaviy tizim vujudga keldi.
1929-1932 yillar mobaynida sodir bỳlgan Buyuk depressiya rivojlangan mamlakatlardagi tijorat banklarining qariyb 70 foizining yopilishiga sabab bỳldi, 110 mingga yaqin firma bankrot bỳldi, ỳsha davrda AQShning ỳzidayoq 17 mln ishsiz bor edi. Ushbu inqiroz tufayli esa dunyoda ilk bor katta moliyaviy sarmoyalarga ega bỳlgan yirik investitsion banklar paydo bỳldi.
1973-1975 yillardagi Neft shoki davri mobaynida, neft narxlarining keskin kỳtarilishi natijasida energoresurslarning tanqisligi yuz berdi, natijada jahonda ommaviy ishsizliklar boshlanib, yirik zavodlar faoliyati tỳxtab qoldi. Ushbu davr barcha mamlakatlar uchun saboq bỳlib, energoresurslarni tejash yỳlga qỳyildi, ya’ni energiyani tejovchi iqtisodiyot lar davri boshlandi. Xususan yapon avtomobilsozlik kompaniyalari kam yoqilg‘i sarflaydigan avtomobillar yaratish mumkinligini ilk bora isbotlab berishdi. 2007 yilda AQSh Ipoteka bozorida boshlangan moliyaviyiqtisodiy inqiroz esa mamlakatlar iqtisodiyotining innovatsion faolligini yanada jadallashtirdi.
Yuqoridagi misollardan kỳrinib turibdiki, har bir inqirozning yechimi sifatida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining yangi yunalishlari vujudga kelgan, ularning aksariyat qismiga innovatsiyalar turtki bergan. Bundan xulosa qilish mumkinki, nazariy jihatdan iqtisodiyotni inqirozdan chiqarishning asosiy yỳllaridan biri bu – iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda amalda ushbu strategiyani joriy qilishdir. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish strategiyasining maqsadlari har bir mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy omillardan kelib chiqib, turli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsada, umumiy innovatsion rivojlanish strategiyasining asosiy maqsadlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

  • mamlakatning asosiy ishlab chiqarish fondlari innovatsion yangilanishini taminlash maqsadida investitsiyalarning asosiy qismini ularga yo‘naltirish

  • fan-texnika yutuqlarini hayotga tadbiq etish, intellektual mulkdan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish

  • iqtisodiy-innovatsion munosabatlarning asosiy subektlari (davlat, ilmiy institutlar, korxonalar) orasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish

Dunyoning eng yirik konsalting tashkilotlaridan biri Boston Konsalting Grupp (BCG) hamda Sanoatchilar milliy assosiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan global innovatsiyalar indeksi (GII) bugungi kunda eng keng qamrovli indeks hisoblanib, mamlakatning innovatsion faoliyatiga har tomonlama va hisob kitoblarga asoslangan holda baho berish imkoniyatini beradi. GIIning boshqa indekslarga nisbatan afzallik tomoni shundaki, unda innovatsion faoliyatdan kelgan biznes daromadlari bilan birgalikda hukumatning innovatsion siyosat orqali tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun amalga oshirayotgan chora-tadbirlari ham hisobga olinadi.
Ushbu indeksni ishlab chiqishda 110 ta mamlakatning iqtisodiyoti chuqur o‘rganib chiqilgan. Oxirgi GII 2009 yilning mart oyida chop etilgan bo‘lib, birinchi o‘ntalikdan Janubiy Koreya, AQSh, Yaponiya, Shvesiya, Gollandiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, va Avstraliya davlatlari urin olishdi.

Download 10,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish