O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Yuqori texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish



Download 10,25 Mb.
bet17/134
Sana20.04.2022
Hajmi10,25 Mb.
#566355
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134
Bog'liq
Innavatsion iqtisodiyot uum 2021

Yuqori texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri innovatsion faoliyat, iqtisodiy rivojlanishning mazkur yo‘nalishida faollikni ta’minlovchi omillarni, shuningdek, innovatsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar xususiyatlari o‘rganish va ulardan foydalanish hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish haqida yuqorida shakllantrilgan iezis jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi vaziyatda innovatsion o‘sish strategiyasini amalga oshirish ustuvor hisoblansada, bir qator sabablarga ko‘ra bugungi kunda uni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Shunday qilib, ta’kidlash mumkinki, hozirgi paytda mamlakatda investitsion faoliyat amalga oshirilayotgan sharoitlar quyidagicha tavsiflanadi:

  • qonunchilik tomonidan yaqin, o‘rta va uzoq istiqbollarga belgilangan milliy maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha aniq ifodalangan mexanizmlarning yo‘qligi;

  • makroiqtisodiy barqarorlik vazifalariga bo‘ysundirilgan davlat strukturalari faoliyati natijalari doim ham texnologik rivojlanish va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga mos kelavermasligi, ayrim hollarda esa unga zid kelishi;

  • mamlakatning milliy xavfsizligi, iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi manfaatlarini ta’minlash vositasi sifatida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish ehtiyojlarining siyosiy darajada aniq ifodalanmaganligi.

Mamlakatning milliy maqsadlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi innovatsion siyosat o‘tkazishni quyidagicha ifodalash mumkin:

  • milliy xavfsizlikni ta’minlash;

  • iqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiyotning imkoniyatlarini kengaytirish va umumiy quvvatini oshirish;

  • sanoatni texnologik qayta jihozlash, jahon bozorida mamlakatimiz tovar va xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish;

  • tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanish, atrof-muhit muammolarini hal qilish;

  • aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish, munosib turmush tarzini ta’minlash, sog‘liqni saqlash va ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratish;

  • oziq-ovqat, xomashyo, material va energiyaga bo‘lgan milliy ehtiyojlarni kafolatli ta’minlash.

Boshqa mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqqan holda innovatsion jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin:

  • akademik va tarmoq institutlari, universitetlar va firmalarning ilmiy-tadqiqot bo‘linmalari - ular davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi yoki boshqa turda qo‘llab-quvvatlanuvchi fundamental ilmiy tadqiqotlar va izlanish loyihalari uchun mas’ul bo‘ladi. Sanab o‘tilgan tashkilotlar hisobotlar, turli hujjatlar, ixtirolar, ilmiy maqolalar shaklida intellektual mahsulot ishlab chiqaradi hamda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi;

  • texnik va sanoat-texnik tashkilotlar – ular innovatsion nou-xauga ega bo‘lib, boshlang‘ich loyihalar ustida ishlaydilar, sinov namunalari yaratish va ularni sinab ko‘rish bilan shug‘ullanadilar, texnik tavsiflar, patentlar, standartlar va reglament tayyorlaydilar. Mazkur tuzilmalar namunalar tayyorlash uchun kuchli ishlab chiqarish quvvatlari, professional va texnologik markazlarga ega;

  • ilmiy va muhandis-texnik xodimlar, shuningdek, innovatsion faoliyatning joriy muammolarini yechishda talab qilinuvchi

malakali kadrlar uchun ta’lim va o‘qitish tuzilmalari;

  • tadqiqot va loyihalarning bajarilishini nazorat qiluvchi hamda ularning sanoat sektori bilan o‘zaro aloqalarini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar;

  • mahsulot va xizmatlarga talabni va ularning tarqalishini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi konsalting tashkilotlari;

  • ilmiy-texnik axborot xizmatlari – ular istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot to‘plash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanadi;  iste’molchilar va mahsulotni sotish masalalari bilan shug‘ullanuvchi professionallarni birlashtiruvchi bozor strukturlari.

Yuqorida sanab o‘tilgan struktura birliklari o‘rtasidagi aloqalar sxemasi murakkab bo‘lib, bevosita aloqalarni ham, vositachilar va taqsimot tarmoqlari hamkorlikni ham qamrab oladi.
Xorijiy mamlakatlarda texnologiyalarni yaratish va ularning transferi sohasidagi davlat siyosati sanoat va ilmiy-texnik siyosatning ustuvorliklaridan biri bo‘lib, ularni mamlakatimiz iqtisodiyotini innovatsion qayta qurishni ta’minlashda qo‘llash maqsadga muvofiq.
Bunda asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • innovatsion faoliyat jarayonida, milliy, harbiy, sanoat va jamoatchilik manfaatlariga javob beruvchi texnologiyalar yaratishda xavfsizlikni ta’minlash;

  • ilmiy-texnik faoliyat natijalari va yangi ilg‘or texnologiyalarni faol joriy qilish, ilmiy tadqiqotlar va istiqbolli loyihalar natijalariga taalluqli ilmiy-texnik axborotlarni keng tarqatish, mamlakatning ilmiy-texnik, texnologik va ular asosida iqtisodiy va mudofaa salohiyatini oshirish;

  • ichki va tashqi bozorlarda ilm talab qiluvchi mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish.

Ilmiy-texnologik inqilob, xaqaro raqobatning kuchayishi prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarga asoslanuvchi yangi tarmoqlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan bir paytda zamonaviy talablarga javob bermayigan, an’anaviy ishlab chiqarish korxonalarining ko‘p qismi asta-sekinlik bilan chetga surib chiqariladi. Yangi yuqori texnologiyali yo‘nalishlar bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritgan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning o‘ziga xos hamjamiyati paydo bo‘lib, unga kirmagan mamlakatlar qoidaga ko‘ra qoloq, resurs talab qiluvchi va ekologik jihatdan xavfli ishlab chiqarishga egalar.
Ilg‘or kapitalistik davlatlar iqtisodiy faoliyati nazariya va amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, rivojlanishning jadallashuviga xo‘jalik tizimining moslashuvchanligigina emas, balki boshqaruvni jamiyat ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan innovatsion-texnologik tashabuslarni izlab topish va amalga oshirishga yo‘naltirish ham yordam ko‘rsatadi.
Innovatsion va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishda tomonlardan har biriga hamkorlikning maqbul variantini topishga imkon beruvchi axborot almashinish katta rol o‘naydi. Bugungi kunda mamlakatimiz va rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida axborot almashinish strategiyasidagi farqlar yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi.
Ilmiy-texnik axborotlar almashinishning ochiqlik, qonuniylik va nazorat qilinuvchanlikni ifodalovchi hamda ikki tomonlama teng huquqli va o‘zaro manfaatli xarakterga ega almashinishni ta’minlovchi yangi shakllarini topish zarur.
Muvaffaqiyatga erishish uchun mamlakat korxonalari hamkorlar e’tiborini jalb qilish o‘zaro raqobatlashishi lozim. Buning uchun nima sababdan xorijiy firmalar strategik ittifoq va hamkorlikka qadam qo‘yishini aniq tasavvur etish lozim. Tahlillarning ko‘rsatishicha, buning bir nechta aniq ifodalangan sabablari mavjud.

Download 10,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish