O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi al-xorazmiy



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,85 Mb.
#202514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari

                                                              Kirish. 

Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, XXI asrdan boshlab suv - oltin, uran, gaz, 

ko’mir va boshqa qimmatbaho foydali qazilmalardan ko’ra qimmatbaho 

xomashyoga aylandi. AQSh Milliy qidiruv Kengashining taxminiga ko’ra, xalqaro 

mojarolar xavfining o’sishi aynan ichimlik va qishloq xo’jaligi uchun suv 

yetishmovchiligi sababli ekanligini e’tirof qilishmoqda.

1

 



O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab suv 

resurslaridan foydalanish, ularni boshqarish va ularni ijtimoiy taraqqiyotda tutgan 

o’rni kabi masalalar borasida Prezidentimiz  I. A. Karimov o’zining bir qator nutq 

va risolalarida; “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik 

shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining 

poydevori”, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kabi risolalarida; “Tabiatga 

yaqinlik, jonajon o’lkaning bepoyon go’zalligidan bahramand bo’lish 

ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ma’naviyat o’z xalqining tarixini, uning 

madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina 

qudratli kuchga aylanadi”, deb fikrlarini davom qildirib, “Asrlar tutash  kelgan 

pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta havfga duch kelib qoldi. 

Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z-o’zini o’limga mahkum etish bilan 

barobardir. Tabiat va inson o’zaro bir-biri bilan muayyan qonuniyatlar asosida 

munosabatda bo’ladi.  Bu qonuniyatlarni buzish o’nglab bo’lmas ekologik 

falokatlarga olib keladi.”

2

  Bu jarayon oqibatlarini biz Orol muammosi borasida 



kelib chiqqan katta aziyatlar natijalarida sezdik. Ya’ni,  Prezidentimiz                     

I. A. Karimov 1996-yil  xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining III 

sessiyasida so’zlagan nutqida; “Orol fojiasi Qoraqalpog’iston va Xorazm vohasiga, 

uning iqlimiga, tabiatiga ham ta’siri juda salbiy bo’layotganini hammamiz yahshi 

bilamiz. Bu fojianing eng yomoni, eng og’ir ta’siri shu zaminda yashayotgan 

odamzotning sog’liq-salomatligiga bo’lsa, shu qatorda dehqon taqdiriga 

                                                            

1

 A. Pax



имoв. Exo плaнеты. Н. 46. T., 2008. 

2

 I. A. Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka ta’qid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 



kafolatlari”T.,”O’zbekiston”, 1997., B-112. 


 

tushayotgan og’irligini  o’lchab bo’lmas…”



1

  deb ta’kidlagan edi. Bu haqidagi 

masalalarni Prezidentimiz I. A. Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotining 48 va 

50-sessiyalarida ham, Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkilotining 

Budapeshtda bo’lib o’tgan sammitida ham ta’kidlab o’tgan.

2

 Barcha davrlarda ham 



suv muammolarining mavjudligi ularni o’z vaqtida bartaraf qilish Davlat 

siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, ularni ijobiy hal qilinishi 

xalqimizning baxtli, farovon yashashi uchun zamin yaratadi. 

Shunday vazifalarni amalga oshirish borasida mamlakatimizda barcha 

sohalardagi kabi suv resurslaridan foydalanish muammolarini yechimini davrlar 

tizimida, xronologik tartibda, tahlil qilish, oldingi davrlarda yo’l qo’yilgan 

kamchilik va xatolarni tahlil qilish, ijtimoiy shart-sharoitlar asosida bartaraf qilish 

mumkinligi, ilmiy-nazariy jihatdan isbotlash maqsadida magistrlik dissertatsiyamiz 

uchun tanlangan mavzu dolzarb va zamonaviy mavzu ekanligini tasdiqlaydi. 

Natijada; ayon bo’lishicha, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan 

davrdan boshlab umumiy tarzda tarixni rivojlanish bosqichlarini barcha sohalarga 

xos manbalarda aynan, suv resurslaridan foydalanish muammolarini ham yakka 

tartibda davr nuqtai nazaridan (xronologik) tahlil qilish zarurligi aniqlandi. 

Bu borada turli ijtimoiy rivojlanish davrlarida suv resurslaridan to’g’ri 

foydalanish muammolarini yechimi masalalarini tarixiy-xronologik tarzda 

yondashish asosida har bir bo’limning asosiy talablaridan to’g’ri foydalanish 

qadimgi tarixiy manbalarda, jumladan “Avesto”, O’rxun-Enasoy bitiklarida, 

qolaversa, mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy

Alisher Navoiy rislolalarida, gidrografik manbalardan hisoblanmish Zahiriddin 

Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida  badiiy asalaridan suvdan oqilona 

foydalanish haqida fikrlar keltirlgan bo’lib, suv manbalarini tashkil qilish borasida 

mehnatkash xalqning qayg’urishi, mehnatsevarligi va kuch-qudrati bilan vujudga 

kelgan(darhaqiqat, 1939-yil 1-avgustdan 15-sentabr(45 kun)gacha qurib 

                                                            

1

 Karimov I. A. Xalqimizning yo’li mustaqillik, ozodlik va islohotlar yo’lidir. (Bunyodkorlik yo’lidan) T. 4-j. 1996. 



B-289. 

2

 Karimov I. A. BMT Bosh Assambliyasining 48-sessiyasidagi ma’ruza. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T., 2-j. 



1996., B-56. 


 

bitkazilgan, uzunligi 270 kilometr bo’lgan, 160 ming kolxozchi ishtirok qilgan 



Katta Farg’ona kanalini eslaylik

1

) suv inshootlari haqida ko’plab ma’lumotlar 



keltirilgan. 


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish