O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


O‟QUV MOTIVATSIYASINING YO‟NALGANLIGINI TASHXIS QILISH



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

O‟QUV MOTIVATSIYASINING YO‟NALGANLIGINI TASHXIS QILISH 
METODIKASI 
Metodika haqida ma`lumot. Test – so‘rovnoma shaklidagi mazkur metodika muayyan fanlarni 
o‘rganishga qaratilgan, o‘quv faoliyati motivatsiyasining yo‘nalganligini va ta`lim oluvchi shaxs 
ichki motivatsiyasining darajasini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ushbu metodika ta`lim 
oluvchilarning barcha guruhlari bilan (12 yoshdan boshlab) – o‘z- o‘zini tahlil qilishga va o‘zi 
haqida xulosa chiqarishga qodir bo‘lgan har qaysi ta`lim oluvchi inson bilan o‘tkazilishi mumkin.
Metodika T.D. Dubovitskaya tomonidan tuzilgan bo‘lib, uning stimul materiali 20 ta 
ta`kiddan iborat. Mazkur ta`kidlar bo‘yicha tekshiriluvchilar ma`lum fanlarga nisbatan o‘z 
munosabatini bildirib, maxsus javob varaqasi (1 - jadval) ning muayyan ustun va startlarida 
tegishli belgilarni qo‘yadilar: «to‘g`ri» - (+ +); «to‘g`ri, shekilli» - (+); «noto‘g`ri, shekilli» - (+); 
«noto‘g‘ri, shekilli» - (- ); «noto‘g`ri» - (- - ).
Javob raqasi 
O‘rganilayotgan fanlar 
Matematika 
Psixologiya 
… 
… 


… 
19 
20 
Qanday fanlarni tanlashi eksperimentator ixtiyorida
Ta`kidlar. 
1. Ushbu fanni o‘rganish orqali o‘zim uchun ko‘p kerakli narsalarni o‘rganib 
olayapman, o‘z qobiliyatlarimni namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lib turibman. 
2. Bu fan menga qiziq va men shu fan yuzasidan imkon qadar ko‘proq narsa bilishni xohlayman. 
3. Mazkur fanni o‘rganishimizda menga darsda beriladigan bilimlarning o‘zi kifoyadir. 


4. Ushbu fan bo‘yicha beriladigan topshiriqlar menga qiziq emas, men ularni o‘qituvchi talab 
qilgani uchungina bajaraman. 
5. Bu fanni o‘rganishda oldimda paydo bo‘luvchi qiyinchiliklar fanga bo‘lgan qiziqishimni 
yanada orttirib Yuboradi. 
6. Mazkur fanni o‘rganishda darslik va tavsiya etilgan adabiyotlardan tashqari mustaqil ravishda 
qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishib boraman. 
7. Ushbu fanga tegishli murakkab nazariy masalalarni o‘rganmasa ham bo‘ladi, deb hisoblayman. 
8. Bu fanni o‘rganishda biror ishning uddasidan chiqolmasa, men muammoning tagiga etishga 
harakat qilaman. 
9. Mazkur fandan dars o‘tilganda negadir umuman o‘qishni istamay qolaman. 
10. Ushbu fan yuzasidan beriladigan topshiriqlar ustida faqat o‘qituvchi nazorat qilib 
turgandagina ishlayman.
11. Bu fanga taalluqli ma`lumotlarni bo‘sh vaqtda (tanaffusda, uyda) sinfdoshlarim (do‘stlarim) 
bilan muhokama qilish menga qiziq tuYuladi. 
12. Mazkur fandan topshirilgan vazifalarni mustaqil bajarishga harakat qilaman, kimdirning 
maslahat va yordam berib turishini yoqtirmayman. 
13. Ushbu fanga tegishli topshiriqlarni boshqalardan ko‘chirib olishga harakat qilaman yoki 
kimdandir vazifani o‘rnimga qilib berishni iltimos qilaman. 
14. Bu fan bo‘yicha beriladigan barcha bilimlar kerak deb hisoblayman, shuning uchun bu fandan 
imkoni boricha ko‘proq narsa bilish kerak degan fikrdaman. 
15. Mazkur fan bo‘yicha qo‘yiladigan baho menga bu fandan beriladigan bilimdan muhimroq. 
16. Ushbu fandan o‘tkaziladigan darsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan bo‘lsam, bundan unchalik 
qattiq xafa bo‘lmayman. 
17. Bu fan bilan shug`ullanish uchun men bo‘sh vaqtimning ham katta qismini unga sarflayman. 
18. Mazkur fanni qiyinchilik bilan o‘zlashtiraman, shu fan bo‘yicha beriladigan topshiriqlarni o‘z 
-o‘zimni majburlab bajaraman. 
19. Ushbu fan bo‘yicha o‘tkaziladigan darsda kasallik yoki boshqa sabab bilan qatnasha olmasam, 
xafa bo‘lishim mumkin. 
20. Agar imkoniyatim bo‘lganda, men bu fanni dars jadvali (o‘quv rejasi) dan olib tashlagan 
bo‘lardim.

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish