O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINERINGI FAKULTETI
5111000 – Kasb ta’limi ( 5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari )
Yo’nalishi talabasi Abdurahmonova Gulhayoning
AMALIYOT DAVRIDA
YOZGAN HISOBOT DAFTARI
Andijon – 2021
Kirish
Sanoat korxonalarining iqtisodiy jixatdan keskin rivojlanishi ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirilishi, qulay ish sharoitlarini yaratilishi va xavfsiz ish joylari bilan taminlanishiga uzviy bog’liq bo’ladi.
Bu esa o’z vaqtida Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi sanoat korxonalarining rivojlanishiga uzviy bog’liq ekanligini ko’rsatadi.
Shuning uchun ham bo`lajak “Texnologik mashina va jihozlar” (mashinasozlik) yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish texnologik jarayonlari, va bu jarayonda faoliyat olib boradigan ishchi hodimlarni sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi jarayonlarni to’g’ri taxlil qilish, ularni oldindan bilish va ularni oldini olish bo’yicha bilim va ko’nikmalar zarur bo`ladi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng, jadal rivojlanish, davlat va ijtimoiy xayotining barcha sohalarini tubdan o`zgartirish, bozor munosabatiga o`ziga xos yo`l tanlab, bosqichma-bosqich o`tishi tamoyilini tutdi.
Xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari faoliyati yangi bosqichiga o`tishni o`zaro manfaatdorlik tashqi iqtisodiy aloqalar asosida ko`rmoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarning jadal rivojlanayotgan shu davrida respublika sanoat korxonalarni taraqqiyoti muxum ahamiyatga ega.
Ma’lumki, o`qitishning hozirgi uslublarida talabaga beriladigan ma’lumotlar miqdori o`qituvchi talabadan oladigan ma’lumotlar miqdoridan bir necha marta ko`pdir. Bu esa talabalar ijodiy faolligi sustligidan dalolat beradi.
Oliy ta’lim va ishlab chiqarish ob’ektlarini isloh qilishning asosiy yo`nalishlarida yosh avlodni tarbiyalash va unga bilim berishni har tomonlama yaxshilash ta’kidlab o`tilgan. Shu munosabat bilan o`rganiladigan ma’lumotlarni taqqoslab, chuqur tahlil va talqin qilish hisobiga talabalarning fikrlash jarayoni va bilimlarni o`zlashtirishi ustidan jiddiy tartibli nazoratni yo`lga qo`yish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra dasturda uzviy ravishda ta’lim berish va amaliy ko`nikma xosil qilish masalalarini kiritish muhim ahamiyatga molikdir. Bu amaliyot dasturida talabalarning o`quv - ishlab chiqarish amaliyotining o`tkazilishi amaliyot dasturida ko`zda tutilgan topshiriqlarni to`liq bajarilishi, amaliyot ob’ektining ichki mehnat tartib qoidalariga bo`ysunishi, mehnat muxofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o`rganishi va qat’iy rioya qilishi, bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori javobgarlik olishi, kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarilishi, amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani xaqida yozma ravishda hisobot berishi hamda amaliyot bo`yicha sinov topshirishlari kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |