Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, XXI asrdan boshlab suv - oltin, uran, gaz,
ko’mir va boshqa qimmatbaho foydali qazilmalardan ko’ra qimmatbaho
xomashyoga aylandi. AQSh Milliy qidiruv Kengashining taxminiga ko’ra, xalqaro
mojarolar xavfining o’sishi aynan ichimlik va qishloq xo’jaligi uchun suv
yetishmovchiligi sababli ekanligini e’tirof qilishmoqda.
1
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab suv
resurslaridan foydalanish, ularni boshqarish va ularni ijtimoiy taraqqiyotda tutgan
o’rni kabi masalalar borasida Prezidentimiz I. A. Karimov o’zining bir qator nutq
va risolalarida; “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining
poydevori”, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kabi risolalarida; “Tabiatga
yaqinlik, jonajon o’lkaning bepoyon go’zalligidan bahramand bo’lish
ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ma’naviyat o’z xalqining tarixini, uning
madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina
qudratli kuchga aylanadi”, deb fikrlarini davom qildirib, “Asrlar tutash kelgan
pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta havfga duch kelib qoldi.
Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z-o’zini o’limga mahkum etish bilan
barobardir. Tabiat va inson o’zaro bir-biri bilan muayyan qonuniyatlar asosida
munosabatda bo’ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o’nglab bo’lmas ekologik
falokatlarga olib keladi.”
2
Bu jarayon oqibatlarini biz Orol muammosi borasida
kelib chiqqan katta aziyatlar natijalarida sezdik. Ya’ni, Prezidentimiz
I. A. Karimov 1996-yil xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining III
sessiyasida so’zlagan nutqida; “Orol fojiasi Qoraqalpog’iston va Xorazm vohasiga,
uning iqlimiga, tabiatiga ham ta’siri juda salbiy bo’layotganini hammamiz yahshi
bilamiz. Bu fojianing eng yomoni, eng og’ir ta’siri shu zaminda yashayotgan
odamzotning sog’liq-salomatligiga bo’lsa, shu qatorda dehqon taqdiriga
1
A. Pax
имoв. Exo плaнеты. Н. 46. T., 2008.
2
I. A. Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka ta’qid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari”T.,”O’zbekiston”, 1997., B-112.
4
tushayotgan og’irligini o’lchab bo’lmas…”
1
deb ta’kidlagan edi. Bu haqidagi
masalalarni Prezidentimiz I. A. Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotining 48 va
50-sessiyalarida ham, Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkilotining
Budapeshtda bo’lib o’tgan sammitida ham ta’kidlab o’tgan.
2
Barcha davrlarda ham
suv muammolarining mavjudligi ularni o’z vaqtida bartaraf qilish Davlat
siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, ularni ijobiy hal qilinishi
xalqimizning baxtli, farovon yashashi uchun zamin yaratadi.
Shunday vazifalarni amalga oshirish borasida mamlakatimizda barcha
sohalardagi kabi suv resurslaridan foydalanish muammolarini yechimini davrlar
tizimida, xronologik tartibda, tahlil qilish, oldingi davrlarda yo’l qo’yilgan
kamchilik va xatolarni tahlil qilish, ijtimoiy shart-sharoitlar asosida bartaraf qilish
mumkinligi, ilmiy-nazariy jihatdan isbotlash maqsadida magistrlik dissertatsiyamiz
uchun tanlangan mavzu dolzarb va zamonaviy mavzu ekanligini tasdiqlaydi.
Natijada; ayon bo’lishicha, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan
davrdan boshlab umumiy tarzda tarixni rivojlanish bosqichlarini barcha sohalarga
xos manbalarda aynan, suv resurslaridan foydalanish muammolarini ham yakka
tartibda davr nuqtai nazaridan (xronologik) tahlil qilish zarurligi aniqlandi.
Bu borada turli ijtimoiy rivojlanish davrlarida suv resurslaridan to’g’ri
foydalanish muammolarini yechimi masalalarini tarixiy-xronologik tarzda
yondashish asosida har bir bo’limning asosiy talablaridan to’g’ri foydalanish
qadimgi tarixiy manbalarda, jumladan “Avesto”, O’rxun-Enasoy bitiklarida,
qolaversa, mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy,
Alisher Navoiy rislolalarida, gidrografik manbalardan hisoblanmish Zahiriddin
Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida badiiy asalaridan suvdan oqilona
foydalanish haqida fikrlar keltirlgan bo’lib, suv manbalarini tashkil qilish borasida
mehnatkash xalqning qayg’urishi, mehnatsevarligi va kuch-qudrati bilan vujudga
kelgan(darhaqiqat, 1939-yil 1-avgustdan 15-sentabr(45 kun)gacha qurib
1
Karimov I. A. Xalqimizning yo’li mustaqillik, ozodlik va islohotlar yo’lidir. (Bunyodkorlik yo’lidan) T. 4-j. 1996.
B-289.
2
Karimov I. A. BMT Bosh Assambliyasining 48-sessiyasidagi ma’ruza. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T., 2-j.
1996., B-56.
5
bitkazilgan, uzunligi 270 kilometr bo’lgan, 160 ming kolxozchi ishtirok qilgan
Katta Farg’ona kanalini eslaylik
1
) suv inshootlari haqida ko’plab ma’lumotlar
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |