ikkilik raqam) deb ataladi. Bunda xar bir murakkab tushuncha, ikkilik belgilari ketma-ketligida
ifodalanadi. Shunday qilib quyidagilar bajariladi.
O‘nlik raqamlarni ikkilikda (binarli) kodlash.
Alifbo belgilarini ikkilikda kodlash (axborot almashinishning alifbo standart kodi -AASK).
Kodlar ikki xil: tekis va tekis bo‘lmagan turda bo‘lishi mumkin. Tekis ikkilik kodlari ketma-
ketligi bir xil ikkilik belgilariga ega bo‘lsa, tekis bo‘lmagan turi teng bo‘lmagan ikkilik
belgilariga ega. Tekis bo‘lmagan kodga
Morze alifbosi
misol bo‘la oladi, chunki unda xar bir
xarf va raqamga uzun va qisqa signallarning ikkilik ketma-ketligi mos keladi.
Masalan, Ye xarfiga birgina nuqta mos kelsa, R xarfiga to‘rtta mos keladi.
Xisoblash texnikasida odatda tekis kodlardan foydalaniladi. Matnli axborotni ikkili kodlashda
xar bir belgiga uning kodi-belgilangan mikdordagi nollar va birlar ketma-ketligi mos qo‘yiladi.
Ko‘pgina zamonaviy EXM larda xar bir belgiga bayt deb ataladigan 8 ta nol va birlardan tashkil
topgan ketma-ketlik mos keladi. Ular jahmi 256 ta bo‘lib, ular 256 xil turli xarflarni, raqamlar,
tinish belgilari va xokazolarni kodlash imkonini beradi.
Axborotning o‘lchov birliklari
Uzunlik, massa, vaqt va boshqalarni o‘lchash uchun asbob va o‘lchash usullari o‘ylab topilgan.
Ma‘lumotdagi axborot mikdorini qanday bilish mumkin?
Ikkilik ma‘lumotlar uchun bunday sonli o‘lchov sifatida ma‘lumotdagi bitlar sonidan
foydalaniladi. Ushbu mikdor ma‘lumotning axborot xajmi deb ataladi.
Bit va baytlardan xotiraning sig‘imini o‘lchash va ikkili ma‘lumotlarni uzatish tezligini
o‘lchash uchun foydalaniladi. Uzatish tezligi bir sekundda uzatiladigan bitlar soni bilan
o‘lchanadi (masalan 19200 bit/s).
Ikkilik ma‘lumotlarda axborotning mikdorini o‘lchash uchun bit va baytlardan tashqari quyidagi
kattaroq birliklardan xam foydalaniladi:
1 k bit = 2
10
=1024 bit.
1 M bit = 2
20
=1048576 bit
1 g bit = 2
30
=10
9
bit=1 mld bit
1 k bayt =2
10
=1024 bit
1m bayt =2
20
=1048576 bit
1 g bayt =2
30
=10
9
bit= 1 mld bit
1 tera bayt=1 Тb=2
43
bit,
1 peta bayt=1 Pb=2
53
bit,
1 eksa bayt=1Eb=2
63
bit
Mashina xotirasi yacheykalardan iborat bo‘lib, ularga bitta son yoki komanda yozilishi mumkin.
Xotira yacheykalari 0 dan N-1 gacha nomerlangan bo‘lib, bu nomerlar yacheyka adresi deyiladi.
Xozirgi zamon mashinalarida yacheykalar soni 2048 dan tortib 130972 gacha yoki undan ortiq
bo‘lishi mumkin. Xar bir xotira yacheykasi o‘z o‘lchamiga ega bo‘lib, unga qarab komanda
tuzilishlari xam xar xil bo‘ladi. Xar bir komanda asosan 2 qismdan iborat. amal kodi, adreslar
maydoni. Adreslar soniga qarab EXM lar 1 adresli, 2 adresli, 3 adresli bo‘lishi mumkin.
Arifmetik amallar kodlari:
001 - qo‘shish
002 - ayirish
003 – ko‘paytirish
004 – bo‘lish
To‘xtatish komandasi maxsus bo‘lib, uning kodi 017 bo‘ladi. Har qanday axborotni katta
bo‘lmagan oddiy qismilarga bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Masalan, matn harflardan va
belgilardan, son raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Harf-bu matnli axborotlarning, raqam
esa – sonlarning elementlar bo‘ligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: