O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


KONSTANTIN DMITRIEVICH USHINSKIY (1824—1870)



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/157
Sana27.07.2021
Hajmi1,47 Mb.
#130038
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   157
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish nazariyasi va metodikasi moduli boyicha

 
KONSTANTIN DMITRIEVICH USHINSKIY (1824—1870) 
Mashxur  rus  pedagogi,  rus  pedagogikasi  va  xalq  maktablarining  asoschisi, 
«rus o‘qituvchilarining o‘qituvchisi» Konstantin  Dmitrievich   Ushinskiy   1824  
yilning   19  fevralida Tula shaxrida tug‘ildi. 
Ushinskiy  9  yoshga  qadar  oilada  tarbiyalanib,  savod  chikardi.  So‘ngra 
Novgorod-Seversk  gimnaziyasiga  o‘qishga  kirib,  uni  1840  yilda  muvaffaqiyatli 
tamomladi. Usha yili Moskva dorilfununining xuquqshunoslik fakultetiga o‘qishga 
kirdi  va  usha  davrning  mashxur  professori  Redkinning  bevosita  raxbarligi  ostida 
talim oldi. 
Ushinskiy  1845  yilda  YAroslavl  litseyiga  kameral  (xukukshunos)  fanlar 
professori  vazifasini  bajaruvchi  sifatida  xizmatga  kirdi.  U  uch  yillik  dastlabki 
pedagoglik faoliyatida katta istedod egasi, ekanini namoyish eta oddi. SHuningdek, 
Ushinskiy zo‘r ishtiyok bilan o‘qituvchilik ishini olib borib, talabalarga xavas bilan 
bilim  berishga  xarakat  qildi.  Ularda  ilm-fanga  nisbatan  qiziqish  uyg‘otdi,  eng 
muximi,  o‘z  xalk  va  ona  yurtini  jondan  sevish,  ardoklash  xamda  vijdonan  xalol 
mexnat  qilishga  da’vat  etdi.  Bu  yosh  va  iste’dodli  professorning  mazmunli 
ma’ruzalarini  litsey  talabalari  maroq  bilan  tinglab,  chukur  va  mustaxkam  sabok 
olar edilar. 
K.D.Ushinskiy-pedagoglik  faoliyatini  ilmiy-ijtimoiy  ish  bilan  birga  ko‘shib 
olib bordi. 1848 yilda uning birinchi ilmiy ishi-«Kameral fanlarni o‘kitish xaqida» 
degan  asari  nashr  kilindi.  Bu  asarda  Ushinskiy  oliy  o‘kuv  yurtlaridagi  mavjud 
o‘qitish tizimiga nisbatan tanqidiy ko‘z bilan qaradi. Hukumat tomonidan erkinlik 
berilishini talab etdi. o‘kitish tizimini yaxshilashga oid yirik uslubiy muammolarni 
o‘rtaga qo‘yib, ularni qanday xal etish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. 
Ushinskiyning  ilm-fanni  demokratik  tarzda  targ‘ib  etishi  reaksion  doiralarga 
ma’qul  tushmadi.  1849  yil  sentyabrida  Ushinskiy  va  uning  do‘stlari,  demokratik 
ruxdagi  o‘qituvchilar,  siyosatda  shubxali,  xukumatga  ishonchsiz  kishilar  sifatida 
litseydan  chetlatildi.  K.D.Ushinskiy  boshqa  ish  topish  maksadida  1849  yilda 
Peterburgga  ko‘chib  borib,  juda  katta  qiyinchiliklardan  so‘ng  1850  yilda  ichki 
ishlar vazirligida kichik bir amaldor vazifasida ishlashga majbur bo‘ldi va u erda 
turt  yil  ishladi.  Ushinskiy  faqat  1854  yildagina  YAroslavl  -litseyi  sobiq 
direktorining  tavsiyasi  bilan  Gatchino  institutida  til-adabiyot  va  qonunshunoslik 
o‘qituvchisi  bo‘lib  ishga  kiradi  va  u  erda  tez  fursatda  shu  institutning  sinflar 
inspektori  vazifasiga  ko‘tarildi.  Ushinskiyning  pedagogik  faoliyati  tom  manosi 
bilan  ana  shu  vaqtdan  boshlandi.  U  1859  yilda  Smolniy  institutining  sinflar 
inspektori vazifasiga tayinlandi. Unga  shu  institutning  juda  achinarli  xolga  tushib 
qolgan  ilmiy  bo‘lim  ishlarini  qaytadan  tartibga  solishday  muxim  topshiriq 
yuklandi.  Ushinskiy  bu  ishni  epchillik  bilan  puxta  bajarib,  pedagoglik  jarayonni 
uyushtirish  soxasida  o‘zining  katta  kobiliyat  soxibi  ekanini  ko‘rsatdi.  SHu  bilan 
birga uning pedagogika masalalariga bag‘ishlangan va muntazam chop etilayotgan 
nazariy  tadqiqotlari  uning  faqat  amaliyotchi  emas,  balki  o‘z  ixtisosi  bo‘yicha 
kuchli nazariyotchi ekaligini ko‘rsatdi. 


Ushinskiy  1857  yildan  boshlab  «Tarbiya  jurnali»  («Jurnal  dlya  vospitaniya» 
)da, so‘ngra «Xalq maorifi jurnali»da juda ko‘p sermazmun maqolalar e’lon qildi. 
1860 yilda u «Xalq maorifi jurnali»ning muxarriri qilib tayinlandi. Ushinskiy 1861 
yilda  o‘zining  «Bolalar  dunyosi»  («Detskiy  mir»)  nomli  o‘kish  kitobini  nashr 
ettirdi». Bu kitob o‘sha yilning o‘zidayok ikki marta chop etildi. 
Ushinskiyning pedagogik farliyatiga soya soluvchi (1862 yil) imzosiz xat uni 
o‘z  ishini  tuxtatishga  majbur  qildi.  Bu  xatda  u  go‘yo  siyosiy  jixatdan  ishonchsiz 
kishi  deb,  ayblangan  edi.  Buning  oqibatida  u  chet  ellardagi  xotin-qizlar 
maorifining  yo‘lga  qo‘yilishini o‘rganish va  pedagogikadan darslik  yozish  uchun 
o‘z  vatanidan  ketishga  majbur  bo‘ldi.  U  xorijiy  mamlakatlar-da  yurgan  davrida 
o‘zining  butun  kuch-g‘ayratini  talim-tarbiyaga  doir  asarlar  yozish  va  ularni  chop 
zttirishga yo‘naltirdi. Natijada,, 1861 yilda uning I va II o‘kuv, yillari uchun «Ona 
tili»  darsligi  nashr  etildi  va  unga  «Muallimlar  uchun  qo‘llanma»  degan  uslubiy 
asari  e’lon  qilindi.  1870  yilda  zsa  III  o‘quv  yili  uchun  xam  «Ona  tili»  darsligi 
bosilib  chiqdi.  Bundan  tashqari,  Ushinskiyning  pedagogika  soxasidagi  asosiy 
nazariy  asari  xisoblangan  «Kishi—tarbiya  asoschisi  sifatida»  («Pedagogik 
antropologiyadan  tajriba»)  nomli  asari  ayrim  jildlarga  bo‘linib  nashr  qilina 
boshlandi.  1867  yilda  bu  asarning  I  jildi,  1869  yilda  II  jildi  bosilib  chiqdi. 
Ushinskiy  bu  kitobning  xamma  jildlarini  qisqartirib,  ingliz  tiliga  tarjima  qilish 
maqsadida uchinchi jild ustida, zo‘r g‘ayrat bilan ishlay boshladi. Afsuski, bu ishni 
tamomlash  unga  nasib  bo‘lmadi.  U  Qrimda  davolanish  paytida  qattiq  shamollab 
qoldi.  Bu  shamollash  va  zo‘r  berib  ishlashi  xamda  xizmati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
ko‘ngilsizliklar  orqasida  sog‘lig‘i  yomonlashdi.  1870  yil  21  dekabrda  Odessada 
zotiljam kasalidan vafot etdi. 
 


K.D.Ushinskiy yozgan asarlari quyidagilar: 
 
 
 
Tarbiyaning  xalqchilligi  xaqidagi  g‘oya  Ushinskiyning  pedagogik 
nazariyasidagi  eng  asosiy  g‘oyadir.  "Xar  bir  mamlakatda  bolalarni  tarbiyalash 
tizimi",  deb  aytgan  edi  u,  "Xalkning  rivojlanish  sharoitlari,  uning  extiyoj  va 
talablari  bilan  belgilangan".  «Hamma  uchun  umumiy  bo‘lgan  birgina  tug‘ma 
moyillik borki, tarbiya xamisha shunga tayanishi mumkin: bu biz xalqchillik. deb 
atagan narsadir. Xalqning o‘zi tomonidan yaratilgan va xalqchillik asosiga qurilgan 
tarbiya  shunday  tarbiyaviy  kuchga  egaki,  bunday  kuch  abstrakt  g‘oyalarga 
asoslangan yoki boshqa xalqlardan olingan, eng yaxshi tizimlarda xam yo‘qdir». 
Ushinskiy  xalq  manfaatlariga  muvofiq  tuzilgan  tarbiya  tizimi  bolalarda 
vatanparvarlik  va  milliy  iftixor,  mexnatga  muxabbat  kabi  qimmatli  psixologik 
tuyg‘ularni va axloqiy sifatlarni rivojlantirishi va mustaxkamlashini isbotlar edi. U 
bolalarning  ilk  yoshlik  chog‘idan  boshlab  xalq  madaniyati  bilimlarini 
o‘zlashtirishini,  ona  tilini  egallab  olishini,  xalq  og‘zaki  ijodi  asarlari  bilan 
tanishishini talab kilar edi. 
Ushinskiy xalqchillik deb xar bir xalqning o‘ziga xosligini tushunar ediki, bu 
o‘ziga  xoslik,  o‘sha  xalq  yashashi  va  mexnat  qilishi  lozim  bo‘lgan  tarixiy 
taraqqiyot, geografik va tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi. 
U  «Ijtimoiy  tarbiyada  xalq  ruxi  xaqida»  sarlavxali  maqolasida  tarbiyaning 
xalqchillik  ruxida  bo‘lishi  kerakligi  to‘g‘risidagi  taxlilni  turli  xalqlarda  tarixan 
tarkib  topgan  alomatlarni  xarakterlashdan  boshlaydi.  Ushinskiy  fransuz,  ingliz, 
nemis  va  amerika  tarbiyasini  to‘g‘ri  deb  xisoblaydi  va  uni  chukur  taxlil  qiladi. 
Ayniqsa o‘sha zamondagi reaksion nemis pedagogikasini tanqid qilishga mufassal 
to‘xtaydi. CHorizm shu pedagogika muxlisi adi. Bu pedagogikani mexanik suratda 
«Родное слово» 
 (1,2 йиллар) 
«Детский мир» 
(хрестоматия) 
1861 йили ёзилган 
1864 йилда нашр 
қилинган 
Қуйи синфларда рус 
тилини ўқитиш учун 
хрестоматия. Кўпгина 
материаллар 
тиббиётдан берилган. 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish