O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


XVI. GURUHLARARO VA GURUH ICHIDAGI LOYIXALAR



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

XVI. GURUHLARARO VA GURUH ICHIDAGI LOYIXALAR 
Reja: 
16.1.Guruh 
haqida tushuncha va guruh borasidagi ekperimentlar tarixi. 
16.2.Guruh 
ichidagi va guruhlararo eksperimentlar tuzish. 
16.3.Guruh 
ichidagi va guruhlararo eksperimentlarning yutuq va kamchiliklari. 
Maqsad:
 
Talabalarda guruh va guruhlararo eksperimentlarni tuzish va ularni o‘tkazish, ularning Yutuq 
va kamchiliklarini o‘rganish hamda nazariy bilimlarni shakllantirish. 
Vazifalar: 
1.Talabalarda o‘z ustida ilmiy izlanish olib borishda, guruh va guruhlararo eksperimentlarning 
etik tamoyillarini hamda ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tarbiyalash. 
2.Talabalarda ilmiy dunyoqarashni, ijodiy mustaqil tafakkurni, ma`lumotlarni tizimlashtirish, 
umumlashtirish malakalarini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
Konformizm effekti .Tashqi konformizm .Ichki konformizm. 
Negativizm, Nonkonformizm. 
16.1 Guruh haqida tushuncha va guruh borasidagi ekperimentlar tarixi. 
Guruh - aniq chegaralangan kattalikdagi, (sotsiumdan) jamiyatdan ajralib chiqqan, biror bir 
maqsadda birlashgan, vazifasi va faoliyati bir bo'lgan insonlar yig'indisi, jamlanmasi hisoblanadi. 
Guruhlar haqida gapirganimizda ko'z oldimizga tabiiy sharoitda hosil bo'lgan guruhlarni 
keltiramiz: oila, sport guruhi, do'stlar jamoasi, harbiy bo'linma, sinf, jinoyatchilar uYushmasi, 
ishlab chiqaruvchi jamoa, kosmik kema ekipaji va hakozo. Bu qatorni uzoq davom ettirishimiz 
mumkin. Aynan shuning uchun guruhga nisbatan universal ijtimoiy - psixologik klassifikatsiyani 
keltira olmaymiz. Har qanday klassifikatsiya tuzilmasi qanchalik to'liq va yaxshi ishlab chiqilgan 
bo'lmasin barcha guruhlarga tegishli bo'lmaydi. Shuning uchun guruhlarni klassifikatsiylashda 
dixotomik tamoyilga asoslanadi. 
Bunga misol qilib, mavjud an'anaga aylangan klassifikatsiyalarni keltirishimiz mumkin: katta va 
kichik, ochiq va yopiq, birlamchi va ikkilamchi, rasmiy (formal) va norasmiy 
(noformal), uzoq va qisqa muddatli, referent va a'zolik guruhi, tashkil qilingan va tashkil 
qilinmagan va hakozolardir. 
Katta guruh - katta miqdordagi a'zolarga ega bo'lgan, turli aloqalar xillariga asoslangan ijtimoiy 
guruh. 
Kichik guruh - nisbatan kichik hajmdagi a'zolarga ega bo'lgan va faqat o'zaro hal qilinadigan 
muammolarga asoslanadigan ijtimoiy guruh. 
Birlamchi guruh - asosan individning birlamchi ijtimoiy jarayonini va uning boshqa guruhlarga 
tortilishini ta'minlovchi kichik guruhning (oila,o'smirlar guruhi) ko'rinishidan biri. 
Ikkilamchi guruh - birlamchi katta va undagi munosabatlar shakllangan. Masalan: basketbol 
klubi unda bir necha guruhlar mavjud. Bu ikkilamchi guruh. Agar bitta guruh bo'lsa - birlamchi 
guruh bo'ladi. 
Rasmiy (formal) guruh - yuridik maqomga ega bo'lgan ijtimoiy guruh bo'lib,bunda guruhga 
a'zolik, vazifalar, maqsad va xulq - atvor qoidalari me'yoriy hujjatlarda qayd etilgan bo'ladi. 
Amerikalik psixolog yuvenk esa guruhni klassifikatsiya qilishda quyidagi omillarda e'tibor 
berishni aytib o'tgan. Ular quyidagilar: 
1.
shakllanganlik darajasi; 
2.
guruh tipi; 
3.
guruhning maqsadi; 
4.
guruhning vazifalari; 
5.
guruh a'zolarining muloqotchanlik darajasi. 
Shuni nazarda tutish kerakki XX asrning 70 - yillaridayoq psixologiyada stranometrik 
kontseptsiya - nazariy - metodologik va eksperimental rejada ishlab chiqildi (A.V.Petrovskiy, 


268 
guruhdagi shaxslararo munosabatlar nazariyasi). Bunga ko'ra har bir guruhni asosan kichik 
guruhlarni ijtimoiy - psixologik rivojlanish darajasini aniqlash va boshqa guruhlar bilan 
solishtirish edi. Bu yondashuvga binoan guruhning ijtimoiy - psixologik darajasi uning maqsadi, 
vazifasiga bog'liq. Bundan tashqari diffuz yoki nominal guruhlar ham mavjud bo'lib, bunda 
shaxslararo munosabatlar darajasi umuman belgalanmaydi (bu guruh tasodifiy yig'ilgan odamlar 
ya'ni bekatdagi odamlar guruhi hisoblanadi). 
Guruh muammosi, asosan kichik guruhlar muammosi butun dunyo psixologlarini har doim 
qiziqtirgan. Bu qiziqishlarning ilk namunalari XIX asrning oxiriga tegishli bo'lib, 1887- yili 
"Amerikalik psixolog N.Triplet eksperimental tadqiqot natijalarini chop ettirgan. Bu tadqiqotda 
Triplet individual ta'sir effektini yolg'iz holatda va guruhdagi sharoitda o'rgangan. F. Olport 
fikriga ko'ra, bu birinchi eksperimental muammolardan biri edi va u bu eksperimentni 
quyidagicha talqin qilgan: Individual shaxslarda boshqa odamlar ichida qanday o'zgarishlar 
bo'ladi?" 
Birinchi Jahon urushidan keyin guruh muammosi bo'yicha F. Olport, J. Moreno ishladi va ular 
sotsiometriya metodikasi yordamida qochoqlar guruhida eksperiment o'tkazadilar. 
O'tgan asr 20 - yillarining oxiri 30 - yillarining boshlarida AQShda guruh va guruhiy xatti - 
harakatlar bo'yicha ijtimoiy -psixologik tadqiqotlar avj oldi. O'smirlar guruhi bo'yicha K. Levin 
va R. Lipetta tadqiqot olib borib, kichik guruhlarni rivojlanish qonunini va vazifalarini 
tushuntirishga harakat qilishdi. 
Mana shu vaqtlarda M.Sherif ham guruhiy normalari bo'yicha laborotoriyali eksperiment, 
T.Nyukom dala sharoitidagi guruhni holati bo'yicha eksperiment o'tkazadilar. 
Guruh borasida qo'shimcha ishlar qilish Ikkinchi jahon urushida imkon berdi. Bu jarayonda 
admiral Ch. Nimitsani (Tinch okeani flotiga komandir, keyinchalik Ikkinchi jahon urushuning 
yagona katta boshlig'iga aylanadi) o'rni beqiyosdir. Ch. Nimitsa harbiy guruhni birdamligini 
oshirish va guruh tashkil qilish borasida ish olib borishga olimlarga buyruq bergan. 
Urushdan keyingi davrda 80 - yillarda psixologlarda tashkilotdagi yoki ishlab chiqarishdagi 
guruhlarga qiziqish ortdi. Shuningdek, Rossiyada ham zamonaviy guruhlar muammosi ko'tarila 
boshlandi. 
D.Bredford ishchi guruh va komanda o'rtasidagi farqlarni ochib bergan. Lining fikricha, guruh - 
almashtirib bo'lmaydigan a'zolaridan individual kuch oladigan, faoliyat qatlami; komanda esa 
tizimli, bir maqsadda yig'ilgan shaxslar yig'indisi. Uning fikricha, komanda guruhni 
rivojlanishidan kelib chiqadi. 

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish