O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 439.5 Kb.
Sana16.01.2017
Hajmi439.5 Kb.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI



O’quv-uslubiy boshqarma

tomonidan ro’yxatga olindi

________



«_____» __________ 2012 y.

Toshkent Moliya instituti rektorining

2012 yil “20”iyun “149” – sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan



Siyosatshunoslik.



O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanidan


ISHCHI O’QUV DASTURI


Oliy ta’limning

Bilim sohalari: 300000 - “Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq’’.

Ta’lim sohalari: 340000 - “Iqtisod va biznes”.

Bakalavriatning barcha yo’nalishlari uchun

Toshkent – 2012
Annotatsiya

Ishchi dasturdan siyosiy jarayonlar va siyosiy hayotning kechishi, rivojlanish bosqichlari va istiqboli, jamiyatning siyosiy hayoti, siyosiy tizimi. O’zbekistonda davlat qurilishining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, siyosiy partiyalar, ijtimoiy tashkilotlar va harakatlar, fuqarolarning siyosat sub’ektiga aylanishi, siyosiy madaniyat masalalari, shuningdek, xalqaro tizim, tashqi siyosat tamoyillari kabi mavzular o’rin olgan. Siyosatshunoslik va O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish g’oyasining tarixiy takomil bosqichlari, istiqlol davri jarayonlari bilan bog’liq nazariy – amaliy muammolarni, demokratiya nazariyasining ustuvor prinsiplari va mezonlari. Shuningdek, jamiyatni modernizatsiya hamda tubdan demokratik isloh etishning nazariy – amaliy tajribalari o’rganiladi.




Tuzuvchilar:










Qo’ngirov I.N

- “Falsafa va O”DJQNA” kafedrasi dotsenti, t.f.n




O’lmasov S.

Ochilov N.M.

- “Falsafa va O”DJQNA” kafedrasi dotsenti, t.f.n

- “Falsafa va O”DJQNA” kafedrasi katta o’qituvchisi



Taqrizchilar:










G`oibnazarov E

- TTYMI “Siyosatshunoslik va O`DJQNA” kafedrasi dotsenti, t.f.n






Raximov S


- “Falsafa va O`DJQNA” kafedrasi professori, f.f.d


Siyosatshunoslik. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining ishch o’quv dasturi Toshkent Moliya institutining “Falsafa va O”DJQNA” kafedrasi 2012 – yil “10” maydagi №18 – sonli majlisida muhokama etildi va ma’qullandi.

Siyosatshunoslik. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanini bakalavriatning barcha yo’nalishlari uchun o’quv rejasi va dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.


Kafedra mudiri E.Rasulev

“Sug’urta” fakulteti Ilmiy – uslubiy kengashida muhokama etilgan va Toshkent moliya instituti Ilmiy – uslubiy kengashida muhokama etishga tavsiya etilgan. (2012 – yil “___”_______ dagi ___ -sonli bayonnoma)


Fakultet dekani U.Radjabov

Fanning ishchi o’quv dasturi Toshkent moliya instituti Ilmiy – uslubiy kengashida muhokama etilgan va nashrga tavsiya qilingan (2012 – yil “___”_______ dagi ___ -sonli bayonnoma).


Kengash raisi A.Karimov

I. “Siyosatshunoslik. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani mavzulari va ular bo`yicha mashg`ulot turlariga ajratilgan yuklama hajmining taqsimoti


T/r



Mavzular



Jami soatlar

Bakalavriat yo’nalishlarida

Ma’ruza

Amaliy mashg`ulot

Mustaqil ta’lim

1.

2.

3.

4.

5.

6.

1

“Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, maqsadi va vazifalari.

4

2

-

2

2

Siyosiy qarashlar va ta’limotlarning vujudga kelishi hamda rivojlanish bosqichlari.

10

2

4

4

3

Siyosiy hayot, siyosiy jarayon va siyosiy tizim. Demokratiya va uning asosiy tamoyillari.

10

2

4

4

4

Siyosiy hokimiyat. Siyosiy partiyalar, ko’ppartiyaviylik va OAV.

12

2

4

6

5

Siyosiy ong, siyosiy madaniyat va mafkura.

12

2

4

6

6

Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O’zbek modeli”. Demokratik jamiyat barpo etishda “o’tish davri”ning o’ziga xos xususiyatlari.

10

2

4

4

7

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar, umumbashariy tamoyillar. Milliy-ma’naviy negizlarga tayanish va ularning ahamiyati.

10

2

4

4

8

Qonun ustuvorligi – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosi.

10

2

4

4

9

Fuqaro erkinligi va faolligini ta’minlash - demokratik jamiyat qurish omili. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish.

10

2

4

4

10

Demokratik jamiyat barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va birlashmalari. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari.

14

2

6

6

11

O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligida demokratiya tamoyillariga asoslanishi.

10

2

4

4

JAMI

112

22

42

48


II. Asosiy qism

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanidan ma`ruza mashg`ulotlari mavzulari.


1-mavzu: “Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari (2 soat)

“Siyosatshunoslik. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, tadqiqot ob’ekti va sub’ekti. “Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”ning fan sifatida shakllanishi. “Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining qonuniyatlari va kategoriyalari. “Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanini o’rganish uslublari, ilmiy-nazariy va metodologik asoslari. Mustaqillik va respublikamizda “Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining shakllanishi va rivojlanishi. “Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining boshqa ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o’rni va roli, ular bilan o’zaro aloqadorligi hamda uning o’ziga xosligi va asosiy vazifalari.



Adabiyotlar ro’yxati: 1,2,3,4,7,8,9,22,24,25.
2-mavzu: Siyosiy qarashlar va ta’limotlarning vujudga kelishi hamda rivojlanish bosqichlari. (2 soat)

Qadimgi davrda siyosiy qarashlar va ta’limotlarning shakllanishi. Dastlabki siyosiy qarashlarning ko’rinishlari. (Diniy, yuridik, siyosiy, sotsiologik qarashlar)

Vatanimiz hududida dastlabki siyosiy hamda odil jamiyat to’g’risidagi qarashlarning paydo bo’lishi va uning “Avesto”dagi talqini.

O’rta asrlar va uyg’onish davridagi siyosiy qarashlar. Abu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Xojib, Nizomulmulk, A.Temur, A.Navoiy va Z.M.Boburning siyosiy ta’limotlari va g’oyalari.

G’arb mutafakkurlarining siyosiy fanlar rivojiga qo’shgan xissasi. N.Makivelli, J.Boden, J.Lokk, Sh.L.Monteskvelarning siyosiy ta’limotlari.

XVII-XX asrlarda dunyodagi siyosiy jarayonlar va siyosiy qarashlar.

Yurtboshimiz I.A.Karimov asarlarida siyosiy faollik va erkin fuqarolik jamiyati to’g’risidagi g’oyalari.

Adabiyotlar ro’yxati: 1,7,8,11,18,19,20,22,25.
3-mavzu: Siyosiy hayot, siyosiy jarayon va siyosiy tizim. Demokratiya va uning asosiy tamoyillari (2 soat)

“Siyosat”, “siyosiy hayot” va siyosiy jarayon tushunchalari. Siyosiy hayot sohalari. Siyosiy hayot va manfaatlar tizimi. Siyosiy barqarorlik.



Siyosiy institutlar va ularning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki. Siyosiy jarayonlar xususiyati va mazmuni. Barqarorlik va beqarorlik. Murosalilik va ziddiyatlilik Manfaatlar uyg’unligi.Siyosiy jarayonlarni baholash.O’zbekistonda siyosiy jarayonlar.

Siyosiy tizim, uning tarkibiy qism va vazifalari. Siyosiy tizim va siyosiy munosabatlar. Siyosiy tizimda davlat va boshqa siyosiy tashkilotlarning roli. Mustaqillik va O’zbekistonning siyosiy tizimi.

Demokratiya va saylov tushunchalari. Demokratik siyosiy jarayonlarda bevosita va bilvosita ishtirok etish. Demokratiyaning shakllari: vakolatli, plyuralistik, majoritar, proportsional. Demokratiyaning umue’tirof etilgan tamoyillari: erkinlik va tenglik. Saylov – davlat hokimiyatini demokratik asosda shakllantirish vositasi. O’zbekiston Respublikasi saylov tizimining shakllanishi va takomillashuv bosqichlari.

Adabiyotlar ro’yxati: 1,2,3,4,5,7,8,16,19,22,23,25.
4-mavzu: Siyosiy hokimiyat. Siyosiy partiyalar, ko’ppartiyaviylik va OAV (2 soat)

“Hokimiyat”, “siyosiy hokimiyat”, “davlat hokimiyati” tushunchalari va ularning o’zaro munosabati. Siyosiy hokimiyat sub’ektlari: fuqaro, davlat, ijtimoiy-siyosiy va nodavlat notijorat tashkilotlar, institutlar. Hokimiyatga ega bo’lish omillari. Davlat hokimiyati. Siyosiy ta’sir etish sub’ektlari.



Siyosiy hayot va ko’ppartiyaviylik.Siyosiy hayotni erkinlashtirishda siyosiy partiyalarning o’rni va roli. Jahon amaliyoti. O’zbekistonda siyosiy partiyalar va harakatlar tizimi shakllanish, rivojlanish bosqichlari.

Partiyalarning siyosiy maqsadlari, Partiyalararo munosabatlar va o’zaro hamkorlik. Muqobil g’oyalar va bunyodkor muxolifat.Siyosiy hayotga ta’sir etish yo’llari. Parlament, hokimiyat vakilliklari, deputatlar, partiya fraktsiyalari, partiya tashkilotlari, a’zolari, elektorati

Jamiyat siyosiy hayotida axborotning o’rni. Inson huquqlari va erkinliklari, so’z va matbuot erkinligi. Axborotning siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga ta’siri. Axborot xilma-xilligi. Axborot tizimi, ko’lami va maydonining kengayishi hamda globallashuv. OAV “to’rtinchi hokimiyat” sifatida. Axborot erkinligi va ma’suliyati.

Axborot xolisligi, oshkoraligi va soxtalik holatlari. Axborotlashgan jamiyat. Axborot “bo’shlig’i”ning oldini olish. OAV va jahon axborot oqimi va imkoniyatlari. Internet tarmog’i va jahon axborot makoni hamda globallashuv. Mustaqillik yillarida O’zbekiston axborot makonida OAV.

Adabiyotlar ro’yxati: 1, 2,3,4,5,6,9,10,18,19,22,25.
5-mavzu: Siyosiy ong, siyosiy madaniyat va mafkura (2 soat)

Siyosiy ong tushunchasi. Siyosiy ong harakat mexanizmi. Siyosiy ong va kundalik ong. Siyosiy ong va davr. Mustaqil taraqqiyot va siyosiy ong.

Siyosiy ongning shakllanishi, uning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlari. Demokratik siyosiy ongda siyosiy manfaatlar uyg’unligi. Siyosiy ong va siyosiy murosa madaniyati. Siyosiy ongda umumdavlat manfaatlarining uyg’unlashuvi.

Siyosiy madaniyat tushunchasi. Siyosiy madaniyat ko’rinishi va funktsiyasi. Siyosiy madaniyat tizimi va asosiy elementlari, siyosiy qadriyatlar va an’analar. Siyosiy amaliyot me’yorlari.

Milliy siyosiy madaniyat va umumbashariy demokratik jarayonlar. Millat o’zligini anglashda siyosiy ramzlarning o’rni. Siyosiy madaniyatning modellari: liberal, sharqona. Siyosiy madaniyatda uyg’unlik va o’ziga xoslik. Siyosiy madaniyat va milliy taraqqiyot modelini tanlash. Siyosiy madaniyatning yuksalishi va fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi istiqbollari.

Siyosat va mafkura tushunchasi. Siyosatda mafkuraviy manfaatlar xilma-xilligi, raqobatlashuvi va konsensusi. Mafkura va demokratiya. Milliy mafkuraga bo’lgan ehtiyoj.

Siyosat va mafkuraning o’zaro munosabatlari. Mafkura va e’tiqod. Mafkura va ijtimoiy-siyosiy konsensus. “Mafkuraviy bo’shliq” va uning oqibatlari. Milliy g’oya va mafkura taraqqiyot tayanchi. Mafkuralar xilma-xilligi.

Adabiyotlar ro’yxati: 1, 2,3,7,10,14,15,19,20,22,25.
6-mavzu: Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O’zbek modeli”. Demokratik jamiyat barpo etishda “o’tish davri”ning o’ziga xos xususiyatlari (2 soat)

Demokratik jamiyat qurilishining turli xil milliy modellari mavjudligi. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning o’ziga xos xususiyatlari va “O’zbek modeli”. Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan “O’zbek modeli”da demokratik jamiyat qurish tamoyillari: Iqtisodning siyosatdan ustuvorligi. Davlat bosh islohotchi. Qonun ustuvorligi. Kuchli ijtimoiy himoya va bosqichma-bosqich rivojlanish. “O’zbek modeli”ning jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalarida namoyon bo’lishi.

“Dunyoviy davlat” va “milliy davlatchilik” tushunchalari.

O’tish davri tushunchasi. Uning mustaqillikni qo’lga kiritgan barcha mamlakatlar uchun zarurligi va mohiyati hamda umumiy qonuniyatlari. O’tish davrining “klassik”, “inqilobiy”, “evolyutsion” yo’llari. O’zbekistonda “o’tish davri”ga yondashishning o’ziga xos jihatlari. Evolyutsion, tadrijiy rivojlanish yo’lining mohiyati.

Islom Karimov tomonidan O’zbekistonning “evolyutsion tadrijiylik” asosida demokratik jamiyatga o’tishga doir nazariy, kontseptual metodologiyasining ishlab chiqilishi.

O’zbekistonda “evolyutsion-tadrijiy rivojlanish”ning real hayotga tatbiq qilinishi.



Adabiyotlar ro’yxati: 1,2,3,4,7,8,9,11,13,19,22,23,24,25.
7-mavzu: O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar, umumbashariy tamoyillar. Milliy-ma’naviy negizlarga tayanish va ularning ahamiyati (2 soat)

Demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar va umumbashariy tamoyillar tushunchasi. Prezident Islom Karimov O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar va umumbashariy tamoyillarga tayanish to’g’risida.

Milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda aks etishi. Demokratik jamiyat barpo etishda umumbashariy tamoyillarga bo’lgan zarurat.

O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy qadriyatlar va umumbashariy tamoyillarning uyg’unlashuvi. Demokratik tamoyillarga amal qilish shart-sharoitlari. Demokratiyaning mahalliy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarda namoyon bo’lishi. O’zbekistonda adolatli, demokratik jamiyat barpo etishda milliy qadriyatlarning umuminsoniy tamoyillar bilan uyg’unlashtirilishining ahamiyati.

Milliy-ma’naviy negizlar tushunchasi va ularning mazmun-mohiyati milliy-ma’naviy negizlarga tayanish, ularning demokratik jmiyat qurishdagi o’rni hamda roli. Prezident I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida milliy-ma’naviy negizlarga tayanish masalalari.

Adabiyotlar ro’yxati: 1, 5,8,11,19,20,22,24,25.
8-mavzu: Qonun ustuvorligi-demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosi (2 soat)

O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi. O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishida viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi. O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasining o’zaro munosabatlari. Bu munosabatlarni tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinishi.

Kodeks, qonun va normativ-huquqiy hujjatlar asosida adolat va inson manfaatlari ustuvorligi. Davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishlari. Birorta qonun hamda normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi. Me’yoriy hujjatlarning Konstitutsiya, kodeks va qonunlarga mosligini nazorat qilinishi va ta’minlanishi. Qonunchilik palatasi va Senat. Prezidentlik instituti. Vazirlar Mahkamasi. Sud mustaqilligi. Davlat organlarining vakolatlari.

Qonun ustuvorligi tamoyilining O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdagi ahamiyati.



Adabiyotlar ro’yxati: 1, 2,3,4,7,8,9,11,14,19,21,22,25.
9-mavzu: Fuqarolar erkinligi va faollligini ta’minlash – demokratik jamiyat qurish omili. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish (2 soat)

Fuqaro erkinligi va faolligi tushunchasi. Uning ijtimoiy-siyosiy tafakkur tarixidagi talqinlari.

Inson faolligining asosiy mezonlari. Inson salohiyati demokratik o’zgarishlarning eng faol va bunyodkor omili ekanligi. Hozirgi davr demokratiyasida inson, jamiyat va davlatning o’zaro munosabatlari.

Prezident Islom Karimov demokratik jamiyat qurishda inson erkinligi va faolligini yuksaltirish to’g’risida.O’zbekistonda inson faolligini oshirish demokratik jamiyat qurishning asosiy omili. Fuqarolar erkinligi va faolligini ta’minlash – demokratik jamiyat qurishning bosh maqsadi. Yoshlarning demokratik jamiyat qurishda ishtiroki va ularning faolligini oshirish.

Insonning ijtimoiylashuvi va faollashuv jarayonlari.O’zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirishda fuqarolarning qonun va qarorlar qabul qilishdagi faol ishtiroki. Uning fuqaro erkinligi va faolligini oshirishdagi ahamiyati.

Demokratik jamiyatda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi va mazmuni. Totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tuzumidan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish. Erkin bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat tamoyillarining o’zaro bog’liqligi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida davlat boshqaruvi va vakolatlarini cheklash, vazifalarini o’ta markazlashtirishdan voz kechish. Ma’muriy islohotlar va iqtisodiy taraqqiyot.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning ijtimoiy-iqtisodiy negizi. Mulkchilikning xilma-xil shakllari. Iste’molchilar huquqlari va tanlash erkinligining ustunligi. Xususiy mulk va mulkdor. Tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi. Raqobatning demokratik jamiyat barpo etishdagi o’rni.

O’zbekistonda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish bosqichlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish. Erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish.

Bozor infratuzilmasini shakllantirish. Xususiy sektor imkoniyatlarini kengaytirish. Kichik biznes va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish. Tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinligini ta’minlash – demokratik jamiyat rivojining zaruriy sharti.

Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asaridagi yangicha g’oyalar va ularning ahamiyati.

Adabiyotlar ro’yxati: 1, 2,5,6,7,8,9,19,21,22,25.
10-mavzu: Demokratik jamiyatni barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va birlashmalari. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari. (2 soat)

Nodavlat notijorat tashkilotlar va jamoat birlashmalari tushunchasi. Uning ma’no va mazmuni. Prezident Islom Karimov asarlarida O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlarning o’rni masalasi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlarida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari kafolatlanishi va takomillashuvi. Fuqarolik jamiyati qurish O’zbekistonning pirovard strategik maqsadi.

O’zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va siyosiy partiyalar faoliyatining asoslari. “Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida”gi Qonun. Prezident I.Karimovning mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi kitobida jamiyatning yangi bosqichga ko’tarilishi haqida.

O’zbekistonda demokratik jamiyatning shakllanishida mahalla va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rni. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Mamlakatimizda mahalliy o’zini-o’zi boshqarishning shakllari. Mahalla–fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi sifatida.

Prezident I.A. Karimov O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va ularni isloh qilishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida. Mahallaning fuqarolarni demokratik qarorlar qabul qilishda ishtirokini ta’minlash va aholini ijtimoiy himoya qilishdagi o’rni. Mahalliy davlat hokimiyatining ayrim vakolatlarini o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich berib borish maqsadlari.



Adabiyotlar ro’yxati: 1,3,4,6,8,10,16,17,19,22,25.

11-mavzu: O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligida demokratiya tamoyillariga asoslanishi (2 soat)

O’zbekiston va jahon hamjamiyati. O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatga qo’shilishidagi demokratik tamoyillarga asoslanadi. O’zbekiston va jahon hamjamiyati munosabatlarining huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy asoslari.

BMT va O’zbekiston Respublikasi. O’zbekistonning dunyo davlatlari bilan hamkorligi. MDH davlatlaridagi demokratik islohotlar va davlatlararo munosabatlar. O’zbekiston Rossiya munosabatlari. O’zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotidagi o’rni. Markaziy Osiyodagi demokratik jarayonlar va davlatlararo hamkorlik. Markaziy Osiyo davlatlari hamjihatligi, unga jahon hamjamiyatining e’tibori. Mustaqil O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan o’zaro manfaatli hamkorligining istiqbollari.

Adabiyotlar ro’yxati: 1,2,3,4,6,7,13,15,20,22,23,24,25.
III. Amaliy mashg’ulot mavzulari
1-mavzu: Siyosiy qarashlar va ta’limotlarning vujudga kelishi hamda rivojlanish bosqichlari. (4 soat)
I mashg’ulot

Reja:

1. Antik dunyo siyosiy ta’limotlari, “Avesto”da siyosiy va odil jamiyat to’g’risidagi qarashlar va g’oyalar.

2. O’rta asrlarda Markaziy Osiyo va G’arbiy Evropadagi siyosiy ta’limotlarning o’ziga xosligi.

3. Amir temur va temuriylar davrida siyosiy hamda odil jamiyat to’g’risidagi qarashlar.


II mashg’ulot

Reja:

1. Sharq va G’arbda Uyg’onish davridagi siyosiy qarashlar.

2 XVIII-XX asrlarda siyosiy qarashlarning rivojlanishi.

3. Jadidchilarning odil jamiyat to’g’risidagi qarashlari.



Adabiyotlar ro’yxati: 1,2,7,8,9,12,16,20,22,25.
2-mavzu: Siyosiy hayot, siyosiy jarayon va siyosiy tizim. Demokratiya va uning asosiy tamoyillari (4 soat)
I mashg’ulot

Reja:

1. “Siyosat”, “siyosiy hayot”, va siyosiy jarayon tushunchalari. Siyosiy hayot sohalari. Siyosiy hayot va manfaatlar tizimi. Siyosiy barqarorlik.

2. Siyosiy institutlar va ularning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki.

3. Siyosiy tizim, uning tarkibiy qism va vazifalari.


II mashg’ulot

Reja:

1. Demokratiya va uning asosiy tamoyillari.

2. Siyosiy hayot va demokratik saylov tizimi.

3. Fuqarolarning demokratik siyosiy jarayonlarda bevosita va bilvosita ishtirok etishi.



Adabiyotlar ro’yxati: 1, 2,3,4,5,7,8,9,16,20,21,22,23,24,25.
3-mavzu: Siyosiy hokimiyat, Siyosiy partiyalar, ko’ppartiyaviylik va OAV (6 soat)
I mashg’ulot

Reja:

1. “Hokimiyat”, “siyosiy hokimiyat” tushunchalari va ularning mohiyati.

2. Davlat hokimiyati va uni demokratiyalashuvi.
II mashg’ulot

Reja:

3. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning qaror topishi.

4. Partiyalarning asosiy maqsadlari va vazifalari.

5. Jamiyat hayotining demokratiyalashuvi, siyosiy partiyalarning roli.


III mashg’ulot

Reja:

6. Axborot sohasini isloh qilish va so’z erkinligini ta’minlash.

7. OAV va globallashuv.

Adabiyotlar ro’yxati: 1,2,3,4,7,8,11,12,16,19,20,22,25.
4-mavzu: Siyosiy ong, siyosiy madaniyat va mafkuralar (4 soat)
I mashg’ulot

Reja:


  1. Siyosiy ong tushunchasi va uning shakllanishi.

  2. Siyosiy madaniyat tushunchasi. Siyosiy madaniyat ko’rinishi va funktsiyasi

  3. Milliy siyosiy madaniyat va umumbashariy demokratik jarayonlar

II mashg’ulot

Reja:

  1. Mafkura va uning hususiyatlari.

  2. Siyosat va mafkura, ularning o’zaro munosabatlari.

Adabiyotlar ro’yxati: 1,2,3,4,5,10,11,13,15,16,22,24,25.
5-mavzu: Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O’zbek modeli”. Demokratik jamiyat barpo etishda “o’tish davri”ning zaruriyati va uning o’ziga xos xususiyatlari

(4 soat)
I mashg’ulot

Reja:

1.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning o’ziga xos xususiyatlari va “O’zbek modeli”.

2.Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan “O’zbek modeli”da demokratik jamiyat qurish tamoyillari:

II mashg’ulot

Reja:

3.O’tish davri tushunchasi va uning mazmun-mohiyati.

4.“O’tish davri”ning mustaqillikni qo’lga kiritgan barcha mamlakatlar uchun zarurligi hamda umumiy qonuniyatlari.

Adabiyotlar ro’yxati: 1,2,3,4,7,8,10,11,16,19,22,23,24,25.
6-mavzu: O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar, umumbashariy tamoyillar. Milliy-ma’naviy negizlarga tayanish va ularning ahamiyati (4 soat)

I mashg’ulot

Reja:

1.Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlari tushunchasi.

2.Prezident Islom Karimov asarlarida O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar va umumbashariy tamoyillarga tayanish to’g’risida.

3. Milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda aks etishi.

4. O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy qadriyatlarning ahamiyati.

II mashg’ulot

Reja:

5. Ma’naviy yangilanish tushunchasi. Uning zarurligi va sabablari unga yangicha munosabat.

6. Milliy-ma’naviy negizlar tushunchasi, uning mazmun va mohiyati.

7. Barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy-ma’naviy negizlarga tayanish.



Adabiyotlar ro’yxati: 1,3,4,6,7,8,10,14,16,19,20,22,25.
7-mavzu: Qonun ustuvorligi – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosi (4 soat)

I mashg’ulot

Reja:

1.O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi.

2. Fuqarolik jamiyati va uning huquqiy asoslari.

II mashg’ulot

Reja:

3.O’zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlashda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va senati, Prezidentlik instituti, Vazirlar Mahkamasi, Sud mustaqilligi va davlat organlarining vakolatlari.

4.Qonun ustuvorligi tamoyilining O’zbekistonda demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdagi ahamiyati.

Adabiyotlar ro’yxati: 1,2,3,4,5,7,8,9,14,17,18,19,21,22,25.

8-mavzu: Fuqarolar erkinligi va faollligini ta’minlash – demokratik jamiyat qurish omili. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish (4 soat)

I mashg’ulot

Reja:

1. Fuqaro erkinligi va faolligi tushunchasi. Uning ijtimoiy-siyosiy tafakkur tarixidagi talqinlari.

2. Inson faolligining asosiy mezonlari. Inson salohiyati demokratik o’zgarishlarning eng faol va bunyodkor omili ekanligi.

3. Prezident Islom Karimov asarlarida demokratik jamiyat qurishda fuqaro erkinligi va faolligini yuksaltirish masalalari.

4.O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda fuqarolarning qonun va qarorlar qabul qilishdagi faol ishtiroki.

II mashg’ulot

Reja:

5. Demokratik jamiyatda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi va mazmuni.

6. Erkin bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat tamoyillarining o’zaro bog’liqligi.

7.O’zbekistonda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish bosqichlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

8. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va uning O’zbekiston sharoitida bartaraf etilishi.

Adabiyotlar ro’yxati: 1,2,5,6,7,8,10,11,14,15,19,20,21,22,25.

9-mavzu: Demokratik jamiyatni barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlar va jamoat birlashmalari. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari. (6 soat)
I mashg’ulot

Reja:

1.Nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari va ularning o’ziga xos hususiyatlari.

2.Prezident Islom Karimov asarlarida O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlarning o’rni va roli.
II mashg’ulot

Reja:

3.O’zbekistonda demokratik jamiyatning shakllanishida mahalla va fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining ahamiyati.

4.Mahalla–fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi sifatida.
III mashg’ulot

Reja:

5. O’zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirishda mahalla va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining o’rni.

6. Prezident Islom Karimov asarlarida O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va ularni isloh qilishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida.

Adabiyotlar ro’yxati: 1,3,4,7,8,11,12,16,17,18,19,20,22,25.
10-mavzu: O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligida demokratik tamoyillarga asoslanishi (2 soat).

1.O’zbekiston va jahon hamjamiyati.

2.Prezident Islom Karimov asarlarida O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatga qo’shilishidagi demokratik tamoyillar haqida.

3. BMT va O’zbekiston Respublikasi.

4. O’zbekistonning Evropa, Osiyo davlatlari bilan hamkorligi.

5. MDH davlatlaridagi demokratik islohotlar va davlatlararo munosabatlar.

6. ShHT va Markaziy Osiyodagi demokratik jarayonlar va davlatlararo hamkorlik.

Adabiyotlar ro’yxati: 1,2,3,4,7,8,11,13,16,18,19,20,22,23,25
IV.Mustaqil ta`limni tashkil etish mazmuni va shakli

Mustaqil ish uchun ajratilgan soatlarni talaba o’zlashtirishi uchun ularga referat yoki mustaqil ish shaklida mavzular taqsimlab beriladi. Mustaqil ta’limning mavzulari talabalar uchun mustaqil o’rganishlari shart bo’lgan ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlardan tashkil topgan. U talabalarning nazariy bilimlarini mustaxkamlash va kengaytirishga, o’qitilayotgan va o’tilgan mavzularni kengroq va chuqurroq o’rganishga hamda dunyoqarashini yana ham kengaytirishga yordam beradi. Shuningdek, mustaqil ta’limga mo’ljallangan topshiriqlar ma’ruza, amaliy, seminar mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan. Bundan tashqari talabalar, ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirishlari natijasida ilmiy maqolalar tayyorlashlari mumkin, hamda ilmiy – amaliy konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar qilishlari mumkun. Referat, taqdimot, ma’ruzalar kafedra tamonidan belgilab berilgan hajmda bo’lishi kerak.




Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi*


Ishchi o’quv dasturining mustaqil ta’limga oid bo’lim va mavzulari

Mustaqil ta’limga oid top. va tavsiyalar

Bajarish muddatlari

Hajmi (soatda)

“Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, maqsadi va vazifalari.

Taqdimot tayyorlash

Mavzu yakunida

2

Siyosiy qarashlar va ta’limotlarning vujudga kelishi hamda rivojlanish bosqichlari.

Slayd tayyorlash

Amaliy mashg’ulot davomida

4

Siyosiy hayot, siyosiy jarayon va siyosiy tizim. Demokratiya va uning asosiy tamoyillari.

Taqdimot va slayd tayyorlash

Oraliq baxolashda

4

Siyosiy hokimiyat. Siyosiy partiyalar, ko’ppartiyaviylik va OAV.

Taqdimot va slayd tayyorlash

Mavzu yakunida

6

Siyosiy ong, siyosiy madaniyat va mafkura.

Taqdimot va slayd tayyorlash

Amaliy mashg’ulot davomida

6

Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O’zbek modeli”. Demokratik jamiyat barpo etishda “o’tish davri”ning o’ziga xos xususiyatlari.

Taqdimot va slayd tayyorlash

Mavzu jarayonida

4

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar, umumbashariy tamoyillar. Milliy-ma’naviy negizlarga tayanish va ularning ahamiyati.

Taqdimot va slayd tayyorlash

Amaliy mashg’ulot davomida

4

Qonun ustuvorligi – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosi.

Taqdimot tayyorlash

Oraliq baxolashda

4

Fuqaro erkinligi va faolligini ta’minlash - demokratik jamiyat qurish omili. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish.

Taqdimot va slayd tayyorlash

Mavzu yakunida

4

Demokratik jamiyat barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va birlashmalari. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari.

Taqdimot va slayd tayyorlash

Amaliy mashg’ulot davomida

6

O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligida demokratiya tamoyillariga asoslanishi.

Taqdimot tayyorlash

Mavzu yakunida

4

Jami:

48

*Mustaqil ta’lim soatlari uchun ajratilgan ballar JN va ON ballari tarkibiga kiritiladi.


Dasturning informatsion -uslubiy ta’minoti
“Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarini o’qitishda multimedia jihozlaridan foydalanib, mavzular bo’yicha ishlab chiqilgan Power Point formatidagi jadvallardan, kompyuterdan, audio va video jihozlardan, dioproektor va kodoskoplardan foydalaniladi. Shuningdek, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar davomida turli xil siyosiy tushunchalar va ularning xarakteristikalarini tavsiflovchi tarqatma materiallar, tahliliy jadvallar, slaydlar hamda ko’rgazmali qurollar qo’llaniladi.

Bundan tashqari:



  • didaktik materiallar tayyorlash;

  • delfa metodini qo’llash orqali ko’nikmalar shakllantirish;

  • verbal ifodalash;

  • “B/B/B” metodi;

  • insert metodi;

  • kontseptual metod;

  • “CASE STUDY (keys)” metodi va boshqalar ham qo’llaniladi.

“Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanini o’rganishda talabalar dasturiy axborot tizimlari orqali siyosiy jarayonlarning dolzarb yangiliklaridan xabardor bo’lishlari va o’qish jarayonida ulardan foydalanishlari mumkin.

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani bo`yicha baholash mezonlari


« Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti » fani uchun o’quv rejada bakalavriatning barcha yo’nalishining 4 kurslarida 1-semestrda o’qitiladi. Fan uchun jami 112 soat, shundan 22 soat ma’ruza, 42 soat seminar auditoriya soati va 48 soat mustaqil ta’lim uchun ajratilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 25 avgustidagi “Oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi 333-sonli buyrug’i va Toshkent moliya instituti 2010 yil 20 sentyabr № 236 sonli “Institutda talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi buyrug’i talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi. Nizomda ko’rsatilganidek, talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholash muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali (ilovaga muvofiq) amalga oshiriladi:



  • Joriy nazorat (J.N.);

  • Oraliq nazorat (O.N.);

  • Yakuniy nazorat (Ya.N.).

« Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti » fani bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. U 100 ballik baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:

Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa o’zaro muvofiqlashtirilgan holda J.N. – 35 ball, va O.N. –35 ball qilib taqsimlanadi.

Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 % (39 ball) saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam bal to’plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy (JN) va oraliq nazorat (ON) turlari bo’yicha 55 va undan yuqori ballni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.

« Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti » fanidan talaba bilimini nazoarat qilish quyidagi tartibda o’tkaziladi: (1-ilova).

Joriy nazoratda fanning har bir mavzusi bo’yicha talabaning bilimi va amaliy ko’nikmalarini aniqlab borish, dolzarb mavzulardan nazorat ishi yozish, yangi adabiyotlar bilan ishlash, konspekt qilish, mustaqil ish topshirish nazarda tutiladi va u seminar mashg’ulotlarida uzluksiz amalga oshiriladi.

Oraliq nazoratda fanning bir necha mavzularini qamrab olgan qismi bo’yicha nazariy mashg’ulotlar o’tib bo’linganidan so’ng, talabaning nazariy bilimlari test yechish va oraliq yozma ish yozish orqali baholanadi, ya’ni uning muayyan savolga javob berishi yoki muammoni yechishdagi mahorati va qobiliyati aniqlanadi. O.N. ma’ruza darslari bo’yicha amalga oshiriladi. « Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti » fani bo’yicha o’tkaziladi.

Yakuniy nazoratda semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.

Joriy va oraliq nazoratlarida saralash ballidan kam ball to’plagan uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlari uchun yakuniy nazoratgacha muddat beriladi.

Semestr yakunida fan bo’yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarining biri bo’yicha saralash balidan kam ball to’plagan talabaning o’zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) xisoblanadi.

Mazkur fan bo’yicha Ya.N. yozma ish shaklida o’tkaziladi. Unda talabaning fanni o’zlashtirishi 0-30 ballgacha bo’lgan mezon asosida baholanadi.

Talabaning JN,ON va YaN bo’yicha ballarda ifodalangan o’zlashtirishi quyidagi mezonlarga asosan aniqlanadi.

Talabaning fan bo’yicha nazorat turlarida to’plagan ballari semestr yakunida reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining «O’quv rejasida ajratilgan soat» ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklama soatlari, «fandan olingan baho» ustuniga esa, talabaning 100 ballik tizimdagi o’zlashtirilishi qo’yiladi.

Fan bo’yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo’lgan o’zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.

I ilova.

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”fani bo`yicha talabalarning bilimlarini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi.




Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

1

2

3

86-100

«A’lo»

Siyosiy tushunchalar haqida ijodiy fikrlay olish.

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanlari bo`yicha mustaqil mushohada yuritish.

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani qonun va kategoriyalarning mohiyatini tushuntirib berish hamda bilish.

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani haqida tasavvurga ega bo’lish.



71-85

«Yaxshi»

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti haqida mustaqil mushohada yuritish.

Siyosiy tushunchalar haqida ijodiy fikrlay olish.

Siyosiy qonun va kategoriyalarning mohiyatini tushuntirib berish, bilish, aytib bera olish.

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani haqida tasavvurga ega bo’lish.



55-70

«Qoniqarli»

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining mohiyatini tushunish

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani haqida to’liq tasavvurga ega emaslik.

Siyosiytushunchalar haqida qisman aytib berish.

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti haqida past darajada mushohada yuritish, fan mohiyatini to’la bayon qila olmaslik.

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani haqida qisman tasavvurga ega bo’lish.


0-54

«Qoniqarsiz»

Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani haqida aniq tasavvurga ega bo’lmaslik, bilmaslik.




Saralash bali 55 ballni tashkil etadi.

« Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti » fanidan joriy va oraliq nazoratlarida talabaning bilimini reyting tizimi asosida baholash

(22 nazariy soat, 42 amaliy soat)






Ko’rsatkichlar



JN ballari*



ON Ballari**

Jami

1


Darsga qatnashganlik darajasi

Ma’ruza darsi jarayonidagi faolligi (masalan: konspekt yuritishi va shu kabi)


9


9

18

2

Fan mavzulari bo’yicha yozma ish yozish yoki test yechish

X

20

20

3

Amaliy mashg’ulotlaridagi faolligi (mavzu dolzarbligi va qo’yilgan maqsadga erishganligining mazmuni ochib berilishi, huquqiy-me’yoriy aktlardan foydalanilgan, mavzu bo’yicha berilgan situatsiyalarni to’g’ri hal etishi va boshqalar).

18

X

18

4

Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish, ularning mazmunini o’zlashtirish darajasi

8

6

14

5

O’tilgan mavzular bo’yicha yozma ish savollariga javob uchun

X

X

X




Jami:

35

35

70

Izoh:

* professor o’qituvchi jurnalida har bir amaliy dars uchun (jami darslar soni-21) talaba 0-1.6 ballgacha toplashi mumkin.

** professor o’qituvchi jurnalida har bir nazariyy dars uchun (jami darslar soni-11) talaba 0-1.4 ballgacha, va oraliq vazifa bo’yicha (nazorat ishi yoki test)0-20 gacha to’plashi mumkin

Fan bo’yicha joriy va o’raliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 % (39 ball) saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam bal to’plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi va akademik qarzdor deb hisoblanadi; talaba joriy, oraliq va yakuniy nazoratdan to’plagan balining jami 54 ball va undan kam bo’lsa akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Joriy (JN) va oraliq nazorat (ON) turlari bo’yicha 55 va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.

Yakaniy nazoratda semester yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilimva amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli.Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” yoki “Test” shaklida o’kazilib 0-30 ballgacha baholanadi.
Yakuniy nazoratni o’tkazish

M E Z O N I
Talabalar “Siyosatshunoslik.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanidan yakuniy nazoratni “Yozma ish” usulida topshiradilar va o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0 dan 30 ballgacha baholanadi.

Fan bo’yicha yakuniy nazoratning yozma ish variantlari 3 (uchta) savollardan iborat. Har bir savolga berilgan javobi 0-10 ballgacha baholanadi.

Berilgan har bir savolga to‘g‘ri va to‘liq javob yozilsa, fanning nazariy va uslubiy asoslari to‘g‘ri qo‘llanilsa, ilmiy tushunchalar haqida o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lsa va uni yozma shaklda bayon eta olsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 8,6-10 ballar oralig’da baholanadi.

Berilgan savollarga to‘liq javob yozilsa, fanga oid va jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar to‘liq va to‘g‘ri aniqlansa, omillar ta’siriga ijodiy yondoshgan holda xulosa va fikrlar bildirilsa, 7,1-8,5 ballar oralig’da baholanadi

Berilgan har bir savolga fan haqida qisman tasavvurga ega bo’lish, fanining nazariy va uslubiy asoslari to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 5,5-7,0 ballar oralig’da baholanadi .

Fan haqida aniq tasavvurga ega bo’lmaslik. Berilgan har bir savolga javob yozilmasa, noto‘g‘ri javob yozilsa yoki o‘quv adabiyotidan so‘zma-so‘z ko‘chirib yozilsa 0-5,4 ballar oralig’da baholanadi.

Yakuniy nazorat bo’yicha umumiy ball yaxlit holda qo’yiladi.

Foydalaniladigan o`quv adabiyotlari ro`yxati
Asosiy adabiyotlar:
1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: “O’zbekiston”, 2011.- 40 b.

2.«Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni. // “Xalq so’zi”, 2000 yil 4 aprel.

3.«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni. // “Xalq so’zi”, 2002 yil 27 dekabr.

4.«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni. // “Xalq so’zi”, 2002 yil 28 dekabr.

5.«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni. // “Xalq so’zi”, 2003 yil 28 dekabr.

6.«Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni. // “Xalq so’zi”, 2004 yil 30 aprel.

7.O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi (1990 yil 20 iyun). – T.: “O’zbekiston”, 1990. – 12. b.

8.«O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni. (1991 yil 31 avgust). – T.:”O’zbekiston”, 1991.- 8 b.

9. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. - T.: “O’zbekiston”, 1996.- 364 b.

10.Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. T.5. - T.: “O’zbekiston”, 1997. – 384 b.

11.Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T.8. - T.: “O’zbekiston”, 2000. – 528 b.

12.Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T.11 – T.: “O’zbekiston”, 2003.-320 b.

13.Karimov I.A. O’zbekiston hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. T.13. - T.: “O’zbekiston”, 2005. - 448 b.

14.Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat. T. “O’zbekiston”, 2006, -280 b.

15.Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 320 b.

16.Karimov I.A. “Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida” – T.16. – T.: “O’zbekiston” , 2008. -368 b.

17.Karimov I.A. “Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz” ” – T.17. – T.: “O’zbekiston” , 2009. -280 b.

18.Karimov I.A. “Jahon inqirozlarining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko’tarish sari” – T.18. – T.: “O’zbekiston” , 2010. -264 b.

19. Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Senatining qo’shma majlisida O’zbekiston Respublikasining mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlangan nutqi. T.: O’zbekiston, 2011 y.

20.Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch”. T. “Ma’naviyat”, 2008 yil. 176 b.

21.Karimov I.A. “O’zbekiston Konstitutsiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir”. T.: “O’zbekiston”, 2010.

22.Karlmov I.A.”Demokratlk islohotlarni yanada chuqu riasht1r1sh ua fuqaro1yk jam1yatin1 shak11antrish mam1akatim1z taraqqiyotining asosiy myzonidir” – T.19– T.: O’zbekiston, 2011.

23. Karlmov I.A. “O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida” – T.: O’zbekiston, 2012.

24. Karlmov I.A. “Tarixdan saboq o1ib, zamon bi1an xamqadam b o’1ib yashash – bugungi xayotning o’tkir ta1abi” 2012, “Xa1q s o’zi”, 11-may


Qo’shimcha adabiyotlar:
25.Ergashev I. va b. Politologiya – T.: “Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi”, 2002-347 b.

26.Gafarli M., Kasaev A. Rivojlanishning o’zbek modeli: tinchlik va barqarorlik - taraqqiyot asosi. -T.: O’zbekiston, 2001. -368 b.

27.Levitin L. O’zbekiston tarixiy burilish pallasida. -T.: O’zbekiston, 2001. -368 b.

28.Ergashev I. va boshqalar.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. T.: «Akademiya», 2005. (darslik)

29.Internet saytlari:

www.mgimo.ru/fileserver

www.pacademy.edu.b

www.rags.ru/kaf/fi…

www.ssu.runnet.ru/…

www.tfi.uz

www.darvoza.uz

www.fgsn.rudn.ru

www.philos.msu.ru

www.philosophy.pu.ru



www.itc.ru

www.mirkin.ru

www.libertarium.ru

www.cepa.newschool.edu/het



Каталог: umk -> Siyosatshunoslik -> Siyosatshunoslik


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa