O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/157
Sana27.07.2021
Hajmi1,47 Mb.
#130038
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   157
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish nazariyasi va metodikasi moduli boyicha

Aqliy  ta’lim.  Disterveg  ham  Pestalotssi  singari,  ta’limning  asosiy  vazifasi 
bolalarning  aqliy  kuchlarini  va  qobiliyatlarini  o‘stirishdan  iboratdir,  deb 
hisoblaydi.  Lekin  u  formal  ta’lim  moddiy  ta’lim  bilan  chambarchas 
bog‘langanligini ko‘rsatib, Pestalotssiga nisbatan olg‘a tomon katta qadam qo‘ydi. 
Disterveg, umuman sof formal ta’lim bo‘lmaydi, lekin o‘quvchining o‘zi mustaqil 
olgan bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi. 
Ta’lim  insonning  har  tomonlama  kamolotga  etishiga  va  uning  axloqiy 
tarbiyasiga  yordam  berishi  lozim.  O‘qitilayotgan  har  bir  narsa  ta’lim  jihatdan 
qimmatga ega bo‘lish bilan bir qatorda, axloqiy ahamiyatga egadir. 
Disterveg vatan tarixini va geografiyasini, ona tili va adabiyotni o‘qitishning 
bolalarga  ta’lim  berishda  katta  o‘rniborligini  ko‘rsatib  o‘tdi.  U  tabiiyot  va 
matematika fanlariga ayniqsa yuksak baho berdi, bu fanlar bolalarning aqliy o‘sishi 
uchun  muhim  vosita  ekanligini  ko‘rsatdi  va  hamma  tipdagi  umumiy  ta’lim 
maktablarida bu fanlar o‘qitilishi lozim deb hisobladi. SHu bilan birga, tabiiyot va 
matematika  o‘quvchilarni  zarur  bilimlar  bilan  lozim  bo‘lgan  darajada 
qurollantirishi,  ularni  kelajak  amaliy  faoliyatiga  tayyorlanishi  lozim,  deb  talab 
qildi. 
Distervegning  fikricha,  boshlang‘ich  maktabda  o‘quvchilarning  o‘qitilgan 
materialni  o‘zlashtirish  ustida  mustaqil  ishlay  oladigan  qilishga,  ularda  buning 
uchun  malaka  hosil  qilishga,  ularning  aqliy  kuch  va  qobiliyatlarini  o‘stirishga 
asosiy e’tibor berilishi zarur. O‘qituvchi ko‘rsatmali o‘qitish yo‘li bilan bolalardagi 
barcha  sezgi  a’zolarini  o‘stirishga  alohida  e’tibor  berishi  lozim.  O‘rta  maktabda 
“moddiy maqsad ham asta-sekin oldinga surila beradi” — o‘quvchilar xilma-xil va 
chuqur ilmiy bilimlar bilan qurollantira beriladi. 
Disterveg  boshlang‘ich  maktabning  o‘quv  rejasiga  tabiiyotni,  fizikadan 
boshlang‘ich  ma’lumotlar,  amaliy  geometriya,  geografiyani  kiritib,  bu  rejani 
kengaytirishni  talab  qildi.  U  o‘rta  maktabda  real  bilimlarni  o‘qitish  prinsipini 
qizg‘in himoya qildi va o‘z zamonidagi klassik gimnaziyani qoraladi. 
Disterveg  takomillashib  boruvchi  ta’lim  didaktikasini  yaratdi,  bu 
didaktikaning asosiy  talablarini ta’limning 33 qonuni va qoidasi tariqasida bayon 
qilib berdi. Disterveg avvalo tabiatga uyg‘un qilib, bola idrokining xususiyatlariga 
muvofiq  qilib  o‘qitishni  talab  qildi.  U  misollardan  qoidalarga:  buyumlar  va  bu 
buyumlar  to‘g‘risidagi  aniq  tasavvurlardan  shu  buyumlarni  ifodalovchi  so‘zlarga 
o‘tishni taklif  qildi. Disterveg bolalarni  ularning  sezgi organlari  bevosita his  qila 
oladigan buyumlar bilan tanishtirishga juda katta ahamiyat berish bilan bir vaqtda, 
bolaning o‘z sezgi a’zolari bilan idrok qilayotgan butun materialni o‘ylab ko‘rishi 
va anglab olishi zarurligini uqtirib o‘tadi. Disterveg taklif qilgan ko‘rsatmali ta’lim 
“yaqindan  uzoqqa”,  “oddiy  narsalardan  murakkab  narsalarga”,  “osonroq 
narsalardan  qiyinroq  narsalarga”,  “ma’lum  narsadan  noma’lum  narsaga”  o‘tish 


kerak, degan qoidalar bilan bog‘langan ta’limdir. O‘z vaqtida Komenskiy ta’riflab 
bergan  bu  qoidalarni  Disterveg  yanada  taraqqiy  ettirdi,  pedagog  bu  qoidalarni 
yuzaki qo‘llanmasligi kerak deb haqli ravishda ogohlantirdi. 
Disterveg  o‘rganilayotgan  materialni  ongli  o‘zlashtirishga  katta  ahamiyat 
beradi.  O‘quvchilarning  o‘rganilgan  material  mohiyatini  ravshan  va  aniq  bayon 
qilib  bera  oladigan  bo‘lishi  shu  materialning  o‘zlashtirilganligini  ko‘rsatuvchi 
belgilarning  biridir.  Disterveg  o‘qitilayotgan  materialning  mustahkam 
o‘zlashtirilishiga  ko‘p  e’tibor  beradi.  Disterveg  “O‘quvchilar  o‘rganib  olgan 
narsalarni  unutib  qo‘ymasliklariga  harakat  qil”  degan  qoidani  ilgari  suradi  va 
o‘tilgan  material  esdan  chiqib  qolmasligi  uchun  uni  tez-tez  takrorlab  turishni 
maslahat  beradi.  Distervegning  qoidalaridan  birida  “asoslarni  o‘rganishdan 
shoshilma” deyiladi. 
Distervegning  haqqoniy  ravishda  ta’kidlashicha,  muvaffaqiyatli  ta’lim 
hamisha  tarbiyalovchi  xarakterda  bo‘ladi.  Bunday  ta’lim  bolaning  aqliy 
kuchlarinigina  o‘stirib  qolmay,  balki  uning  shaxsini,  irodasini,  sezgilarini,  xulq-
atvorini ham kamol toptiradi. 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish