O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Iqtisodiy  rivojlangan  davlatlar  ta’lim  tizimi



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/157
Sana27.07.2021
Hajmi1,47 Mb.
#130038
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   157
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish nazariyasi va metodikasi moduli boyicha

 
Iqtisodiy  rivojlangan  davlatlar  ta’lim  tizimi.  Rivojlangan  xorijiy 
davlatlarda  ta’limning  mamlakat  ichki  siyosatiga  faol  tasir  etadigan  ijtimoiy 
jarayon  ekanligining  e’tirof  qilingani  haqiqatdir.  Shu  tufayli  ham  rivojlangan 
mamlakatlarda  maktab  ehtiyojini  iqtisodiy  ta’minlashga  ajratilayotgan  mablag’ 
miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. 
 
AQSH, Yaponiya, mamlakatlarida ta’lim tarbiya tizimi, mazmuni va 
rivojlanishi. 
 
Amerika Qo‘shma SHtatlarida ta’lim tizimi 
Amerika  Qo‘shma  SHtatlarida  bolalar  6  yoshdan  17  yoshgacha  12  yil 
o‘qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan: 
1. 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida. 
2. Boshlang‘ich maktab. Bu bosqich 1-5-sinflarni o‘z ichiga oladi. 
3. To‘liq boimagan o‘rta maktab. Bu bosqich 6-8-sinflardan iborat. 
4.  Yuqori  maktab.  Bu  bosqich  9-11-sinflardir.  Mazkur  yuqori  maktab  bilan 
Oliy ta’limni aralashtirmaslik kerak. 
Amerika  maktablarida  9-sinfgacha  asosiy  e’tibor  matematikaga  emas,  balki 
tabiiy  fanlarga  qaratiladi.  O‘quvchilar  uchun  yagona,  majburiy  dar-sliklar, 
qo‘llanmalar  yo‘q.  Maktablarida  texnikaviy  jihatdan  yaxshi  jihozlangan,  sinflar 
kompyuterlashtirilgan.  Har  bir  maktabda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini 
tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Maktablarning 
aksariyati  davlat  ixtiyorida  bo‘lib,  davlat  mablag‘i  bilan  ta’minlanadi.  SHaxsiy 
maktablar  ham  anchagina.  Katta  shaharlarda  yashovchi  o‘ziga  to‘q  ota-onalar 
farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. SHaxsiy maktablarda 
o‘qitish pullik. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o‘qitish uchun bir 
yilga  taxminan  o‘n  ming  dollar  to‘lash  kerak.  Bunday  maktablarda  boy  oila 
farzandlari  ta’lim  oladilar.  SHaxsiy  maktablarning  har  biri  o‘ziga  xos 
xususiyatlarga,  maxsus  dasturlarga,  maxsus  o‘qituvchilarga  ega.  Bunday 
maktablarda sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar soni kam boladi. SHaxsiy maktablarda 
boshlang‘ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi. 


Amerika  davlat  maktablarining  yuqori  sinflaridagi  o‘qish-o‘qitish  tizimi 
biznikidan  tubdan  farq  qiladi.  YUqori  sinflardagi  har  bir  o‘quvchiga  alohida 
o‘qituvchi-murabbiy  biriktiriladi.  U  shu  o‘quvchining  qobiliyati,  qiziqishlarini 
sinchiklab o‘rganib, faqat shu o‘quvchiga uchun alohida reja tuzib, uning o‘qishiga 
rahbarlik  qiladi.  Masalan,  9-sinf  o‘quvchisi  bir  fandan,  deylik,  kimyodan  kuchli 
bo‘lsayu, chet tilidan oqsasa, bu o‘quvchiga 9-sinfda o‘ninchi sinf rejasi bo‘yicha 
kimyoni  o‘rganishga  ruxsat  etiladi.  U  chet  tilini  9-sinf  hajmida  yoki 
engillashtirilgan  reja  bo‘yicha  o‘rganishi  mumkin.  Kimyodan  yoki  matematika, 
biologiya,  fizika  va  boshqa  tabiiy  fanlardan  maktab  rejasini  muddatidan  oldin 
tugatgan,  barcha  kontrol  ishlarini  topshirgan  o‘quvchiga  maktabda  o‘qib  yurgan 
vaqtidayoq  shu  fanlar  bo‘yicha  o‘zi  kirmoqchi  bolgan  kollejning  birinchi  kursi 
imtihonlarini ham topshirishiga imkoniyat yaratiladi. 
Amerikaning  yuqori  maktablarida  shunday  o‘qituvchilar  borki,  ular 
kollejlarning  birinchi  kurslarida  o‘qitiladigan  ma’lum  fanlardan  dars  berishlari 
hamda imtihon olishlari shart. Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo‘q. Oliy 
o‘quv  yurtlariga  kirish  uchun  bizdagidek  kirish  imtihonlari  olinmaydi.  Biroq  har 
bir  abiturient  oliy  o‘quv  yurtiga  kirish  uchun  matematika  va  ingliz  tilidan  sinov 
(test)  topshiradi.  Bunday  testlar  Amerikada  har  yili  3-4  marta  o‘tkaziladi.  Sinov 
savollari  kitob  shaklida  har  yili  chop  etiladi.  Ularda  mingga  yaqin  mashqlar, 
masalalar  va  ular-ning  echimlari  ko‘rsatiladi.  Sinflarda  qanday  savollar  bolishi 
bizga o‘xshab sir tutilmaydi, balki ochiq-oydin «matematika va ingliz tilidan bu yil 
mana shu savollarga javob berish lozim» deb ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bu kitobni 
olib, kirish sinovlariga tayyorlanadi. 
Amerikada  talabalar  matematika  va  irigliz  tilidan  kirish  sinovlarini  10-12 
sinflarda o‘qib yurgan vaqtlarida, o‘zlariga qulay paytda topshira oladilar. 
Amerika ohy o‘quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil 
bo‘ladi: 
S4Z(Sxolastik aptityud test); 
AKX. (Amerikan kollej test) sinovlari. 
SAT  sinovlari  murakkabroq  bo‘ladi.  Mashhur  universitetlarga  kirish  uchun 
SAT sinovlarini albatta topshirish shart. 
Bulardan  tashqari  Murakkablashtirilgan  sinov  ham  bor.  Bu  sinovni  oliy 
maktablarga  kirayotgan  barcha  talabalar  topshirishi  shart  emas.  Mabodo  biror 
talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga 
maxsus  stipendiya  beriladi.  Amerikaning  eng  katta  boyligi  —  bu  aql.  Aql  bu 
mamlakatda qadrlanadi. A’lochi talabalar o‘quv yurtlarining faxri sanalgani sababli 
ham, ularga turli yo‘llar bilan yordam berish,  stipendiyalar tayinlash orqali ularni 
o‘quv  yurtlarida  saqlashga  harakat  qiladilar.  O‘zi  tanlagan  sohada  yutuqlarga 
erishayotgan  talabalar  ro‘yxati  har  yili  alohida  kitob  bobida  nashr  etib  turiladi. 
Bundan  maqsad  mazkur  soha  bilan  qiziquvchi  kompaniyalaming  e’tiborini 
bo‘lajak olimlarga qaratishdir. 
YUqorida  sanab  o‘tilgan  sinovlarning  natijalari  va  yuqori  sinflarda  barcha 
fanlardan  olgan  baholarining  o‘rtacha  miqdori  talabaniuniversitetga  qabul  qilish 
yoki qilmaslik uchun asos hisoblanadi.  


Amerika  kollejlari  ikki  va  to‘rt  yillik  bo‘lib,  ikki  yillik  kollejlarni  bitirgan 
talaba  oliy  ta’lim  pog‘onasidagi  birlamchi  darajaga  ega  bo‘ladi.  To‘rt  yillik 
kollejlarni  tugatgan  talabalar  bakalavr  darajasini  olib,  ohy  ma’lumotning  birinchi 
pog‘onasiga  erishadilar.  To‘rt  yillik  kollejlar bizning to‘rt  yillik  institut va  ayrim 
universitetlarga  mos  keladi.  Amerika  universitetlari  tarkibiga  ikki  va  to‘rt  yillik 
kollejlar,  ilmiy-tadqiqot  markazlari  hamda  ikkinchi  bosqich  ohy  ma’lumot 
beruvchi o‘quv yurtlari kiradi. 
Ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o‘quv yurtlari bizning aspiranturaga 
to‘g‘ri  keladi.  Bu  o‘quv  yurtiga  kirish  uchun  ikki  fandan  imtihon  topshirilishi 
shart.  O‘qishni  muvaffaqiyatli  bitirgan  talaba  magistrlik  darajasini  oladi. 
Magistrlik ilmiy darajasini olgan talaba doktoranturaga kirishi mumkin. Amerikada 
doktoranturaga  kirish  uchun  faqat  mutaxassislikdan  jiddiy  imtihon  topshiriladi. 
Imtihon komissiyasi tarkibida talabaning bo‘lajak ilmiy rahbari ham ishtirok etadi. 
O‘qishni  muvaffaqiyatli  bitirib,  dissertatsiya  yoqlagan  talaba  doktorlik  ilmiy 
darajasini  oladi. Ijtimoiy  fanlardan  doktorlik dissertasiyasi  yoqlagan  talabalarning 
hammasiga  «falsafa  doktori»  ilmiy  unvoni  beriladi.  AQSH  maktablari—oliy 
maktabgacha mana shunday bosqichlarga ega. 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish