O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Shubhali amallar: eksperimentni loyihalash, axborot yig`ish, ma`lumotlar tahlili



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

13.2.Shubhali amallar: eksperimentni loyihalash, axborot yig`ish, ma`lumotlar tahlili, 
natijalar taqdimoti
Yuqoridagi paragrafda biz eksperimentatorning o‘ziga qo‘yiladigan talablarga rioya etmasligi 
natijasida kelib chiqadigan holatlar xususida gaplashdik. Endi esa, shubhali amallar haqida 
to‘xtalib o‘tamiz. Bunday holatlardan biri eksperimentni loyihalashtirishda uchraydi. Masalan, 
agar tadqiqotchi biror bir ko‘rsatkichni idora qilsa bo‘ladigan o‘zgaruvchi deb tanlab olsa-yu,
lekin ushbu ko‘rsatkich mustaqil o‘zgaruvchi ta`sirida muntazam o‘zgarib tursa bunday 
tadqiqotlardan olingan natijalar shubhali amallar qatoriga kiradi. Ayniqsa, laboratoriya sharoitida 
o‘tkazilmagan ko‘pgina tadqiqotlarda aynan shu turdagi firibgarlik uchraydi.
Eksperimental tadqiqotlarni loyihalashtirishda o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlarni o‘zaro bir – biriga 
ta`siri inobatga olinmaydi. Natijada esa, eksperiment jarayonidagi o‘zgaruvchilar o‘z tipik 
xususiyatlarini yo‘qotib olingan natijalar shubha ostida qoladi.
Eksperimental tadqiqot davomida axborotlarni yig`ish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan 
axborot yig`ishda yo‘l qo‘yilgan ayrim xatoliklar ham tadqiqot natijalarini shubha ostida 
qoldiradi.
13.3.Turli amallar: ba`zi bir narsalarni tushirib qoldirish, reorganizatsiya, yangicha 
formulirovka 
Eksperimentatorning tadqiqot jarayoniga ta`siri. 
Klassik tabiiy ilmiy eksperiment nazariy jihatdan me`yoriy pozitsiyalarda ko‘riladi: agar 
eksperiment holatlarida tadqiqotchi o‘rni avtomat bilan almashtirilsa eksperiment ideal holatga 
mos kelar edi. Afsuski yoki yaxshiyamki inson psixologiyasi shunday fanlar qatoriga kiradiki, 
bunday qilishning iloji yo‘q. Bundan kelib chiqadiki psixolog shuni ham inobatga olishi kerakki 


248 
har qanday eksperimentator shu jumladan uning o‘zi ham – inson, insonga xos barcha o‘ziga 
xosliklar unga ham begona emas. Birinchi navbatda xatoliklarga yo‘l qo‘yish ya`ni eksperiment 
me`yorlaridan chiqish. Biz hozir eksperimentatorning ataylab xatolikka yo‘l qo‘yishi natijalarni 
soxtalashtirishi 
haqida 
gaplashmoqchi emasmiz. Xatoliklarni to‘g`irlash mumkin. 
Eksperimentator xulqining muallaq holati – boshqa gap bu eksperiment jarayoniga ta`sir etadi va 
xatti- harakatlarning ongsiz psixik boshqariluvining oqibati hisoblanadi. 
Eksperiment shu jumladan psixologik eksperiment har qanday boshqa tadqiqotchi tomonidan 
takrorlanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun uning harakat sxemasi (eksperiment 
me`yori) maksimal darajada obektivlashtirilishi kerak, ya`ni natijalarni takrorlash 
ekperimentatorning qobiliyati, professional harakatlariga, tashqi sharoit yoki holatlarga bog`liq 
bo‘lmasligi kerak. Faoliyatli yondashuv pozitsiyasidan eksperiment bu eksperimentatorning 
sinaluvchiga ta`sirli faoliyati bo‘lib, sinaluvchi harakatlari, faoliyat sharoitlarini o‘zgartirishi 
bilan o‘rganiluvchi, psixikasidagi o‘ziga xosliklarning namoyon qilinishi. Eksperiment muolajasi 
eksperimentatorning faollik darajasi uchun isbot bo‘lib xizmat qiladi, u sinaluvchi ishini tashkil 
etadi, unga vazifa beradi, natijalarni baholaydi, eksperiment sharoitlarini belgilaydi, sinaluvchi 
harakatini va uning faoliyat natijalarini belgilab beradi. Ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan
eksperimentator rahbar, o‘qituvchi, o‘yin tashkilotchisi rollarini ijro etsa, sinaluvchi esa hodim, 
o‘quvchi, o‘yindagi ishtirokchi sifatida namoyon bo‘ladi. Eksperiment sxemasini 
eksperimentator faoliyati sifatida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, u neobixeviorizm modeliga mos 
keladi: stimul – oraliq o‘zgaruvchi – reaktsiya. Eksperimentator sinaluvchiga mashq beradi, 
sinaluvchi (oraliq o‘zgaruvchi) ularni bajaradi. Agar tadqiqotchi o‘z natijalarining 
ma`qullanishini (yoki inkor etilishini) istasa, u eksperiment jarayonida bilmagan xolda 
xatoliklarga yo‘l qo‘yishi yoki natijalarni o‘zgartirishi mumkin, bunda u sinaluvchi ―uning 
gipotezasi‖ bo‘yicha ishlashi uchun faqatgina eksperimental guruh uchun imtiyozli sharoitlar 
yaratadi. Eksperimentatorning bunday harakatlari – aftofakt manbaidir. Amerikalik psixolog 
R.Rozental bu hodisani grek afsonasi qahramoniga bag`ishlab ―Pigmalion effekti‖ deb nomladi 
(Haykaltarosh Pigmalion Galateya deb nomlanadigan qiz Haykalini yasadi. Haykal shunday 
mahorat bilan yasalgan va shu qadar go‘zal ediki natijada Pigmalion o‘z mehnati mahsuli 
Galateyani sevib qoladi. Va xudolardan unga jon ato etishlarini yolvorib so‘raydi. Go‘zallik va 
muhabbat ma`budasi Afrodita uning bu nolishlarini qabul qiladi va haykalga jon ato etadi). 
Nazariyasining to‘g`ri chiqishini hohlagan tadqiqotchi, u to‘g`ri bo‘lib chiqishi uchun irodasiz 
harakatlar qiladi. Bunday holatni nazorat qilish mumkin. Buning uchun tadqiqotga 
eksperimentator assitsentlarni jalb qilishi lozim, faqat ular tadqiqot gipotezasi, uning maqsadidan 
bexabar bo‘lishlari kerak. To‘liq nazorat – bu boshqa tadqiqotchilar eksperiment muallifining 
gipotezasiga tanqidiy munosabatda bo‘lish, natijalarni qaytadan tekshirish. Biroq bu holatda ham 
artifaktlardan holi bo‘lmaymiz – nazorat qiluvchi xuddi eksperimentator kabi oddiy inson.
N.Fridman 1960 yillargacha amerika psixologiyasida hukmronlik qilgan nuqtai nazarni ilmiy 
afsona deb aytgan, uning mazmuni quyidagicha edi: eksperiment o‘tkazish jarayonlari bir xil 
eksperimentatorlar esa bir xilda mutlaqo befarq va malakali bo‘lishgan eksperimentatorlar 
omonim emas va o‘zaro yaqin ham emas: turlicha kuzatiladi, qayd qiladi va eksperiment 
natijalarini baholashadi. 
Eng asosiy muammo – eksperimentatorlarning motivatsiyasidagi farq. Ularning bari yangilikni 
o‘rganishga intilsa-da, unga intilish yo‘llari, vositalari, o‘rganish maqsadlari turlicha bo‘ladi. 
Bundan tashqari tadqiqotchilar turli etnomadaniy jamiyatlarga mansub bo‘ladilar. Shu bilan 
birga barcha eksperimentatorlar ―ideal sinaluvchi‖ haqida orzu qiladilar. ―Ideal sinaluvchi‖ bir 
qator psixologik sifatlarga ega bo‘lishi kerak: itoatkor aqlli bo‘lishi, eksperimentator bilan 
hamkorlik qilishga intilishi, ishga qobilaytli, do‘stona yondashuvli, agressiv bo‘lmagan va 
yomon sifatlardan holi bo‘lishi kerak. ―Ideal sinaluvchi‖ modeli ijtimoiy-psixologik nuqtai 
nazardan butunlay ideal bo‘ysunuvchi yoki ideal o‘quvchi modeliga to‘g`ri keladi. 


249 
Aqlli eksperimentator bu ushalmas orzu ekanligini yaxshi anglaydi. Biroq, sinaluvchining xatti 
harakatlari eksperimentator kutuvlaridan farq qilsa, u sinaluvchiga qahr va g`azab ko‘rsatishi 
mumkin. 
Pigmalion effektining aniq ko‘rinishi qanday? 
Eksperimentator kutuvlari uni sinaluvchining xatti-harakatlariga o‘zi bilmagan holda ta`sir 
o‘tkazishga olib kelishi mumkin. Rozental sinaluvchi shaxsiga ta`sir etish va tadqiqotning borish 
jarayoniga ta`sir etish muammolari bo‘yicha eng mashhur mutaxassis, shuni aniqladiki, 
eksperiment natijalariga eksperimentator tomonidan eng ko‘p ta`sir quyidagilarda aks etar ekan: 
Ta`lim bilan bog`liq eksperimentlarda, qobilyatlarni diagnostika qilishda, psixofizik 
eksperimentlarda, reaktsiya qilish vaqtini aniqlashda, loyihaviy testlarni (Rorshax testi) 
o‘tkazishda, ish faoliyatining laborator tadqiqotlarida, ijtimoiy perseptsiyalarni tatqiq etishda. 
Qanday qilib sinaluvchiga eksperimentatorning kutuvlari ayon bo‘ladi? 
Ta`sir etish manbai tushunib bo‘lmas ustanovkalar bo‘lganligi uchun, ular eksperimentator 
harakatining parametrlaridan, qaysiki ongsiz boshqariluvchi, namoyon bo‘ladi. Bu birinchi 
navbatda mimika va pantomimika (boshni chayqash, tabassum va hakazolar). Ikkinchidan asosiy 
rolni sinaluvchiga ta`sir etuvchi paralingvistik nutq usullari, xususan: yo‘riqnomani o‘qishdagi 
ovoz intonatsiyasi, emotsional ton, ekspressiya va hakazolar. Hayvonlar bilan o‘tkaziladigan 
eksperimentlarda eksperimentator bilmay ular bilan muloqot qilish usilini o‘zgartirib qo‘yishi 
mumkin. Ayniqsa eksperimentator eksperimentgacha katta ta`sir o‘tkazishi mumkin: 
sinaluvchini tayyorlashda, ilk muloqot davrida, yo‘riqnomani o‘qishda, eksperiment jarayonida, 
eksperimentatorning sinaluvchi xatti-harakatlariga ko‘rsatayotgan e`tibori, katta ta`sir ko‘rsatishi 
mumkin. Eksperimental tadqiqot natijalariga ko‘ra ushbu e`tibor sinaluvchi faoliyatining 
predmetga qaratilganligini oshiradi. Shu bilan birga tadqiqotchi sinaluvchida eksperimentga 
nisbatan birlamchi utsanovkalarni hosil qiladi va o‘ziga nisbatan munosabatni shakllantiradi.
Ma`lumki, aynan ―birinchi taassurot effekti‖ yaratilgan obrazga mos kelmaydigan, barcha 
keyingi ma`lumotlarni tasodifiy deb qarashga olib keladi. Eksperiment o‘tkazuvchining kutuvlari 
u tomonidan eksperiment natijalarini yozib olishga ham ta`sir qiladi. Shu jumladan Kennedi va 
Upxoff tadqiqotchining u tomonidan natijalarni yozib olishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarga, 
munosabatiga ta`sirini aniqladilar. Eksperiment ―fenomenal telepatiya‖ni o‘rganishga 
bag`ishlangan edi. Bir hil qiymatdagi odamlar guruhi (telepatiyaga ishonadigan va 
ishonmaydigan) tanlab olingan edi. Ulardan sinaluvchi urinishlari natijalarini boshqa sinaluvchi 
tomonidan Yuborilayotgan ―telepatik ma`lumotlari‖ orqali natijalar mazmunini aniqlash va 
ularni yozib borish so‘raladi. Telepatiyaga ishonadiganlar, o‘rtacha aniqlanganlar sonini 63 % 
ga ko‘paytirildi, unga ishonmaganlar esa 67 % ga kamaytirildilar. Rozental natijalarni qayd 
etishga kutuvlarning ta`siri muammosi bo‘yicha 21 ishni tahlil qilgan. Aniqlanishicha natijalarni 
qayd qilishning 60 % xatoliklarga eksperiment gipotezasini ma`qullanishiga intilish natijasida 
yo‘l qo‘yilgan ekan. Boshqa to‘plamda (36 ta ish) xuddi shunday bu fakt o‘z isbotini topgan. 
Kutuvlarning ta`siri nafaqat odamlar harakat natijalarini qayd qilishda namoyon bo‘ladi, balki 
hayvonlardagi eksperimentlarda ham aks etadi. Rozental keyingi tadqiqotni olib bordi. U bir 
necha eksperimentatordan kalamushlarning tadqiqot davomidagi harakatlarini qayd etib 
borishlarini so‘radi. Birinchi guruh eksperimentatorlariga alohida ishlar o‘tkazilgan ―juda aqlli 
kalamushlar‖ bilan ishlashlari aytildi. Ikkinchi guruhga esa ularning kalamushlari ―juda ahmoq‖ 
ekanligi aytildi. Aslida esa hamma kalamushlar bir xil populyatsiyaga xos bo‘lib, qobilyatlari 
bo‘yicha ham farq qilmas edi. Natijada kalamushlar harakatlariga qo‘yilgan baholar 
eksperimentatorlarga berilgan utsanovkalarga mos holda qo‘yilganligi ma`lum bo‘ldi. A.Berger 
eksperimentatorning sinaluvchi faoliyati natijalarini baholashdagi xatoliklarning quyidagi 
turlarini ajratadi: Juda Yuqori natijalarni pasaytirish. Buning sababi, tadqiqotchining ongli 
ravishda sinaluvchi natijalarini o‘zining ma`lumotlari bilan ―bog`lashga‖ intilishi bilan izohlash 


250 
mumkin. Past natijalar oshirib ko‘rsatilishi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham natijalar 
differensiallashtiriladi va siqiladi, eng chetki natijalar o‘rtachaga yaqinlashtiriladi.
Eng chetki natijalardan qochish (eng past va eng Yuqori). Xuddi Yuqoridagi effekt bilan bir xil 
ya`ni natijalarni o‘rtachaga yaqinlashtirish. Sinaluvchi xususiyatlaridan biri yoki seriyalar 
ichidagi mashqlardan birining qiymatini oshirish. Ushbu qoida orqali shaxs va mashqni baholash 
amalga oshiriladi. 
O‘xshash hodisa, lekin effekti qisqa muddatli bo‘lib, alohida e`tibor, eksperiment uchun 
sinaluvchining shaxsiy tuzlishidagi ahamiyatlisini ajratib olinganligidan so‘nggi mashq 
mazmuniga qaratiladi.O‘xshash hol, lekin baho shaxs u yoki bu xususiyatlarining aloqasi yoki 
qarama-qarshiligi haqidagi kontseptsiyaga asoslanadi. 
Sinaluvchi bilan emotsional bog`langan hodisalar ta`siri orqali kelib chiquvchi xatolar. 
Pigmalion effekti albatta mavjud, lekin u qay darajada ahamiyatga ega? Balki, bir qator 
holatlarda natijalarni o‘zgartirishda unga yo‘l qo‘yish mumkinmikan? Bu borada turli xil fikrlar 
mavjud va ular ichidan quyidagi 3 nuqtai nazarni ajratish mumkin: 
Birinchi nuqtai nazar. Rozental ta`kidlashicha, universal ta`sirga ega bo`lgan 
faktlar tasodifiyga qaraganda 7 marta ko`p. Har qalay ushbu muammoga 
bag`ishlangan barcha ishlarning 1/3 qismida eksperimentatorning eksperiment
natijalariga ta`siri 0.95 qiymati darajasida ekanligi aniqlangan

Ikkinchi nuqtai nazar. Т.Barber va Silver fikri bo`yicha, bu ta`sir
ahamiyatli emas va barcha eksperimentatorning eksperiment
natijalariga ta`sirini aniqlashga qaratilgan, tadqiqotni rejalashtirishdagi
hatoliklar bilan statistik choralarning yomon tanlanishi va eksperimentni 
yaxshi o`tkazilmaganligidan kelib chiqqan. Ular shunday xulosaga
kelishadiki, faqat 29 % tadqiqotlardagina “Pigmalion effekti” tasdiqlangan 
– э eksperimentatorning ongli harakatlarining sinaluvchi harakatlariga va 
uning baholanishiga ta`siri belgilangan. 
Uchinchi nuqtai nazar. Barber nuqtai nazari: biz ta`sir bo`lishi
mumkinligini ta`kidlaymiz, lekin aniq eksperimentda qanday bo
`
lishini 
aytib bera olmaymiz. Biroq tadqiqotchilar yanada aniq bog`liqliklarni 
aniqlashga harakat qilmoqdalar.


251 
Eksperimental psixologiyaning amalga oshmas ideal eksperimentatorning hech qanday ta`siri 
yo‘q yoki uning ta`sriri hech qanday ahamiyatga ega emas. Gipoteza haqiqatdan yiroq. 
Eksperimentatorning shaxsi har doim va doimiy ravishda eksperiment natijalariga ta`sir qiladi. 
Bunday holatda ta`sir natijasini o‘lchashning sistematik xatoligi – konstanta deb hisoblash 
mumkin. Uning ta`siri, eksperiment turi, eksperimentatorning shaxsi va sinaluvchi shaxsiga 
bog`liq holda turlicha namoyon bo‘ladi. Hisobga olish har bir eksperimentdagi juda ko‘p sondagi 
relevat psixologik o‘zgaruvchilarning nazorati va ajratishning murakkab vazifasiga aylanib 
boradi. Muammo u yoki bu darajada yoritilgan ko‘plab tadqiqotlar mavjud. Asosiy faktlarni 
keltirib o‘tamiz: 
Natijalarga shaxs tipi va eksperimentator holati ta`sir etadi: bioijtimoiy sifatlar (yosh, jinsi, irqi 
diniy madaniyati, etnik mansubligi va hakazo); psixoijtimoiy sifatlar (notinchlik darajasi, 
ijtimoiy ma`qullanish ehtiyoji, agressivlik,intellekt, ijtimoiy mavqe) eksperimentning borishi va 
natijalariga tadqiqotchining jinsi katta ta`sir etishi belgilangan. Jumladan, yosh bolalar har doim 
eksperimentator ayollar bilan yaxshi va hayrihohlikda ishlaydilar, katta yoshdagi sinaluvchilar 
esa erkak eksperimentatorlar bilan chiqishadilar. Bundan tashqari eksperiment davomida erkak 
eksperimentatorlarning ishtiroki sinaluvchilarning faol harakat qilishlariga o‘z holatini 
tushunishga va yangi axborotni izlashga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishga undaydi, ayol 
eksperimentatorlar esa ―ko‘ngilni yozish, ochiqlikka intilish‖ Hissini uyg`otadi shuning uchun 
sinaluvchilarning xatti-harakati emotsionalroq bo‘ladi. Ta`sir etish me`yorini aniq belgilash 
qiyin. Ko‘pincha boshqa o‘zgaruvchilar: yosh, mavqe, do‘stona munosabat va hakazolar
ta`sirini inobatga olmaslik qiyin. Shunday qilib eksperimentator jinsi ayollar va erkaklarga, boy 
va kambag`allarga turlicha ta`sir etadi, ta`sir o‘zaro munosabat mavqeiga, yoqtirish va 
boshqalarga bog`liq bo‘ladi. U sinaluvchilar tomonidan bir xil turdagi vazifani bajarishda 
ahamiyatli bo‘lishi va boshqa eksperimentlarda umuman ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. 
Eksperimentatorning eksperimentlardagi ta`sirining namoyon bo‘lish qonuniyati ishonchli 
aniqlangan. Barcha tadqiqotlarni ijtimoiy – biologik shkalasi bo‘yicha ajratish mumkin: ijtimoiy-
psixologik eksperimentlardagi tartib (shkalaning tepasi) psixofiziologikkacha (shkalaning pasti). 
Psixologik haqiqiylikning tuzilmaviy darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik 
o‘rganilayotgan muammo ta`siri ahamiyatli bo‘ladi.

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish