1-jadval
2009-2014 yillarda muhim investitsion loyihalarni
amalga oshirish dasturi
Sanoat tarmoqlari
|
Loyiha qiymati,
mlrd. AQSh doll.
|
Tuzilishi (loyihaning umumiy qiymatidan), %
|
Neft-gaz sektori
|
15,3
|
27,6
|
Neft-gaz kimyo sanoati
|
12,1
|
21,8
|
Transport va infratuzilma
|
7,5
|
13,5
|
Energetika
|
5,8
|
10,5
|
Kimyo sanoati
|
5,6
|
10,1
|
Tog‘-ruda va metallurgiya sanoati
|
4,4
|
7,9
|
To‘qimachilik sanoati
|
1,9
|
3,4
|
Mashinasozlik
|
1,4
|
2,5
|
Qurilish materiallari sanoati
|
0,8
|
1,4
|
Boshqa tarmoqlar
|
0,6
|
1,3
|
Jami:
|
55,4
|
100,0
|
Manba: Azimov R.S. Effektivnost antikrizisnoy programmы i vajneyshie prioritetы postkrizisnogo razvitiya Uzbekistana. 12 aprelya 2010 g.
Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda innovatsion salohiyatni kuchaytirishda ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, yaqin yillardagi innovatsion salohiyatga katta hissasini qo‘shadigan ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tarmoqlar ustuvorligini ta’minlash;
- bandlikni ta’minlash uchun raqobat afzallikka ega bo‘lgan fan sig‘imi yuqori bo‘lgan tarmoqlarni rivojlantirish;
- eksport tuzilishida tovar diversifikatsiyasini kengaytirish.
1.3. Innovatsion rivojlanishning mohiyati va mazmuni
Innovatsion rivojlanishning mohiyati va mazmunini o‘rganishdan oldin “innovatsiya” iborasi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish zarur. Ushbu tushuncha ingliz tilidan olingan bo‘lib, “innovation”, ya’ni yangilik, yangilik kiritish degan ma’noni anglatadi. Mazkur tushuncha ilk bor XIX asr madaniyatshunoslari tomonidan qo‘llanilgan. Turli xalqlar madaniyatlarining bir biriga ta’siri natijasi sifatida paydo bo‘lgan o‘zgarishlar yangilik, ya’ni innovatsiya, deb talqin qilingan. XX asr boshlaridan esa ushbu ibora iqtisodchilar leksikasiga kirib keldi. Bunda olimlar va mutaxassislar innovatsiyalarni aynan iqtisodiyotda vaqti vaqti bilan ro‘y beradigan inqirozlardan chiqishning muhim vositasi sifatida o‘rgana boshladilar. Ma’lumki, iqtisodiyotning inqiroz oqibatlarini yengib o‘tishga qodirligi uning innovatsionlik darajasini belgilab beradi.
Tan olinganki, innovatsiya asosiy omil sifatida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, atrof-muhit va ijtimoiy jihatdan muammolarni hal qilish uchun shart-sharoitlar yaratishga yordam beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda innovatsiya boylik va ish o‘rinlarini yaratish hamda iqtisodiy o‘sish manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, bu yangilik tadqiqot va rivojlantirish (R & D) orqali rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda texnologik yangiliklarni boshqacha boshqarilishini ta’minlaydi. Notexnologik innovatsiyalar yangilik va mavjud bilimlardan foydalanishi, bozorda yangi qiymat yaratishi rasmiy statistikada qayd etilmaydi5.
Do'stlaringiz bilan baham: |