2-jadval
Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali
Innovatsion tadbirkorlik uchun
|
Bevosita innovatsiyalash uchun
|
Joriy qiluvchi firmalar
Muhandislik markazlari
Injeniring firmalari
Axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmalar
Konsalting firmalari
Reklama faoliyati bo‘yicha firmalar
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari
Innovatika ixtisoslashgan auditorlik firmalari
Ilmiy-texnik shirkatlar
Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari
Sertifikatsiya markazlari
Lizing kompaniyalari
Patent-litsenziyali tashkilotlar
Biznes-inkubatorlar
Texnologiyalar transferi markazlari
Sug‘urta kompaniyalari
|
Sanoat universitetlari va xalq xo‘jaligining boshqa sektorlari
Tadqiqotchilik majmualari
Fanlar akademiyasi
Kutubxonalar va ma’lumotlar to‘plamlari
Sinov tariqasidagi ishlab chiqarishlar
Tajriba laboratoriyalari va markazlari
Axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmalar
Patent-litsenziyali tashkilotlar
Ilmiy parklar
Innovatsion markazlar
Innovatsion-ishlab chiqarish komplekslari
|
3.4. Mamlakatning yuqori texnologiyali tarmoqlari salohiyati.
Hozirgi sharoitlarda iqtisodiyotning eng muhim tavsifnomasi fan, ilg‘or texnologiyalar, texnologik bazalarning qanday holatda ekanligi bo‘lib, bu o‘z navbatida mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi.
Rivojlangan davlatlarning texnologik yutuqlaridan foydalanish, bu sohada avvalo, MDH mamlakatlari bilan hamkorlik o‘rnatish, xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyadan imkon qadar keng foydalanishga intilish zarur. Bunday jarayonlar butun dunyoda ro‘y bermoqda. Yuqorida qayd etib o‘tildiki, texnologik jihatdan ilg‘or mamlakatlar yagona texnologik makon tuzgan bo‘lib, mamlakatimiz unga teng huquqli hamkor bo‘lib kirishi, ayrim yo‘nalishlarda esa yetakchilik uchun kurashishi lozim, buning uchun esa milliy texnologik darajada yetarlicha yuqori bo‘lishi zarur.
Bu borada Prezidentimiz uzoq muddatga, ya’ni 2015-2021 yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish to‘g‘risidagi masalaga alohida e’tibor qaratdilar. Bu dasturda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalar o‘z ifodasini topadi.
Mazkur keng ko‘lamli dasturni amalga oshirish uchun mamlakatimizda so‘nggi yillarda jiddiy tayyorgarlik ko‘rib kelinmoqda. Jahon iqtisodiy inqirozi bu jarayonni yanada jadallashtirishga turtki berib, uni har tomonlama tezlashtirishni taqozo etmoqda.
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida Prezidentimiz Islom Karimov rahnomaligida mamlakatimizda milliy innovatsion tizimni izchil rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganlgi, ishlab chiqarishda innovatsiyalarni joriy etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu yerda muntazam ravishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi ilg‘or texnologiyalar va texnik yechimlarni izlash hamda mamlakatimiz tog‘-kon sanoatida qo‘llash ishlari olib borilmoqda. Ushbu vazifalar yirik investitsiya loyihalari asosida unumli, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash orqali hal qilinmoqda.
Ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash sarfharajatlar hamda vaqtni tejash , foydali qazilmalarni qazib olish hajmini ko‘paytirish imkonini beradi. Joriy yilda ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish uchun 5,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bu o‘tgan yildagidan 30 foiz ko‘pdir. Kombinat qoshida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan to‘g‘rmidan-to‘g‘ri hamkorlik qiladigan innovatsion texnologiyalar markazi ochildi. Hozirgi kunda innovatsion yechimlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2011-2015 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli loyihalar tuzilmoqda.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, dastlabki hisobkitoblarga ko‘ra, umumiy qiymati 24 milliard AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari – 18,5 milliard dollarni, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi (7.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |