O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


-MAVZU: HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/157
Sana27.07.2021
Hajmi1,47 Mb.
#130038
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish nazariyasi va metodikasi moduli boyicha

7-MAVZU: HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM 
TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI 
 
REJA 
 
1. Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi. 
2. AQSH,  Yaponiya  mamalakatlarida  ta’lim  tarbiya  tizimi,  mazmuni  va 
rivojlanishi. 
3. Janubiy Korea, Fransiya, Germaniya mamalakatlarda ta’lim tarbiya tizimi, 
mazmuni va rivojlanishi. 
4. Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar. 
5. Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari. 
 
Tayanch  tushunchalar:  AQSH,  Yaponiya,  Janubiy  Korea,  Fransiya, 
Germaniya ta’lim tizimi, global tendentsiyalar, Xalqaro loyihalar, ta’lim dasturlari 
 
    Jahon  mamlakatlari  ta’lim  tizimi.  Dunyo  ta’lim  makonining  yuzaga 
kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni “inson kapitali” sifatida e’tirof etilishi
ma’lumot  haqidagi  diplomlarning  dunyo  bo’ylab  tan  olinishi  chet  el  tajribasini 
o’rganish jarayonini tezlashtiradi. 
1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda 
yettita bosqich ko’rsatilgan. 0 – maktabgacha ta’lim; 1 – boshlang’ich ta’lim; 2 – 
o’rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 – o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 – o’rta 
ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 
– oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim. 
Jahon  ta’lim  tizimining  ko’p  omilli  ko’rinishga  egaligi  metablokli, 
makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi. 
Jahon  ta’lim  tizimining  o’zaro  aloqadorligi  va  o’zaro  harakati  belgilariga  ko’ra 
regionlarni bir necha turga bo’lish mumkin: 
Birinchi  turga  integrasion  jarayon  generatorlari  hisoblangan  regionlar  kiradi. 
Bunday regionga eng yorqin misol sifatida G’arbiy YYevropani keltirish mumkin. 
Birlik g’oyasi 1990 yillardan G’arbiy YYevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining 
asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSH va Kanada 
kabilarni  ham  kiritish  mumkin.  Jahonda  integratsion  jarayonlarning  generatori 
sifatida  yangi  Osiyo-Tinchokeani  regioni  ham  shakllanmoqda.  Unga  Koreya, 
Tayvan,  Singapur  va  Gonkong,  shuningdek,  Malayziya,  Tayland,  Filippin  va 
Indoneziya kabi davlatlarni kiritish mumkin. 
Ikkinchi  turga  integratsion  jarayonlarga  muvaffaqiyatli  javob  qaytarayotgan 
hududlar  tegishli.  Birinchi  navbatda  bu  Lotin  Amerikasi  davlatlaridir.  Tarixda 
bo’lgani  singari  bugungi  kunda  ham  Lotin  Amerikasiga  integratsion  o’choqlar 
zonasi sifatida AQSH va G’arbiy YYevropa tomonidan ta’sir ko’rsatilmoqda.  
Uchinchi  turga  ta’lim  jarayoni  integratsiyasiga  kam  e’tibor  qaratayotgan 
regionlar  kiradi.  Mazkur  guruhga  Saxara  janubidan  boshlab  Afrika  davlatlarining 
katta  qismi,  janubiy  va  janubiy-sharqiy  Osiyoning  qator  davlatlari,  Tinch  va 
Atlantika  okeani  havzasidagi  uncha  katta  bo’lmagan  orol  davlatlarini  kiritish 


mumkin.  Afrika  davlatlarida  maktab  ta’limining  davomiyligi  minimal  daraja  –  4 
yildan kam. Mazkur hududlarda aholining ko’pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy 
Saxarada  yashovchi  140  mln  afrikalik  savodsizligicha  qolmoqda.  Maktab  ta’limi 
davomiyligining eng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2,4 yil, 
Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil.  
XX  asrning  oxiriga  kelib  qator  iqtisodiy,  siyosiy,  ijtimoiy  sabablarga  ko’ra 
ta’limning  uzluksizligi  va  integratsion  jarayonlarda  og’ishlar  kuzatilayotan 
hududlar ajratib ko’rsatildi. Bunday hududlarga arab davlatlari, Sharqiy YYevropa 
va Sobiq SSSR davlatlari kiradi. Arab davlatlarida ichki integratsiyaga tayanadigan 
to’rtta  subregionni  shakllantirisha  intilish  kuzatilmoqda.  Bu  hududlarga:  Mag’rib 
(Liviya  bilan  birga),  Yaqin  Sharq  (Misr,  Iroq,  Suriya,  Livan,  Iordaniya),  Fors 
ko’rfazi  (Saudiya  Arabistoni,  Quvayt,  BAA,  Qatar,  Ummon,  Baxrayn),  Qizil 
dengiz bo’yi va Mavritaniya davlatlari. 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish