O’laksa pashshalar (Calliphoridae) oilasi. Bular metallsimon yoki yaltiroq rangli, o’rta ko’krak epimerlari qilchali, mo’ylovining arrasi uzun patli. Lichinkalari hayvonlarning o’limtiklarida, tashlandiq go’shtda rivojlanadi, ba’zilari sut emizuvchllarda parazitlik qilib miaza (kasallik) hodisasini chaqiradi, ba’zilari esa hasharotlar va umurtqasizlarning parazitidir. Ko’pchilik turlari sinantrop bo’lib, oshxonalar, qushxonalar, axlat o’ralar oldida yashab mikrob va gelmintlarning tuxumini tashiydi. Sinantroplardan ko’k (Calliphora) va yashil (Lucilia) o’laksxo’r pashshalar avlodi vakillari keng tarqalgan. Bulardan ba’zi birlari ochiq yaralarga tuxumini qo’yib, fakultativ miazalarni chaqiradi. Shu yo’l bilan uy hayvonlariga katta ziyon yetkazadi.
Go'sht pashshasi (Calliphora erythrocephala) ning bo'yi 7-14 mm, metallga o'xshash yaltiroq, boshining oxirgi qismi qizg'ish, ko'krak qismi esa qora tusda. Go'sht pashshasi, ayniqsa, qushxonalarga tuxum qo'yish uchun uchib kiradi. Kattaligi 1,5 mm keladigan ellipssimon shakldagi tuxumlarini 450-600 tadan qilib, go'sht va boshqa hayvon mahsulotlariga qo'yadi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalar 10-12 kun oziqlanib, g'umbakka aylanish oldidan yerga tushadi. Bu pashshaning lichinkalari har xil yaralar va jarohatlarda soxta parazitlik qiladi.
Pashshaning lichinkalari toza sharoitda o'stirilib, tuzalishi qiyin bo'lgan osteomiyelit kasalligini davolashda qo'llaniladi. Buning uchun yaraning ichiga lichinkalar yuboriladi. Lichinkalar kasallangan to'qimalarni iste'mol qiladi. Har 5 kunda lichinkalar almashtirilib turiladi. Sunday davolash yosh bolalarda 6-7 hafta, katta yoshdagi kishilarda ko'proq davom etadi.
Qon so'ruvchi pashshalar (Hyppoboscidae) oilasi vakillarining tuzilishi hayvonlar juni va pat qoplami orasida harakatlanishga moslashgan. Tanasi yassi va keng, qanotlari tanasiga tig'iz tegib turadi, oyoq tirnoqlari o'tkir. Ayrim turlarida qanotlari reduksiyaga uchragan. Urg’ochi zoti g’umbakka o’tuvchi bitta lichinka tug’adi. U tezda g’umbakka aylanadi.
Qon so'ruvchi pashshalar uzun xartumi bilan sutemizuvchilar va qushlar qonini so'radi. Ayniqsa, qo'y pashshasi (Melophagus ovinus), qanotli ot qon s’rar pashshasi (Hippobosca equina) va it pashshasi (Hippobosca longipennis) ko'pchilikka ma'lum.
Qo'y pashshasi hayvonlar qonining kamayib ketishiga, terisining yallig'lanishiga va junlarining to'kilishiga sabab bo'ladi. Qo'y pashshasi qanotsiz bo’ladi.
Pashshalarga qarshi kurashish uchun, avvalo, ular ko'payadigan joylardagi li-chinkalarni to'liq yo'qotish, kir o'ralari, hojatxonalar va axlatxonalarni tez-tez tozalab turish lozim. Quruq axlatni yoqib tashlash kerak. Chiqindilarni kompostlash yoki dezinfeksiyalovchi moddalar bilan zararsizlantirish lozim. Ochiq tipdagi ho-jatxonalarda axlat ustiga so'ndirilrnagan ohak yoki xlorli ohak sepib turish zarur. Voyaga yetgan pashshalarni qirish uchun binolarga insektitsidlar bilan ishlov berish lozim. Pashshalar yopishqoq qog'oz va pashsha tutqichlar bilan tutiladi. Jamoat ovqatlanadigan korxonalarda, oziq-ovqat omborlarida, kasalxona va yotoq-xonalarda pashshani batamom qirib tashlash zarur. Buning uchun ularga qarshi turli insektitsidlar: xlorofos, geksoxloran va boshqa dorilar qo'llaniladi. Bino va oziq-ovqat mahsulotlarini pashshadan saqlash kerak. Yoz vaqtlarida derazalarga doka, sim to'r tutish, ovqatlarning va idishlarning ustini yopib qo'yish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |