Taraqqiyot va innovatsiya. Oxirgi yarim asrlik vaqt turli darajadagi muvafaqiyatga erishgan taraqqiyotga nisbatan xar xil yondashuvlarni ko‘rdi. Kambag‘allik va tengsizlik muammolari o‘sib borayapdi va kamaymayapdi va bu va boshqa ob havo o‘zgarishi kabi muammolarning yechimini toppish juda muhim bo‘lib turibdi. Xali xam dunyo taraqqiyot xususiy manbalari sektori va ommaviy oqimga ta’sir o‘tkazishda davom etayotgan va hamma joyda bo‘lgan katta moliyaviy krizisdan aziyat chekib kelayapdi.
Rivojlangan davlatlar va OECD bu muammolarni hal qilayotgan damda boshqa mavzular paydo bo‘lapdi. Bular o‘z ichiga rivojlangan davlatlarlar yetakchiligida taraqqiyot bilan ish olib borishda siyosat izchilligi, ayollar va qizlar holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi va sog‘liq kabi asosiy yo‘nalishlarning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti masalalariga e’tiborni qaratishda xam kafolatlarini bo‘lishgan xolda sherikchilik qilishni oladi. Bunga aloqador mavzu innovatsiya6.
Shu o‘rinda o‘rganilayotgan tushunchaning Oksford izohli lug‘atida keltirilgan talqinini ham eslab o‘tish maqsadga muvofiq. Unda «innovatsiya» «tovarni ishlab chiqarish yoki sotish, konstruksiyalashga bo‘lgan yangi yondashuv», deb izohlanadi. Innovatsiyalarni qo‘llash natijasida novator yoki uning kompaniyasi raqobatchilarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi.
«Innovatsiya» atamasining zamonaviy talqini mashhur iqtisodchi olim Y. Shumpeter (J.A. Schumpeter)ga tegishli. Uning fikricha, innovatsiya – bu yangi materiallar va komponentlardan foydalanish, yangi jarayonlarni joriy etish, yangi bozorlarni ochish, yangi tashkiliy shakllarni joriy etishga asoslangan barcha yangi kombinatsiyalarning yangidan qo‘shilishi va tijoratlashuvidan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish funksiyasining tubdan almashinuvidir.
Shu o‘rinda K.Shodimetovning “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning iqtisodiy istiqbollari” nomli qo‘llanmasida keltirilgan ushbu fikrlar ham e’tiborli ekanligini ta’kidlash kerak.
Innovatsiya — bu moddiy ishlab chiqarish yoki sarmoya konsentratsiyasi emas. Ayrim tadqiqotchilar, jumladan, E. Toffler, F. Fukuyama, D. Bell, J. Neysbit kabi olimlar: «Aynan innovatsion texnologiyalarga tayangan davlatgina yuksak taraqqiyot darajasiga erishadi», degan fikrni ilgari surishadi. Aslida ham shunday. Zero, sanoatlashgan iqtisodiyot o‘rnini asta-sekin innovatsion iqtisodiyot egallashi oddiy haqiqatdir. Natijada, yangidan-yangi bozorlar kashf etiladi. Binobarin, innovatsion maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun, xususiy investitsiyalarga imtiyozlar berish, zamonaviy banklarni shakllantirish, innovatsiyalarni kafolatlash hamda sug‘urtalash, kichik va xususiy biznesni qo‘llab-quvvatlash, yirik texnologik loyihalar uchun millii va xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish talab qilinadi. Bundan tashqari, bu borada, innovatsion siyosatni tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirish ham muhim ahamiyatga egadir. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIRO) o‘z hisobotlarida yuqoridagi talablarga qatiy amal kdlayotgan 20 ga yaqin davlatda innovatsion rivojlanish tobora jadallashayotganini e’tirof etadi. Shveysariya, AQSh, Shvesiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Finlyandiya, Gonkong, Singapur, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Daniya va Irlandiya ana shular sirasidandir7.
Innovatsiya - yangi mahsulot yoki xizmatni bozorga kiritish, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini tadbiq etish, mahsulot yoki xizmatlar, ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari yoki faoliyat turlarini ilgari surish, yangi bozorlarni tashkil etish yoki yangi jarayonning joriy bozor va mavjud bozorlarda katta ulushini qo‘lga kiritishga qaratilgan say-harakatlardir8.
Do'stlaringiz bilan baham: |