O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


 G‘arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/157
Sana27.07.2021
Hajmi1,47 Mb.
#130038
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   157
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish nazariyasi va metodikasi moduli boyicha

2. G‘arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik 
fikrlar taraqqiyoti 
 
O‘rta  asr  G‘arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  ikki  guruhga  bo‘lingan  va  etti 
fanni  o‘z  ichiga  olgan  ta’lim  dasturi  vujudga  kelgan  edi.  Birinchi  guruh  uchta 
fandan  iborat  edi,  shu  sababli  unga  lotincha  “trivium”  nomi  berildi.  Bunga 
grammatika  (lotin  tili  grammatikasi),  ritorika  va  dialektika  kirar  edi.  Ikkinchi 
guruh to‘rt fandan iborat bo‘lgani uchun uni lotincha “kvadrivium” deyiladi. Unga 
arifmetika,  geometriya,  astronomiya  va  musiqa kirar  edi.  Hammasi  bo‘lib  bu  etti 
fanni “etti erkin san’at” deb atash rasm bo‘lib qoldi. 
Mazkur o‘quv fanlari qadimgi YUnoniston ta’lim tizimidan olingan edi, biroq 
o‘rta  asrlarda  ularga  diniy  mazmun  berilib,  hammasi  ramz  bilan  diniy  ma’noda 
tushuntirilar edi. Masalan: grammatikani o‘rganishdan maqsad — muqaddas diniy 


kitoblarni o‘qishni bilib olish, ritorika (notiqlik san’ati nazariyasi)ni o‘rganishdan 
maqsad va’zxonlik qilish, xutba o‘qish san’atini egallab olish, musiqa deyilganda 
esa diniy musiqa nazarda tutilardi (katolik cherkovida ibodat vaqtida organ musiqa 
asbobi  chalinadi  va  diniy  ashulalar  aytiladi).  Dialektika,  munozara,  bahslashish 
san’ati deb tushunilar va katolitsizmga qarshi chiquvchilar bilan munozara qilishga 
yordam beradigan fan deb hisoblanar edi. Hattoki matematikaga ham diniy ma’no 
berilar  edi.  Geometriya  cherkov  binolarini  qurish  uchun  zarur  fan  hisoblanar  edi, 
arifmetikani  o‘qitganda  ayrim  sonlarni  ramz  bilan  diniy  ma’noda  (masalan  “1” 
raqami  bu  xudoning  birligi  simfoli  (ramzi)  deb  tushuntirilar  edi.  Astronomiyadan 
esa diniy kalendar tuzishda foydalanardilar. 
Hamma  fanlarning  toji  deb  —  teologiya  hisoblanar  edi.  O‘rta  asrlarda 
beriladigan ta’lim dasturi cherkov maktablari orqali amalga oshirilar edi. 
Cherkov  maktablarining  asosiy  turlari:  prixod  maktabi  (ya’ni  cherkovga 
qarashli),  monastir  maktabi  va  bosh  cherkov  yoki  episkop  maktablaridan  iborat 
edi.  
Prixod  maktablari  boshlang‘ich  diniy  maktablari  bo‘lib,  unda  o‘g‘il  bolalar 
o‘qir  edi.  Ular  mahalladagi  cherkovga  qarashli  bo‘lib,  unda  ruhoniy  yoki  uning 
yordamchisi  o‘qituvchilik  vazifasini  bajarar  edi.  Prixod  maktablarida  bolalar 
xristian  dini  asoslari  va  qoidalarini, diniy  ashulalar  aytishni, lotin  tilida  o‘qish  va 
yozishni  o‘rganardilar.  Ba’zilarida  esa  bolalar  boshlang‘ich  hisob  ilmini  ham 
o‘rganardilar. 
Monastir maktablari monastir huzuridagi maktablar bo‘lgani sababli shu nom 
bilan  yurgiziladi.  O‘rta  asrlar  Yevropadagi  monastirlar  faqat  tarki  dunyo  qilgan 
monaxlar yashaydigan diniy muassasagina bo‘lib qolmay, balki ba’zi joylarda ular 
o‘z zamonasiga munosib madaniyat markazi, ma’rifat o‘chog‘i ham edilar. Bunday 
monastirlarda  turli  kitoblardan  nusxa  ko‘chirish,  kitobxonalar  tashkil  qilish  bilan 
shug‘ullanar,  ba’zi  monaxlar  ilmiy  muammolar  ustida  ish  olib  borar  edilar. 
Monastir maktablarida o‘qitish vazifasi uchun maxsus monaxlar tayinlanardi. SHu 
ishda  ishlab  turgan  monaxlar  ta’lim-tarbiya  ishini  uyushtirish  va  uni  olib  borish 
sohasida ancha tajriba to‘playdilar. 
Monastir  maktablarining  ko‘pida  prixod  maktabida  o‘qitiladigan  fanlardan 
tashqari, yana yuqorida aytilgan “ettita erkin san’at”dan dars berilar edi. 
Monastir  maktablariga  boshda  faqat  monax  bo‘lishga  tayyorlanadigan  o‘g‘il 
bolalar qabul qilinar edi, keyinchalik esa bu maktablarga o‘qishni xohlagan har bir 
kishi  qabul  qilinaverdi.  Shu  sababdan  monastir  maktablari  “ichki  maktab” 
(monastir  devori  ichida,  faqat  kelgusi  monaxlar  uchun)  va  “tashqi  maktab” 
(monastir  devori  tashqarisida,  hamma  o‘qishni  istaganlar  uchun)  nomli  ikki 
maktabga bo‘lina boshladi. 
Bosh  cherkov  yoki  episkop  maktablari  markaziy  diniy  okrugdagi  bosh 
cherkov (sobor)ga qarashli maktablar edi. Bunday okrugda din ishlari boshqarmasi 
joylashgan  bo‘lib,  uning  boshida  yuqori  lavozimli  ruhoniy  —  episkop  turar  edi. 
SHuning uchun bu maktablarni bosh cherkov yoki episkop maktablari deyilar edi. 
Bu  turdagi  diniy  maktablarda  faqat  o‘g‘il  bolalar  o‘qir  edi.  Bosh  cherkov 
maktablarida  odatda  yuqorida  ko‘rsatilgan  etti  fanning  hammasi  o‘qitilib,  bu 
fanlardan  tashqari  eng  oliy  va  asosiy  fan  deb  hisoblangan  teologiya  (dinqoidlari) 


ham  o‘qitilar  edi.  Monastir  maktablari  singari,  bu  maktablarga  ruhoniy  bo‘lish 
maqsadini  qo‘ymagan  shaxslar  ham  qabul  qilinaverar  edi,  chunki  xat-savodi 
bo‘lgan kishilarga talab tobora kuchayib borar edi. Shu sababli monastr maktablari 
singari,  bu  maktablar  ham  “ichki  maktab”  (faqat  ruhoniylarni  etishtiruvchi)  va 
hamma o‘qishni istovchilar uchun “tashqi episkop maktablari” nomi bilan ikki xil 
maktabga bo‘lina boshladi. 
O‘qish  cherkov  tomonidan  tasdiqlangan  din  darsliklari  va  din  aqidalarini 
yodlashdan  iborat  edi.  Bu  maktablarda  belgilangan  o‘quv  yiliga  rioya  qilinmay, 
maktabga  istagan  vaqtida  kirib,  uni  turli  vaqtda  tamomlab  chiqish  mumkin  edi. 
Sinf-dars  tizimi  ham  yo‘q  edi.  O‘quvchilar  bir  xona  ichida  to‘plangan  bo‘lsalar 
ham, har qaysisi faqat o‘z sabog‘i bilan shug‘ullanar, o‘qituvchi esa shogirdlarini 
bitta-bittadan o‘z oldiga chaqirib, har qaysisiga alohida-alohida saboq berardi. 
Bu maktablarda qattiq intizom o‘rnatilar edi. O‘quvchilar qilgan har bir aybi 
uchun  qattiq  va  shafqatsiz  jazolanardilar.  Bunday  maktablarda  odatda 
o‘quvchilarga tan jazosi berilar edi (savalash, och qoldirish va shu kabilar). 
O‘rta  asrlarda  G‘arbiy  Yevropada  mulkdor  feodal  va  aslzoda  tabaqalariga 
mansub oilalarda tug‘ilgan qiz bolalar odatda xotin-qizlar monastirlari ichida yoki 
maxsus murabbiyalar va oilaga birkitilgan ruhoniylar qo‘l ostidagi uylarda tarbiya 
olardilar. 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish