Takrorlash uchun savollar
1. Ilmiy kashfiyotlar nima ularni obektlari ularni aniqlash usullarini sharhlab bering?
2. O‘zbekiston Respublikasida ilmiy kashfiyotlarni muhofazalash qanday amalgam oshiriladi?
3. Intellektual mulk va kapital deganda nima tuushuniladi va ular qanday shakllanadi?
4. Intellektual mulk va kapitalning huquqiy muhofazasi qanday ta’minlanadi?
5. Ilmiy texnika ishlanmalarini tijoratlashtirish strategiyasi deganda nimani tushunasiz?
6. Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash borasida davlat siyosatining mazmuni va mohiyati nimalardan iborat?
7. Ilmiy kashfiyotlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasini qaysi qonunlarini bilasiz?
8. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishida ilmiy kashfiyotlarning roli nimalardan iborat?
13-Mavzu. Patentlar va patent axborotlarini izlash
Reja:
13.1. Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun patent byurosiga ariza berish.
13.2. Chet elda patentlash. Litsenzion shartnoma xaqida tushuncha.
13.1. Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun patent byurosiga ariza berish
Patentlash – O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari, korxonalari, ayrim fuqarolarining chel el patentlari va boshqa tegishli muhofaza hujjatlarini ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalariga olish maqsadida, shuningdek tovar belgilarini amalga oshiriladigan barcha ishlar majmui.
“Patentlar, savdo belgilari va litsenziyalarni mohiyatini Kouz teoremasida keltirilgan qonuniyat bilan tushuntirish mumkin. Kouzning fikricha patentlash jarayoni faqat iqtisodiy samarani emas, balk atrof muhit tozaligi va xavfsizligi masalasini o‘z ichiga olishi shart. Patent berayotganda patent egasiga atrof muhitni ifloslantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va soliq tizimi tomonidan alohida yondashuvni ham vazifa yoki burch sifatida berish mumkin”64.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlari uchun patent olishga vakolatlangan vazifasini bajaradi, talabnomachi huquqiy tavsifdan hujjatlar (dalolatnoma, berganlik hujjatlari va b.)ni rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatadi. talabnomani chet yelga jo‘natadi, chet yel patent idorasi bilan (chel yeldagi patent olishga patent idorasining ishonchli vakillar orqali) aloqani amalga oshiradi, Patent idorasi qarorlari, patent olishga vakolatlangan Patent idorasining vakillarining so‘rovini va tarjimasini ta’minlaydi, bu qaror va so‘rovlarga javoblar tayyorlashga, shuningdek mamlakatlar patent ma’muriy, appelyastiya va boshqa idoralarida mamlakat sanoat mulklari bo‘yicha ishlar ko‘rilishida yordamlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |