Ilmiy kashfiyotlar. Kashfiyot obektlari. Kashfiyotni aniqlash tartiblari.
“Ishlab chiqarish texnikasi yoki yangi jarayon ko‘rinishidagi texnik o‘zgarishlar texnik ixtirolar va kashfiyotlarni ta’riflash uchun ishlatiladi. Bunday kashfiyotlar ishlab chiqarish xarajatlarini firma va sanoat tarmoqlari darajasida o‘zgartirishi mumkin. Soluning neoklassik o‘sish modelida texnologik rivojlanish kashfiyotlar tufayli to‘xtalib o‘tilgan. Texnologik jarayon bir nechta pog‘onaga ega ekanligi ham batafsil to‘xtalib o‘tilgan”55.
Kashfiyot deb bilim darajasiga tubdan o‘zgartirish olib kiradigan ilgari noma’lum bo‘lgan, ammo obektiv mavjud moddiy nuqtaning hodisa, xossa va qonuniyatlarini tushuntirib beruvchi ta’limotga aytiladi.
Kashfiyotni himoya qilish maqsadi:
• Ilmiy mazmun ishonchliligini tasdiqlash uchun;
• Muallif va davlat ustunligini o‘rnatish;
• Kashfiyot muallifining xususiyatlarini tan olish va unga tegishli imtiyozlar berish;
• Kashfiyot bilan bog‘liq ilmiy-texnologik masalalarni hal qilishda ko‘maklashish;
• Fan va texnikada, foydalanish uchun kashfiyotlarni davlat tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinishi va hisobga olinishi.
12.4. Intellektual mulk va kapitalning huquqiy muhofazasi, himoyasini ta’minlash va boshqarish.
Intellektual mulk hukuqi - intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk ob’ektlaridan o‘z xohishiga ko‘ra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq xuquq asosida tegishli bo‘lgan intellektual mulk ob’ektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi bbilangina yo‘l qo‘yiladi (O‘zbekiston Respublikasi FK, 1034-modda). Ba’zi ob’ektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat — patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi.
Zamonaviy milliy innovatsion tizimlar institutlari keng doiradagi olimlar tomonidan rivojlangan hamkorlik mavjudligini taqozo qiladi. Lekin rivojlanayotgan mamlakat tizimlari ilg‘or sanoati rivojlangan mamlakatlar muassasalari bilan, xususan, boshqa muassasalaridagi olimlar bilan o‘zaro xamkorlik qilish asosida ularning olimlarini rag‘batlantirish kerak. Bugungi kunda bunday hamkorlik ko‘pincha universitetlar va davlat tadqiqot institutlari sifatida davlat sektori muassasalari o‘rtasida hosil bo‘ladi. Ilmiy salohiyat global innovatsion tizimlar bilan bog‘liq bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda milliy innovatsion tizimlari kabi davlat sektori hamkorligi tobora muhim bo‘ladi. Ular, shuningdek, yana adolatli bo‘lishi kerak56.
Intellektual mulk ob’ektlari fuqarolik huquqining boshqa ob’ektlari — ashyolar, qimmatbaho qog‘ozlardan quyidagi xususiyatlari bo‘yicha farq qiladi: a) ko‘p hollarda ular moddiy ko‘rinishda emas, balki g‘oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo‘ladi; b) g‘oya, bilim shaklidagi intellektual mulk ob’ektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) shaxslar bunday ob’ektlardan ayni bir vaqtning o‘zida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; g) mulk huquqining muddasiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) Intellektual mulk hukuqi ob’ektlariga nisbatan qo‘llanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) Intellektual mulk hukuqining amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan bo‘ladi; d) qonunlarda belgilangan muddatlar utishi bilan Intellektual mulk hukuqi egasining ma’lum intellektual mulk ob’ektiga nisbatan huquqlari bekor bo‘ladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan ma’lum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquklariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli bo‘ladi; ye) Intellektual mulk hukuqi ob’ektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsiya da’vosini qo‘llab (FK, 228-modda) bo‘lmaydi; yo) Intellektual mulk hukuqi ob’ektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquklar haqidagi qoidalar qo‘llaniladi; j) Intellektual mulk hukuqining amal qilishi ayni vaqtda ma’lum hudud bilan chegaralangan bo‘ladi. Masalan, ixtiroga nisbatan O‘zbekistan Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent O‘zbekistan Respublikasi hududida, shuningdek, O‘zbekistan Respublikasi qo‘shilgan xalkaro konvensiyalar, u bilan xorijiy davlatlar o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan xududlardagina amal qilag di; z) ko‘pgina intellektual mulk ob’ektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud bo‘lib, bu ob’ektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart.
Intellektual mulk ob’ektlari qanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi va sh.k. xususiyatlariga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot, san’at asarlari; eshit-tirish tashkilotlarining ijrolari, fonogramma va eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumot bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) dan iborat;
b) fukarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari; tovar (xizmat) belgilari; tovar chiqarilgan joy nomi;
v) Fuqarolik Kodeksida va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalar (FK 1031-modda). Mazkur faoliyatning yangi mah-sullariga, firmalar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning yangi nomlari va alomatlariga nisbatan ham FK (4-bo‘lim) da va boshqa qonunlarda intellektual mulkka oid belgilangan qoidalar qo‘llanadi.
Intellektuallik koeffitsienti (ing. intellectual quotent, qisqartma nomi IQ) — odamning turli test uslublari asosida aniqlanadigan aqliy rivojlanish ko‘rsatkichi, bilim saviyasi. Test tizimlari yordamida bolalarning aqliy saviyasini miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali aniq-lash g‘oyasini birinchi marta fransuz psixologi A. Bine ishlab chikdan (1903). Bunda har bir odam yoshi uchun u erishgan bilim va mahorat darajasi 100 ga teng deb olingan. Mazkur ko‘rsatkichdan ortiq yoki kam miqdor aqlning biron-bir daraja rivojlanishi kamoloti yoxud orqada qolishi haqida hukm chiqarish imkonini bergan. AQSh va boshqa mamlakatlarda Intellektuallik koeffitsienti yordamida armiyaga yoshlarni saralab olish, o‘quvchilar bilimini baholash kabilar rasm bo‘lgan.
“EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |