2-§. Logarifmik tenglamalar
Maktab matematika kursida logarifmik tenglamaga ta’rif berib, so‘ngra uni yechish usullari ko‘rsatiladi.
Ta`rif. Noma’lum miqdor logarifm belgisi ostida qatnashgan tenglamalar logarifmik tenglamalar deyiladi.
Masalan, lgx=3-lg5, lgx=lg2, 2lglg(15-2x) va hokazo. Logarifmik tenglama ham ko‘rsatkichli tenglama singari transsendent tenglama turiga kiradi. Logax=b tenglama eng sodda logarifmik englamadir. Bu yerda a, b lar ma’ lum sonlar, x noma’ lum sondir. Bu ko‘rinishdagi tenglama x=ab bitta yechimga ega bo'ladi. Logarifmik tenglamaning yechish jarayonida o`qituvchi o‘quvchilarga logarifmik funksiya va uning xossalari haqidagi ma’lumotlarni takrorlab berish lozim. Ayniqsa, o‘qituychi ko‘paytmaning lg(ab)=lga+lgb, kasrning lg=lga-lgb va darajaning lg an=nlg a logarifmlari hamda logarifmlarning bir asosidan boshqa asosiga o‘tishlogab= formulasi va qoidalarini imkoniyat boricha isboti bilan tushuntirib berishi maqsadga muvofiqdir, chunki logarifinik tenglamalarni yechish jarayonida ana shu qoidalardan foydalaniladi. Logarifmik tenglamalami yechish jarayonida ko`pincha lgA=lgB bo`lsa, A=B bo`ladi degan qoidaga amal qilamiz. Ayrim hollarda 0‘quvchilar IgA +lgB -lgC tenglikdan ham A + B –C bo`ladi degan noto`g‘ri xulosaga keladilar. Mana shunday xatoliklarni oldini olish uchun o`qituvchi yuqoridagi tengliklarni
aniq misollar yordamida ko`rsatib berishi lozim.
Masalan. l5+lg9=lg45. Bu tenglikdan yuqoridagi xato mulohazaga ko‘ra
5+9=45 bo`lishi kerak, bunda 14≠45. Bundan ko‘rinadiki, lg A +lg B =lg C dan A + B = C deb yozish katta xatolikka olib kelar ekan. Demak, lgA +lgB=lgC bo`lsa, ikki son ko‘paytmasining logarifmi qoidasiga ko‘ra lg(AB)=lgC, bo`ladi, bundan A B =C ekanligi ko‘rsatish kifoya. lg5+lg9=lg45, lg(5 9)=lg45. 45=45. logaf(x)=logag(x) tenglamani yechish uchun f(x )= g (x ) tenglamani yechish kerak va topilgan yechimlar ichidan f( х)>0, g(x)>0
tengsizliklami qanoatlantiradiganlarini tanlab olinadi. f(x)=g(x) tenglamaning qolgan ildizlari esa logaf(x) =logag(x) tenglama uchun chet ildiz bo`ladi. Har qanday logarifmik tenglama ayniy almashtirishlar yordamida uni logaf(x) =logag (x ) ko‘rinishga keltirib, f (x )=g(x ) tenglamani yechish orqali va yangi o`zgaruvchi kiritish orqali yechiladi. Logarifmik tenglamalarni yechishni uning aniqlanish sohasini topishdan boshlash lozim.
1 - misol.
Logax=btenglama yechilsin.
Yechish.
Agar a>0 va а≠1 bo'lsa, x= ab bo`ladi.
2 – misol
tenglama yechilsin.
Yechish.
lg2x ning aniqlanish sohasi x>0 bo‘Iadi. lg(4x-15) ning aniqlanish sohasi 4x-15>0, bundan x> bo`ladi. Bundan tashqari 4x-15≠0 yoki x≠4 bo`lishi kerak, bularga asoslanib tenglamaning aniqlanish sohasi x>3 va x≠ 4 bo'ladi.
Tenglamani yechish uchun quyidagicha ayniy almashtirish bajaramiz:
lg2x=21g(4x-15), lg2x=lg(4x-15)2x=16x2- 120x+225 yoki 16x2 -122x+225=0, bundan x1= yechim tenglamaning aniqlanish sohasida yotadi, shuning uchun x1= 4 yechim bo‘ladi.
3 - m i s о 1.
Log2(lgx+2+1)-log2(+1)=1 tenglama yechilsin.
Yechish.
Bu tenglamadagi o‘zgaruvchining qabul qiladigan qiymatlari sohasi x≥l bo`ladi. Berilgan tenglamani potensirlasak, yoki
=1 bundan x = 10.
Javob: x=10
4 - m i s о l.
= 100 tenglamani yeching.
Yechish.
Bu tenglamadagi nomalumning qabul qiladigan qiymatlar sohasi x>0 dir. Tenglikning har ikkala tomonini 10 asosga ko‘ra logarifmlaymiz:
lgx
Agar lgx=t desak, lg100=2 bo`ladi. U holda (1 +t)t=2 yoki
t2+t-2=0, bundan t1=1, t2=-2. lgx=1, bundan x1 =10, lgx=-2,
bundan x2=
Javob.x1 = 10, x2=10-2
5-misol.
lgtenglama yechilsin
Yechish.
Bu tenglamaning aniqlanish sohasi 5x-4>0 va x+1 >0 bo‘lishi kerak, bundan x > bo’ladi. Tenglamani potensirlasak: yoki . Bunda 5x2+x-328=0, bundan x1=─va x2 =8,x1 bo’lgani uchun yechim bo’lolmaydi.
Javob. x=8.
6-misol
lgx tenglamani yeching.
Yechish.
Bu tenglamaning aniqlanish sohasi x>0. Agar lgx=y desak,y2=y2+3y-4=0, bundan y1=1 va y2=-4 bo’ladi,u holda lgx=1 yoki x= 10, lgx=-4 yoki x=10-4
J a v о b. x1=10, x2=10-4
7-m i s о I.
log5x+ logx5 = 2,5
Yechish.
Tenglamaning aniqlanish sohasi x>0 va х≠1.Bu tenglamada logarifm asoslarini bir xilga keltirish kerak. Buning uchun logab= formuladan foydalanamiz: logx5+(log 5x)-1=2,5, agar log5=y desak,
y+y-1=2,5 yoki y2-2,5y+1=0. Uni yechsak,y1 =2 va y2 =2-1 . Bularga ko’ra log5x=2 bunda x=25 va log5x=2-1~ , bundan x = .
Javob: x1 = 25, x2=
Do'stlaringiz bilan baham: |