O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injineringi fakulteti


Amaliyotni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish



Download 271 Kb.
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi271 Kb.
#272671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Абдурахмонова Гулхаё Хисоботи

2. Amaliyotni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish.

2.1. Amaliyotni tashkil qilish va o`tkazish uchun javobgarlik ta’lim muassasasi rektori zimmasiga yuklanadi.



2.2. Ikki tomonlama bitimlar asosida amaliyotni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o`tish mumkin.

2.3. Amaliyotni tashkil qilish va unga rahbarlik bo`yicha oliy ta’lim muassasasining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Ta’lim yo`nalishi (mutaxassislik) bo`yicha talabalarni o`quv jadvalida belgilangan davrda Ishlab chiqarish amaliyotni o`tkazish uchun yuborish;

  • Ishlab chiqarish amaliyot o`tkazilishi muddatini, talaba amaliyotchilar bajaradigan ishlar mazmunini oldindan kelishish va loyiha-tadqiqot tashkilotlari bilan shartnoma tuzish;

  • Talabalarni loyiha-tadqiqot tashkilotlarida amalda bo`lgan ichki nazorat, mexnat muxofazasi, yong`in xavfsizligi, tibbiy-gigienik talablar, texnika xavfsizligi qoidalari, loyiha-tadqiqot tashkilotlaridagi tegishli kasb va malakali ishchilar uchun belgilangan boshqa me`yoriy qoidalarga o`rgatish va unga amal qilishini nazorat qilish;

  • Talaba tomonidan jixozlarni ishga tushirish bo`yicha belgilangan talablarga amal qilishni, o`z-o`zini ximoya etish uchun beriladigai vositalardan to`g`ri foydalanishni, shuningdek, ularni xom-ashyo, materiallar, energiya va boshqa manbalardan tejamkorlik bilan foydalanishga o`rgatish;

  • Talabalarni jixozlar bilan to`liq ta’minlangan ish o`rni, kasb bo`yicha o`quv dasturi talablari asosida ish bajarish uchun materiallar, asbob uskunalar va boshqa zarur moslamalar bilan ta’minlanish, loyiha-mehnat xavfsizligining me’yor va qoidalariga rioya etish choralarini ko`rish;

  • Amaliyot o`qituvchilari orqali talabalarning amaliyotiga uslubiy
    rahbarlik qilish va o`quv ishlirini tashkil etish.

2.4. Amaliyotni tashkil qilish va unga rahbarlik bo`yicha dekanlar va kafedra mudirlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Har yili, 1-dekabrgacha bo`lgan muddatda, navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob`ektlari bilan shartnomalar tuzish;

  • Amaliyot boshlanishdan ikki oy oldin talabalar amaliyotini o`tkazish dasturi va kalendar jadvalini amaliyot ob`ektlari bilan kelishib olish;

  • Amaliyot rahbarini tajribali professor, dotsent va o`qituvchilardan tayinlash;

  • Fan, texnika va madaniyatning ilg`or yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni ilmiy tashkil etish, boshqarish va shunga o`xshash masalalar bo`yicha amaliyot ob`ektlari ma`muriyati bilan birgalikda mutaxassislarning ma`ruzalarini tashkil etish;

  • Talabalar va amaliyot ob’ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta’minlash;

  • Ob’ektlardagi talabalar amaliyotining tashkil etish tartibi va o`tkazilishini hamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya qilinishini nazorat etish.

2.5. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tayinlagan amaliyot rahbari vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish uchun ob`ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin borish;

  • Talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o`tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida ko`rsatmalar berish va h k.)ni o`tkazilishini ta`minlash;

  • Talabalarning kafedra topshiriqlarida ko`zda tutilgan loyiha ishlariga rahbarlik qilish;

  • Amaliyot ob’ektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat qilish;

  • Talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish;

  • Amaliyot yakunlari bo`yicha talabalar ilmiy anjumanlari va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etish;

  • Talabalarning amaliyot bo`yicha hisobotini ko`rib chiqish, ularning ishi haqida tavsifnoma berish;

  • Talabalar amaliyot o`tganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko`rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etish;

  • Barcha ishlarni amaliyot ob’ekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan hamkorlikda olib borish.

2.6. Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug`i bilan mas’ul xodimlarning biriga yuklatiladi. Tsex, bo`lim, laboratoriya kabilarda talabalar amaliyotining bevosita rahbarligi amaliyot ob’ekti boshlig`ining buyrug`i bilan ko`rsatilgan tarkibiy bo`limning yuqori malakali mutaxassisi zimmasiga yuklanadi.

2.7. Shartnoma majburiyatlariga muvofiq amaliyot ob’ektlari:



    • Talabalar amaliyotini tegishli dastur va mazkur Nizomga muvofiq tashkil qiladi va o`tkazadi;

  • Dasturga muvofiq talabalarni amaliyot samaradorligini ta’minlovchi ish joylari bilan ta`minlaydi;

    • Ta’lim yo`nalishlariga mos ish joylari mavjud bo`lgan taqdirda amaliyotchilarni tegishli ish haqi bilan lavozimlarga qabul qiladi va amaliyotni o`tishda oliy ta’lim muassasasi bilan kelishilgan oy-kunlik ish jadvaliga amal qiladi;

  • Talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi;

  • Kurs ishi va Ishlab chiqarish bitiruv ishlari uchun mavzular tanlashda yordam ko`rsatadi;

  • Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha majburiy ko`rsatmalar beradi, zarur bo`lgan hollarda talabalarni mehnatning xavfsiz usullarini o`rgatadi va bu haqda hujjatlar rasmiylashtiriladi;

  • Amaliyotchi talabalarning mazkur amaliyot ob’ektida joriy qilingan ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini ta`minlaydi va nazorat qiladi;

  • Yaqin atrofda joylashgan boshqa turdosh korxona, muassasa, tashkilotlarga birgalikda tashriflar o`tkazadi;

  • Talabalarning amaliyot o`tish vaqtida mazkur amaliyot ob`ektining tegishli ishchilari uchun joriy qilingan shaxsiy himoya vositalari va issiq ovqat, poyabzal, himoya kiyimlari bilan ta`minlaydi;

  • Shartnoma asosida talabalar yashashi uchun qulay sharoitga ega yotoqxonalar bilan ta`minlaydi. Zarur bo`lganda ularni joylashtirish uchun turar joylarni ijaraga oladi;

  • Zarur bo`lgan hollarda, ichki mehnat intizomini buzgan amaliyotchi talabalarga amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug`i bilan jazo choralari ko`radi va bu haqda oliy ta`lim muassasasi rektoriga xabar qiladi;

  • Amaliyot o`tayotgan talabalar baxtsiz hodisaga uchragan holda, to`la javobgarlikni o`z zimmasiga oladi;

    • Talaba amaliyotchilarning mutaxasissligiga mos ish o`rni, ishlab
      chiqarish vazifalari, zarur xujjatlar, texnik xizmat bilan ta`min etish, oliy ta`lim muassasalarida egallayotgan mutaxassisliklariga mos bo`lmagan ishlarga qo`ymaydi;

    • Mexnatning xavfsiz va tibbiy-gigiena me`yorlariga mos keladigan sharoit yaratadi, belgilangan me`hyor asosida ajratadi;

  • Har bir talaba amaliyotchiga amaliyot yakuni bo`yicha ishlab chiqarish tavsifnomasini taqdim etadi;

  • Ishlab chiqarish amaliyot davrida bajargan ishlari uchun mexnatning ishbay xaqi ko`rinishida belgilangan narxlar asosida maosh to`laydi.

2.8. Talabalarning mutaxasissligi bo`yicha Ishlab chiqarish amaliyotini o`tkazishlari uchun o`quv dasturi talablariga javob beradigan ish joyi va ishlar bilan ta`minlash vazifalari bajarilmasa, shuningdek, amaliyot o`tish davrida talabalar tez-tez va ko`pincha bo`sh turib qolsalar, ularga mexnatning xavfsiz sharoitlari yaratilmasa hamda malaka talab etilmaydigan ikkinchi darajali ishlarga jalb etilsalar, ta`lim muassasasi ularni loyiha–tadqiqot tashkilotlaridan qaytarib olib ketiladi.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari tomonidan talabalarning Ishlab chiqarish amaliyotini o`tkazishlari uchun zarur sharoit yaratilmagan taqdirda, oliy ta’lim muassasasi rahbariyati va amaliyot o`qituvchilari talabalarni ish bajarishlariga ruxsat etmasliklari, bu xaqda shu kunning o`zida tashkilot, loyiha-tadqiqot tashkilot rahbariyatini yozma ravishda xabardor etishlari lozim.



2.9. Loyixa-tadqiqot tashkilotlari barcha talaba amaliyotchilarni
mutaxassisliklar bo`yicha o`quv dasturi, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish
gigienasi, me’yor va qoidalari talablariga javob beradigan ish va ish joyi bilan ta`min eta olmasa, shuningdek, ishlab chiqarish amaliyoti o`tish davrida talabalar bo`sh turib qolsalar, oliy ta’lim muassasasiga talabalarning Ishlab chiqarish amaliyotini boshqa loyiha-tadqiqot tashkilotlarida o`tkazish xuquqi beriladi.

Bunday hollarda, bir xaftadan kam bo`lmagan muddat ichida loyiha-tadqiqot tashkilotlari rahbariyati bu xaqda ogohlantiriladi va boshqa loyiha-tadqiqot tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyotlarini o`tkazishlari yuzasidai shartnoma tuziladi.

2.10. Talaba amaliyot o`tishda:


  • Amaliyot dasturida ko`zda tutilgan topshiriqlarni to`liq bajarishi;

  • Amaliyot ob`ektining ichki mehnat tartib qoidalariga bo`ysunishi;

  • Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o`rganish va qatiy rioya qilishi;

  • Bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori mas`ul bo`lishi, kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarishi, amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berishi va amaliyot bo`yicha hisobotini himoya qilishi shart.



Download 271 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish