O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

 
14.2.
Norasmiy manbalar: mutaxassislar bilan uchrashuvlar, tadqiqiy guruhlar
o‟qituvchilar 
Tadqiqotchilik guruhlari. 
Agar sizni qiziqtirgan soha bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilarni bilib olsangiz, ular norasmiy 
kanallar orqali o‘zaro bilim, ma`lumot va yangiliklar almashishlarini aniqlaysiz. Ba`zan olimlar 
kichik guruhlarga birlashib yaqinda chop etiladigan maqolalaridan nusxalar almashib yurishadi. 
Hozirda bunday guruh a`zolariga Internet katta imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bunda ba`zan 
maqsad maqolalar almashish bo‘lishi mumkin bo‘ladi. Boshqa vaziyatlarda esa ular elektron
pochta orqali o‘zlarini qiziqtirgan tadqiqot haqida baxs yuritadilar.Bunday guruhlar odatda shu 
sohaga qiziquvchi har qanday insonni o‘z a`zolari safiga qo‘shadilar. Shuning uchun sizga 
ilmning ma`lum bir tadqiqot sohasiga qiziqish shakllangandan boshlab shunday guruhlar 
faoliyatini kuzatib boring. Ular juda qimmatli ma`lumotlar manbai bo‘lishlari mumkin. 
Mutaxassislik uchrashuvlari, konferensiyalar 
Soha yangiliklaridan boxabar bo‘lish uchun norasmiy manbalarni unutmaslik kerak. O‘z ishi 
jurnallarda chiqishidan oldin ko‘plab tadqiqotchilar o‘z ishlarini mutaxassislik uchrashuvlarida 
hamkasblariga taqdim etadilar. Jurnallarda chop etilgan maqolalarning deyarli 5 dan bir qismi 
bundan oldin OTM va Respublikaning konferensiyalarida taqdim etilgan bo‘ladi. 
Albatta ilmiy yo‘nalishingizga bag`ishlangan barcha uchrashuvlar va konferentsiyalarda ishtirok 
etishning iloji yo‘q. Ammo ba`zi uchrashuvlardagi dokladlar tezislar to‘plami deb nomlanuvchi 
tomlarga birlashtiriladi hamda u ko‘pchilik kutubxonalarda mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari 
konferensiyadan oldin tashkilot a`zolari konferentsiya dasturini qo‘lga kiritadilar. Bu dasturdagi 
biron doklad mavzusi sizning tadqiqotingizga bog`liq bo‘ladigan bo‘lsa shunchaki muallifga shu 
dokladdan nusxa jo‘natishni so‘rab so‘rov jo‘natishingiz mumkin. Bunda jamlovchi maqola 
oxirida keltirilgan original maqolaga tegishli adabiyot siz uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Oxirgi vaqtlarda mashxur olimlar boshchiligida majmua kitoblar chop etilmoqda. Bu 
kitoblarning ba`zilarida psixologiya sohasidagi eng so‘nggi ishlar umumlashtirilgan. Har bir 
bobda odatda olim tomonidan tadqiqotning yanada torroq sohalarining hozirgi zamondagi holati 
haqida ma`lumot beriladi. Bu boblar taxliliy maqolaga o‘xshaydi, agarda sizning tadqiqotingiz 
bilan bog`liq bobni topa olsangiz vaqtingiz ancha tejaladi. Bu tur kitoblarda ma`lumotlarni 
ommalashtirish kechishi standart o‘quv kitoblariga nisbatan qisqa bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi 
qo‘llanma nashr etish tizimlari yordamida chiqariladi, bunda esa kiritish, tahrirlash va so‘nggi 
variantni qo‘lga kiritish vaqti qisqaradi. Bunday vaziyatlarda ba`zi ishlar 1-2 yil oldin bajarilgan 
bo‘lishi mumkin. Lekin bu kitoblarda ham jurnallarda bo‘ladigan ekspert baholash amalga 
oshirilmaydi. 
Shuni unitmaslik lozimki, siz uchun adabiyotlar topishda norasmiy manba sifatida xizmat 
qiluvchi fakultetingiz o‘qituvchilari ham mavjuddir. Ba`zi talabalar o‘qituvchi, domlalar menga 
maslahat berishga vaqtlari yo‘q yoki bu qolgan talabalarga nisbatan noxaqlik bo‘ladi qabilidagi 
fikrlar bilan ularga maslahat so‘rash masalasi bilan murojaat qilmaydilar. Haqiqatda esa 
ko‘pchilik domlalarga bunday murojaatlar yoqadi hamda beminnat maslaxat berib, kerakligini 
anglab o‘zlarini juda yaxshi xis qilishadi. Bu maslaxat ham xuddi domla, o‘qituvchilarning 
talabalarga auditoriyada ma`ruza o‘qishlari kabi ta`lim berishning bir bo‘lagidir. Haqiqiy 
tadqiqotchilar o‘z tadqiqotlariga kerakli ma`lumotlarni olish uchun bor kuchlari bilan barcha 
manbalardan foydalanadilar. Zero, fan-olimlarning o‘zaro kim o‘zarga bo‘lgan kurashi emas
maqsadi- yagona bilimlar tizimini shakllantirish bo‘lgan hamkorlikdagi faoliyatdir. 
Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyada ilmiy manbalar bilan ishlash bir qancha 
talablarni qo‘yadi. Bunda ilmiy manbalarni o‘z vaqtida ishlatish, ularni to‘g`ri tanlash, 
manbalarni samarali qo‘llay olish lozim. Manbalar bilan ishlashda ma`lumotalarni qaysi yilga 
mansubligi, dolzarbligini va hozirgi davrga tadbiq qilish mumkin yoki mumkin emasligini ham 
hisobga olish lozim. Ma`lum bo‘ldiki, psixodiagnostika va eksperimental psixologiyada ilmiy 


256 
manbalar bilan ishlash ikki turga ajratilgan, bulardan birinchisi rasmiy manbalar bo‘lib, bunda 
rasmiy manbalar bilan ishlash natijasida kenroq ma`lumot to‘planadi hamda tadqiqot ishining 
unumdorligi ta`minlanadi. Rasmiy manbalarda ma`lumot hajmining kengligi sababli kerakli 
asosiy dalillarni ajratishda qiyinchiliklar bo‘ladi. Bundan tashqari rasmiy manba bo‘lgan texnik 
hisobot o‘ziga yarasha kamchiliklarga ega. Texnik hisobotdagi natijalar raqamlardan iborat 
bo‘ladi, ularni taxlili berilmaydi. 
Norasmiy manbalar bilan ishlash jarayonida eksperimentator yangi ma`lumotlarga ega bo‘lishi 
mumkin. Chunki konferentsiya, tadqiqotchilar guruhi, labaratoriya kengashlari, og`zaki 
maslaxatlarda, to‘garaklarda tadqiqotchilar o‘zaro fikr almashib yangi ma`lumotlarga ega 
bo‘ladi, dunyoqarashi kengayadi. 
Manbalarning har ikki turi bilan ishlash qiyin jarayon hisoblanadi. Bu jarayon engil kechishi 
uchun eksperimentatorda etarli bilim, malakalar talab etiladi. Shuni hisobga olib har qanday 
eksperimentatordan kerakli tajriba, ishga qiziqish hamda oldinga intilish talab etiladi. 

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish